Dunyoning yetti moʻjizasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Yetti moʻʼjiza''' — qad. dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari. Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida "Dunyoning yetti moʻʼjizasi" hisoblangan: 1) Misr ehromlari — yoʻnib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan qad. misr firʼavnlarining maqbaralari (mil. av. 2—3-ming yilliklar). Ularning eng yirigi — Xeops ehromi (bal. 146,6 m, asosi 233X233 m)ning har biri 2,5 t lik 2300000 blok bilan (baʼzi qismlarida 30 t lik bloklar ham bor) 30 y. mobaynida qurilgan, goʻrxonadan tashqari ikki qavatli ibodatxonasi ham bor; 2) "Semiramida osma bogʻlari" — Ossuriya malikasi Semiramida (Shammuramat) Bobilga maxsus inshootlar qurdirib bunyod etgan (mil. av. 6-asr); 3) Rodos o.dagi Artemida ibodatxonasi (taxminan mil. av. 550 y.); 4) Zevsning Yunonistonning Olimpiya sh.dagi ulkan haykali (taxminan mil. av. 430 y., haykaltarosh Fidiy oltin va fil suyagidan ishlagan); 5) Rodos o. koʻrfazidagi yunonlarning quyosh maʼbudi Gelios haykali (taxminan mil. av. 292—280 y., haykaltarosh Haros misdan ishlagan); 6) Kariya shohi Mavsol (mavzoley uning nomidan) oʻzi uchun qurgan Galikarnas (hoz. Turkiya hududi)dagi maqbara — monument (taxminan mil. av. 377— 352 y.); 7) Iskandariya (Aleksandriya) sh.dagi ulkan mayoq (taxminan mil. av. 280 y., meʼmori Sostrat). Ye.m. dan faqat Misr exromlari deyarli butun holda saqlangan, baʼzilari (Artemida ibodatxonasi, Galikarnasdagi Mavsol maqbarasi)ning ayrim boʻlaklaridan, qolganlari qad. yozma manbalardangina maʼlum.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
{{birlashtirish|Yetti moʻʼjiza}}
 
'''Dunyoning yetti mo'jizasi'''
Dunyo mo'jizlarga kon. Dunyoda sirli voqealar to'lib yotibdi. Jumladan, uchar likopchalar, qor odamlar kabi sirli mo'jizalar vaqt o'tishi bilan unitilib ketdi. Biroq dunyoning yetti mo'jizasi borki, ular bugungi kungacha yagona bo'lib turibdi.
 
Yetti mo'jizaning eng birinchisi Misrdagi Xeops ehromidir. Bunan qariyb 5000 yil avval qurilgan bu ulkan inshootda fir'avn va uning oilasi yotibti. Bobil osma boglari dunyoning ikkinchi mo'jizasi sifatida e'tirov etilgan. Balandligi 100 metr bo'lgan, g'ishtdan terilgan ushbu devorlar milodiy yildan 600 yil avval Iroqda bunyod e'tilgan. Qadimgi Yunonistonda Olimp tog'ida yaratilgan Zevs haykali uchinchi mo'jiza sanaladi. 12metr balandlikda fil suyagidan yasalgan oltin libosi bu haykal hozirgi vaqtda yer ostida yotibti.
 
Turkiyada miloddan avvalgi 262-yilda qoyatoshlardan 18 mer balandlikda ishlangan Diana ibodatxonasi to'rtinchi va miloddan avvalgi 353-yilda bunyod e'tilgan podshoh Mavzoning xilxonasi mo'jialarning beshinchisi bo'lib turibdi. O'rta Yer dingizidagi Rodos orolida qurilgan quyosh ilohi Gelios sharafiga miloddan avvalgi 224-yilda bo'yi 32 metrli bronzadan yasalgan haykal va Foros orolida miloddan avvalgi 283-yilda 180 metr balandlikda qirilgan mayoq dinyoning oltinch va yettinchimo'jizalari deb tan olingan.
 
Aytish joiz kerakgi shu 7 mo'jizadan faqat va faqat bittasi hali ham saqlanib turibdi. Bu Xeops e'hromidir.
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
[[Turkum:Tarix]]
{{history-stub}}