Karachi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 5:
K. — mamlakatning eng katta shahri, iqtisodiy va savdo markazi. Transport yoʻllarining xalqaro tuguni, dengiz porti (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln. t.). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat tashqi savdosining aksari qismi (taxminan 70%) K. orqali oʻtadi. K. va uning atrofida erkin savdoning mamlakatda birinchi eksport ishlab chiqarish zonasi tashkil etilgan. K. va uning atrofidagi sanoat korxonalari Pokistonda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 1/2, jumladan, toʻqimachilik (asosan, ip gazlama) sanoati mahsulotining 1/3 qismiga yaqinini beradi. Oziq-ovqat (tamaki, baliqni qayta ishlash va b.), koʻn poyabzal, sellyuloza-qogʻoz, sement, oyna, kimyo va farmatsevtika, metallsozlik va mashinasozlik (avtomobilsozlik, kemasozlik, ehtiyot qismlardan mototsikl va motorollerlar yigʻish va b.), rezina-texnika, neftni qayta ishlash korxonalari bor. K. yaqinida mamlakatdagi birinchi AES joylashgan.
 
K.da banklar, sugʻurta va savdo kompaniyalarining boshqarmalari, bir necha oliy oʻquv yurti, jumladan, universitet (1951), politexnika instituti, ilmiy tadqiqot intlari, kollejlar, Milliy muzey, Pokiston davlati asoschisi M.A.Jinna maqbarasi, zamonaviy meʼmoriy binolardan Oliy sud binosi (20-asr boshi), "Interkontinental" mehmonxonasi, Davlat banki binosi va b. bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}