Muhammad Ali Ahmedov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 20:
2013-yil 15-fevraldan Oʻzbekiston yozvuchilar uyushmasi raisi lavozimida ishlamoqda. Muhammad Ali o'n uch yil davomida [[AQSH]]ning [[Washington Universiteti]]da oʻzbek tili va adabiyotidan saboqlar bergan (1992–2005).
 
== Ijodi ==
Muhammad Ali [[nazm]]da, [[nasr]]da, [[publisistika]]da koʻplab asarlar ijod etgan. Soʻnggi 35 yil davomida 20 ta sheʼriy toʻplami [[oʻzbekcha|oʻzbek]], [[ruscha|rus]], [[qozoqcha|qozoq]], [[qoraqalpoqcha|qoraqalpoq]] tillarida chop etildi. Uning [["Boqiy dunyo"]](1979) sheʼriy romani adib ijodida muhim oʻrinni eqallaydi. Asar oʻzbek xalqining chor mustamlakasiga qarshi ko'tarilgan Andijon (Dukchi Eshon) va Jizzax qo'zg'olonlari tarixiga bag'ishlangan. Unda mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida Dukchi Eshon obrazi birinchi marta jasorat bilan yoritib berilgan. She'riy roman rus tiliga tarjima etilib 1984-yilda [[Toshkent]]da bosib chiqarildi (tarjimon [[Marina Kudimova]]). Ruscha tarjima mashhur shoir [[Yevgeniy Yevtushenko]]ning ijobiy taqrizi bilan nashr qilingan edi.
 
Muhammad Ali ijodida [[Amir Temur]] davri va shaxsini yoritish asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Adib ijodining dastlabki yillaridanoq bu mavzu tazyiq etilganiga qaramay, u Amir Temur haqida she'rlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan [["Gumbazdagi nur"]] (1967) dostonini yaratdi, romanlar, maqola va esselarni e'lon qildi. Umuman olganda, oʻzbek adabiyotida sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi uni o'quvchi suygan obraz sifatida ifoda etilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. "Sarbadorlar" roman dilogiyasida (1989) mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida birinchi bo'lib nasrda Amir Temur siymosini tasvirlab berdi. Adib dadillik bilan "Ulug' saltanat" epopeyasini yaratishga kirishdi. 2003 yilda epopeyaning birinchi kitobi "Jahongir Mirzo" e'lon qilindi va 2008 yilda turk tiliga tarjima qilinib Istanbul, Turkiyada bosildi (tarjimon A. Yenis Turan). Keyin ikkinchi kitob "Umarshayx Mirzo" (2006) nashr etildi. Uchinchi kitob "Mironshoh Mirzo" romani esa 2010 yilda bosilib chiqdi. Nihoyat, 2013 yilda epopeyaning so'nggi romani "Shohrux Mirzo" yozib tugatildi va chop etildi. Oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman-epopeya deb hisoblanadigan "Ulug' saltanat" epopeyasi ustida yigirma bir yil mehnat qilganini alohida ta'kidlash kerak.
 
Muhammad Ali 2005 yilda "Abadiy sog'inchlar" roman-xronikasini e'lon qildi. Asar ingliz tiliga tarjima etilib 2006 yilda Toshkentda nashr qilindi (tarjimon Dilbarxon Muhammad Ali qizi).