Abdulmoʻminxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Maʼnolari|Abdulmoʻminxon (maʼnolari)}}
<!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
{{birlashtirish|Abdulmoʻmin (Shayboniy)}}
 
'''Abdulmoʻminxon''' (7-1599) - Shayboniylardan. Abdullaxon IIning oʻgʻli. Balx va Badaxshon hokimi (1582– 98). Buxoroxoni (1598-1599). 1589 yildan ota-bola munosabatlari keskin yomonlashadi. Chunki, Abdullaxon II Hirotni safaviylardan qaytarib olgach, uni oʻz oʻgʻli qolib, Qulbobo Koʻkaldoshga inʼom qiladi. Buning ustiga u Xurosondagi noiblari – Qulbobo Koʻkaldosh, Dinmuhammad sulton va boshqalarga yozma farmon joʻnatib, Abdulmoʻminxonga itoat etmaslikni va hatto biror qulay fursatdan foydalanib uni jisman yoʻq qilishni buyuradi. Shuningdek, u Niso, Obivard va Durun hokimi Nurmuhammadxonni qoʻllab-quvvatlab, uni Abdulmoʻminxonga qarshi urushga undaydi. Bundan dargʻazab boʻlgan. Abdulmoʻminxon 1597 yil kuzida otasiga qarshi bosh koʻtarib, Balx va Badaxshon qoʻshini bilan Amudaryo boʻyiga kelgan. Abdullaxon IIning qoʻshini Nasaf (Qarshi) atro-fida joylashgan. Abdullaxonga koʻmakka viloyat hokimlari, maye: Axsi va Andijon hokimi Oʻzbek sulton oʻz qoʻshinlarini yuborgan. Buxoro va Balx ulamolari aralashuvi bilan ota-bola oʻrtasidagi nizoga barham berilgan. Abdulmoʻminxon otasi vafot etgach, Buxoroga qaytib taxtni egallagan. U Eron safaviylari bilan Xuroson uchun kurashni davom ettirgan.
 
Qator 12 ⟶ 9:
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{bio-stub}}
 
[[Turkum:Shayboniylar]]
 
{{stub}}