Vashington (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 40:
'''Vashington shahri''' — [[Amerika Qoʻshma Shtatlari]]ning poytaxti, ilk prezident sharafiga shunday nomlangan. Shahar maydoni 177 kv. km. Aholisi 601 mingdan ziyod (2010). Vashington [[aglomeratsiya]]sida (atrofidagi yaqin shaharlarda) 5,4 million kishi istiqomat qiladi.<ref>[http://davronbek.ziyouz.com/?p=1490 Welcome to America: Вашингтон кундаликлари]</ref> [[Kolumbiya okrugi]]da, [[Potomak daryosi]] boʻyida joylashgan. Shaharni Potomak daryosi [[Virjiniya]] va [[Merilend]] shtatlaridan ajratib turadi. [[Vashington shtati]]dan ajratish uchun odatda shahar '''Vashington, Kolumbiya okrugi''' (inglizcha ''Washington, D.C.'', ''Washington, District of Columbia'' yoki shunchaki ''D.C.'') deb yuritiladi. AQSh federal davlatining uchchala palatasi ham: [[AQSh Kongressi|Kongress]], [[AQSh prezidenti|prezident]], va [[AQSh Oliy Sudi|Oliy Sud]], Vashingtonda joylashgan.
 
== Tarixi ==
1790-yil 16-iyulda [[AQSh konstitutsiyasi]]ga muvofiq ravishda [[AQSh Kongress]]i poytaxt okrugi yaratish haqida qaror qabul qilgan. Shu sabab [[Kolumbiya okrugi]] hech qaysi shtatga kirmaydi. 1800-yilda hukumat muassasalari [[Filadelfiya]]dan Vashingtonga koʻchirilgan.
 
Qator 49:
Vashingtonda bir qancha muhim xalqaro konferensiyalar boʻlib oʻtgan va xalqaro bitimlar tuzilgan. 1942-yil yanvarda Vashingtonda 26 davlat deklaratsiyasi imzolandi. Bu deklaratsiyani imzolagan va uni quvvatlagan davlatlar „Birlashgan Millatlar“ nomini oldi. 1949-yil aprelda [[Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti]] (NATO) ham shu yerda imzolangan.
 
== Aholisi ==
Vashington shahrining aholisi 2011-yil 617 996 kishi boʻlgan. 2010-yilgi maʼlumotga koʻra, shahar Amerikaning 24-eng koʻp aholi yashaydigan shahridir. [[Maryland]] va [[Virginia]] shtatlaridan ishga kelib-ketadiganlarni hisoblaganda shaharning aholisi 1 milliondan oshadi. Vashington shahri va uning atrofidagi maydonning aholisi 5,6 million kishidir.
 
== Iqtisodi ==
Vashington [[sanoat]]i mamlakat miqyosida ahamiyatga ega emas. Sanoat mahsulotlari asosan mahalliy ehtiyojlar uchun ishlab chiqariladi. [[Oziq-ovqat]], [[tikuvchilik]], [[poligrafiya]], harbiy sanoat korxonalari bor. Aholining koʻp qismi davlat xizmatida, [[maishiy xizmat koʻrsatish]], [[savdo]] va [[moliya]] ishlarida band.
 
== Madaniyati ==
Vashington mamlakatning yirik ilmiy va madaniy markazidir.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref> Shaharda koʻplab oliy oʻquv yurtlari, jumladan 5 [[universitet]], [[AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi]], Harbiy akademiya, ilmiy jamiyatlar, [[muzey]]lar bor. Shaharda yana [[Kongress kutubxonasi]] va boshqa [[kutubxona]]lar, Milliy sanʼat galereyasi joylashgan. Vashington tashqi qiyofasi bilann AQShning boshqa yirik shaharlaridan farq qiladi. Unda koʻp qavatli baland binolar, yirik korxonalar yoʻq. Bogʻ va xiyobonlar, [[haykal]]lar, yodgorlik uchun qurilgan binolar koʻp. Vashingtonga har yili millionlagan turistlar kelib ketadi.
 
== Hukumati ==
[[File:WhiteHouseSouthFacade.JPG|thumb|Oq uy]]
Vashingtonda prezident qarorgohi ([[Oq uy]], 1792-1818-yillarda qurilgan), [[Kongress binosi]] (Kapitoliy, 1793-1863), Davlat departamenti, Harbiy shtab ([[Pentagon]]), ministrliklar va boshqa oliy davlat muassasalari joylashgan. Amerika davlatlari tashkilotlarining rahbarlik organlari ham Vashingtonda. Shaharda 176 mamlakatning [[elchixona]]si va koʻplagan xalqaro tashkilotlar, savdo birlashmalar, [[nodavlat tashkilot]]lar va kasaba uyushmalarining asosiy binolari joylashgan.
Qator 64:
Shaharni 1973-yildan beri mahalliy saylangan mer va 13-aʼzoli shahar kengashi boshqarib keladi. Shunday boʻlsa ham, Kongress shaharni boshqarib turadi va shahar qonunlarini bekor qilishi mumkin. Shu sabab Vashington shahri yashovchilarining oʻz-oʻzini boshqarish huquqi boshqa yerdagi AQSh fuqarolarinikidan oz. Shaharning kongresda saylov huquqiga ega boʻlmagan vakili bor, ammo [[senator]]lari yoʻq. 1961-yil ratifikatsiya qilingan oʻzgarishga binoan prezidentlik saylovlarida shahar uch saylov ovozi beradi.
 
== Transporti ==
Vashington yirik transport yoʻllari tuguni. Shaharning janubi-gʻarbida daryo [[port]]i mavjud. Shahar joylashgan huddudda uch [[aeroport]] bor. [[Ronald Reagan Washington National Airport]] Potomac daryosining nargi betida, [[Arlington, Virginia]]da joylashgan. [[Washington Dulles International Airport]] boʻlsa shahardan 42.3 kilometr masofada [[Virginia]]ning Fairfax va Loudoun countylarida joylashgan. [[Baltimore-Washington International Thurgood Marshall Airport]] boʻlsa 51&nbsp;km masofoda [[Maryland]]ning Anne Arundel countylarida joylashgan.
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
== Havolalar ==
{{commons category|Washington, D.C.}}
 
Qator 76:
* [http://www.loc.gov/rr/program/bib/states/dc/home.html Vashingot boʻyicha qoʻllanma (Kongress Kutubxonasidan olingan maʼlumot) {{ref-en}}]
 
[[Turkum:AQSh shaharlari]]
{{Shimoliy Amerika poytaxtlari}}
 
[[Turkum:AQSh shaharlari]]