Muhammad Ali Ahmedov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 23:
Muhammad Ali [[nazm]]da, [[nasr]]da, [[publisistika]]da koʻplab asarlar ijod etgan. Soʻnggi 35 yil davomida 20 ta sheʼriy toʻplami [[oʻzbekcha|oʻzbek]], [[ruscha|rus]], [[qozoqcha|qozoq]], [[qoraqalpoqcha|qoraqalpoq]] tillarida chop etildi. Uning [["Boqiy dunyo"]](1979) sheʼriy romani adib ijodida muhim oʻrinni eqallaydi. Asar oʻzbek xalqining chor mustamlakasiga qarshi ko'tarilgan Andijon (Dukchi Eshon) va Jizzax qo'zg'olonlari tarixiga bag'ishlangan. Unda mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida Dukchi Eshon obrazi birinchi marta jasorat bilan yoritib berilgan. She'riy roman rus tiliga tarjima etilib 1984-yilda [[Toshkent]]da bosib chiqarildi (tarjimon [[Marina Kudimova]]). Ruscha tarjima mashhur shoir [[Yevgeniy Yevtushenko]]ning ijobiy taqrizi bilan nashr qilingan edi.
 
== Temuriylarga bogʼishlangan asarlari ==
Muhammad Ali ijodida [[Amir Temur]] davri va shaxsini yoritish asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Adib ijodining dastlabki yillaridanoq bu mavzu tazyiq etilganiga qaramay, u Amir Temur haqida she'rlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan [["Gumbazdagi nur"]] (1967) dostonini yaratdi, romanlar, maqola va esselarni e'lon qildi. Umuman olganda, oʻzbek adabiyotida sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi uni o'quvchi suygan obraz sifatida ifoda etilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. [["Sarbadorlar"]] roman dilogiyasida (1989) mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida birinchi bo'lib nasrda Amir Temur siymosini tasvirlab berdi. Adib dadillik bilan [["Ulug' saltanat"]] epopeyasini yaratishga kirishdi. 2003 -yilda epopeyaning birinchi kitobi [["Jahongir Mirzo"]] e'lon qilindi va 2008 -yilda turk tiliga tarjima qilinib [[Istanbul]], Turkiyada[[Turkiya]]da bosildi (tarjimon A. Yenis Turan). Keyin ikkinchi kitob [["Umarshayx Mirzo"]] (2006) nashr etildi. Uchinchi kitob [["Mironshoh Mirzo"]] romani esa 2010 -yilda bosilib chiqdi. Nihoyat, 2013 -yilda epopeyaning so'nggi romani [["Shohrux Mirzo"]] yozib tugatildi va chop etildi. Oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman-epopeya deb hisoblanadigan "Ulug' saltanat" epopeyasi ustida yigirma bir yil mehnat qilganini alohida ta'kidlash kerak.
 
Muhammad Ali 2005 -yilda ““"Abadiy sog'inchlar"”” roman-xronikasini e'lon qildi. Asar ingliz tiliga tarjima etilib 2006 -yilda Toshkentda nashr qilindi (tarjimon Dilbarxon Muhammad Ali qizi).
 
"Oʻz-oʻzingni anglab yet" (1988), "Haqiqatdan chekinma, tarix!" (1990), "Qafasdagi bulbullar" (1996), "Men koʻrgan Amerika" (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publisistikasi haqida tasavvur hosil qiladi. Muhammad Ali tarjimonligi o'ziga xos. U qadimgi hind eposi "Ramayana"ni (1978), qoraqalpoq eposlari "Shahriyor", "Masposhsho"ni (1985), Robert Byorns, Bayron, Shiller, Adam Mitskevich, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, Abay, Mahtumquli kabi shoirlarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.