Alberta — versiyalar orasidagi farq

1 bayt qoʻshildi ,  3 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
k (qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB))
'''Alberta''' – [[Kanada]] janubi-gʻarbidagi provinsiya. Maydoni 661,2 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 2,5 mln kishi, shahar aholisi 70 % (1991). Maʼmuriy markazi – [[Edmonton]] shahri. Albertaning katta qismi yassi va toʻlqinsimon baland tekislik (balandligi 1000 m gacha) dan iborat. Janubi-gʻarbi – qoyali togʻlar. Oʻrmondasht va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shimoli-gʻarbi – igna bargli oʻrmonlar. Xoʻjaligida yirik fermalarning salmogʻi katta. Alberta Kanadada yetishtiriladigan bugʻdoy, suli, arpa va qand lavlagining ancha qismini beradi. Kanadada chiqariladigan neft, gaz va koʻmirning ham koʻp qismi Albertadan qazib olinadi. Koʻmir konlari (zaxirasi 228 mln t)dan 19-asr oʻrtalaridan boshlab foydalaniladi. Eng katta neft konlari: Pembina, Reduoter, Ledyuk-Vudbend; gaz konlari asosan janubda. Neft haydash va neft kimyosi sanoati rivojlangan. Ishlab beruvchi sanoat tarmoqlaridan oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari: Edmonton, Kalgari, Medisin-Xat. Albertaning markaziy va janubiy qismida Kanadani kesib oʻtadigan 2 temir yoʻl bor. Edmonton – Ferbenks avtostradasi Albertani [[Alaska]] bilan bogʻlaydi. Albertadan Kanadaning [[Vankuver]], [[Toronto]], [[Monreal]], shaharlariga va [[AQSh]]ga neft va gaz quvurlari oʻtkazilgan.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
 
{{canada-geo-stub}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Alberta]]