Teri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Xatoni to'g'irlab matn qo'shdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Teri''' — odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardantaʼsirdan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi. Katta yoshdagi odamda T. satqi 1,5 — 2 m2, qalinligi gavdaning turli joyida turlicha boʻlib, 0,5 mm dan 2 mm gacha. Kaft va tovonda 4 mm ga yetadi. T. butun badanni qoplab, ogʻiz, burun, siydik chiqarish kanali, anus sohasida shilliq qavatga aylanadi. T. oʻziga xos rang va tusga ega, u donador va muguz kavatlarning qalinligiga, tomirlarning yuza joylashishiga, shu bilan birga melanin pigmentining koʻpozligiga qarab belgilanadi. T. ning rangi tashqi va ichki omillar taʼsirida oʻzgarib turishi mumkin. T. yuzasi, odatda, notekiye, unda sonsanoqsiz egatcha, burma va chuqurchalar boʻlib, ular birbiri bilan kesishgan joylarda uchburchaklar, rombiklar shaklini hosil qiladi. Panjalarning dorsal yuzalarida bular, ayniqsa, yaqqol koʻrinib turadi. Barmoklarning kaft yuzalarida teri egatchalari konsentrik aylana shaklida joylashgan. Bu shakllar xar bir shaxsda oʻziga xos naqshni hosil qiladi. Shaxsni aniklashda (daktiloskopiya), odatda, shu naqshlar izidan foydalaniladi.
 
T. tashqi (epitelial) va ichki (biriktiruvchi toʻqimali) qavatlardan iborat. Bu qavatlar turli moddalar ishlab chiqaradigan bazal membrana bilan ajralib turadi, epitelial qavatda turli bir yoki koʻp hujayrali bezlar bor. Epiteliy ajratgan qattiq moddalar mollyuskalar va baʼzi jonivorlarda skelet va ximoya elementi vazifasini bajaradi. Epiteliy hujayralari sitoplazmasining qisman oʻzgarishi boʻgʻimoyoqlilar skeleti va parazit chuvalchanglar kutikulasini, yaʼni kimyoviy va mexanik himoya organini hosil qiladi. Umurtqasizlarda T. epiteliysi bir qavat hujayrali, umurtqalilarda koʻp qavat hujayrali. Quruqlikda yashovchi umurtqalilar tashqi qavat hujayralarining butunlay shox qatlamiga aylanishidan epidermisning uzluksiz yangilanib turadigan shox qavati vujudga keladi. Yuqori umurtqalilar T.sining shox qatlami va boʻgʻimoyoqlilarning xitinli zirhi quruqlikda yashash uchun atmosferaning turli trasi va taʼsiriga chidamli boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Baʼzi sut emizuvchilar hamda qushlarning tuk va patlari tana haroratini saklab turadi va ularga qattiq sovuqsa ham yashashga imkon beradi. Biriktiruvchi toʻqima qavati yoki derma T.ning kollagen va elastik tolalarini shakllantiradi. Bu tolalar T.ning chidamli va elastik boʻlishiga (mas., umurtqalilar, bosh oyokli mollyuskalarda), shuningdek, baliklarda suyakli va boshqa tangachalar yuzaga kelishi hamda terining suyaklanishiga (sudralib yuruvchilarda) yordam beradi.