Said Ahmad: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Vikilashtirdim
Qator 45:
 
== "Jimjitlik" romani ==
[["Jimjitlik"]] (1988) romanida sirtdan tinch, sokin koʻringan shoʻro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan koʻrsatilgan. Asardagi deyarli barcha yetakchi personajlar fojeiy qismat egalaridir. Roman oʻzining asov, "bebosh" ifoda tarzi bilan jozibalidir.
 
== Istiqlol yillarida yaratilgan asarlari ==
Said Ahmad istiqlol yillarida ham hayotdagi oʻzgarishlar haqida koʻplab maqola, badialar yozdi, avvalgidek quvnoq yumoristik, joʻshqin lirik hikoyalar yaratdi. [["Xandon pista"]] (1994), [["Bir oʻpichning bahosi"]] (1995) hajviy toʻplamlari, [["Yoʻqotganlarim va topganlarim"]] (1998), [["Qorakoʻz majnun"]] (2001), [["Kiprikda qolgan tong"]] (2003) kitoblari, 3 jildli "Tanlangan asarlari" (2000) chop etildi. "Yoʻqotganlarim va topganlarim"da Gʻafur Gʻulom, Oybek, [[Mirtemir]], [[Shayxzoda]], [[Saida Zunnunova]] va boshqa bir qator zabardast oʻzbek [[yozuvchi]] va [[shoir]]larining jonli qiyofasini badiiy boʻyoqlarda ifodalab berdi. Istiqlol tufayli odamlar qismati va ruhiyatidagi evrilishlar haqida bahs etuvchi [["Qorakoʻz majnun"]], [["Ot bilan suhbat"]], [["Azroil oʻtgan yoʻllarda"]] hikoyalari, qatagʻon davri xotiralari bilan bogʻliq [["Borsa kelmas darvozasi"]], [["Taqdir, taqdir..."]], [["Oftob oyim"]] hikoyalari, adibning oʻzi yaqindan muloqotda boʻlgan ustoz adiblar, tengdoshlari, shogirdlari va, nihoyat, oʻz hayot va ijod yoʻli haqidagi xotira esselari mustaqillik davri oʻzbek adabiyotida muhim hodisa boʻldi.
 
S.A.gagina xos nozik kuzatishlar, erkin, asov bir ruh, ham hazin, ham nurli, pokiza tuygʻular, begʻubor hazilmutoibalar bilan yoʻgʻrilgan xotiraesselar bu janrning zamonaviy oʻzbek adabiyotidagi eng yaxshi namunalari qatorida turadi. [[Felyeton]] janrida ham samarali ijod qilgan. 1947 -yil "xalq dushmani" sifatida hibsga olingan. [[Stalin]] vafotidan soʻng oqlangan. "Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Kuyov" komediyalari hozirgi [[Oʻzbek milliy akademik teatridateatri]]da, "Kelinlar qoʻzgʻoloni" dunyoning koʻplab mamlakatlarida sahnalashtirilgan. "Ufq" asari asosida dramalar, "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida [["Muhabbat mojarosi"]] filmi (1970) va boshqa yaratilgan. [["Doʻstlik"]] (1996), [["Buyuk xizmatlari uchun"]] (1997) ordenlari bilan mukofotlangan.<ref>Normatov, Umarali. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Adabiyotlar ==