Muhammad Ali Ahmedov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 26:
Muhammad Ali ijodida [[Amir Temur]] davri va shaxsini yoritish asosiy o'rinlardan birini egallaydi. Adib ijodining dastlabki yillaridanoq bu mavzu tazyiq etilganiga qaramay, u Amir Temur haqida she'rlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan [["Gumbazdagi nur"]] (1967) dostonini yaratdi, romanlar, maqola va esselarni e'lon qildi. Umuman olganda, oʻzbek adabiyotida sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi uni o'quvchi suygan obraz sifatida ifoda etilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. [["Sarbadorlar"]] roman dilogiyasida (1989) mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida birinchi bo'lib nasrda Amir Temur siymosini tasvirlab berdi. Adib dadillik bilan [["Ulug' saltanat"]] epopeyasini yaratishga kirishdi. 2003-yilda epopeyaning birinchi kitobi [["Jahongir Mirzo"]] e'lon qilindi va 2008-yilda turk tiliga tarjima qilinib [[Istanbul]], [[Turkiya]]da bosildi (tarjimon A. Yenis Turan). Keyin ikkinchi kitob [["Umarshayx Mirzo"]] (2006) nashr etildi. Uchinchi kitob [["Mironshoh Mirzo"]] romani esa 2010-yilda bosilib chiqdi. Nihoyat, 2013-yilda epopeyaning so'nggi romani [["Shohrux Mirzo"]] yozib tugatildi va chop etildi. Oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman-epopeya deb hisoblanadigan "Ulug' saltanat" epopeyasi ustida yigirma bir yil mehnat qilganini alohida ta'kidlash kerak.
 
== "Abadiy sog'inchlar" roman-xronikasi ==
Muhammad Ali 2005-yilda ““"Abadiy sog'inchlar"”” roman-xronikasini e'lon qildi. Asar ingliz tiliga tarjima etilib 2006-yilda Toshkentda nashr qilindi (tarjimon Dilbarxon Muhammad Ali qizi).
 
== Kitoblari ==
"Oʻz-oʻzingni anglab yet" (1988), "Haqiqatdan chekinma, tarix!" (1990), "Qafasdagi bulbullar" (1996), "Men koʻrgan Amerika" (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publisistikasi haqida tasavvur hosil qiladi. Muhammad Ali tarjimonligi o'ziga xos. U qadimgi hind eposi "Ramayana"ni (1978), qoraqalpoq eposlari "Shahriyor", "Masposhsho"ni (1985), Robert Byorns, Bayron, Shiller, Adam Mitskevich, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, Abay, Mahtumquli kabi shoirlarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
"Oʻz-oʻzingni anglab yet" (1988), "Haqiqatdan chekinma, tarix!" (1990), "Qafasdagi bulbullar" (1996), "Men koʻrgan Amerika" (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publisistikasi haqida tasavvur hosil qiladi.
 
== Tarjima asarlari ==
"Oʻz-oʻzingni anglab yet" (1988), "Haqiqatdan chekinma, tarix!" (1990), "Qafasdagi bulbullar" (1996), "Men koʻrgan Amerika" (2000) singari kitoblari Muhammad Ali publisistikasi haqida tasavvur hosil qiladi. Muhammad Ali tarjimonligi o'ziga xos. U qadimgi hind eposi "Ramayana"ni (1978), qoraqalpoq eposlari "Shahriyor", "Masposhsho"ni (1985), Robert Byorns, Bayron, Shiller, Adam Mitskevich, A. Pushkin, M. Lermontov, R. Tagor, Abay, Mahtumquli kabi shoirlarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
 
== Mukofotlati ==
Muhammad Ali Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi (1976), Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti (1984), Xalqaro Yassaviy (1994) mukofotlari laureati bo'ldi.
 
Unga "Mehnat shuhrati" ordeni berildi (1999). Adib 2007 -yilda "Ulug' saltanat" roman dilogiyasi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdrilandi.
 
Muhammad Aliga 1992 -yildayoq "Oʻzbekiston xalq yozuvchisi" unvoni berilgan edi.
 
== Asarlari ==