Muhammad Rahimxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Buxoro hukmdorlari}}
'''Muhammad Rahim''' ([[1756]]—[[1758|1758-yillar]]) — mangʻitlar sulolasining asoschisi, Muhammad Hakimbiyning oʻgli. (1709— 1758.24.3) — mangʻitlar sulolasining asoschisi, qushbegi, Buxoro xoni (1756—58). Muhammad Hakimbiynmng oʻgʻli. Otasining koʻmagi bilan Ashtarxoniylardan Abulfayzxon saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan. Eron hukmdori Nodirshohning Buxoroga hujumidan keyin mamlakatda uning mavqei yanada oshgan va Abulfayzxonning qiziga uylangan. Buxoroning ob-roʻli kishilaridan 12000 nafarga bosh boʻlib, ularni oq uylik sifatida Eron poytaxti — Mashhadga olib kelgan. Keyinchalik kattaqoʻrgʻonlik Ibodullohbiy boshchiligida xitoyqipchoq qavmlari koʻtargan isyonni bostirish uchun Nodirshohning buyrugʻi bilan Buxoroga qaytadi (1745) va qushbegi — bosh vazir lavozimini egallaydi. Aynan shu paytdan boshlab u Buxoro xonliginiig amaldagi hukmroniga aylangan. M.R. buyrugʻi bilan 1747 yilda Abulfayzxon Mir Arab madrasasi hujralaridan birida oʻldiriladi. Taxtga Abdulmoʻminxon (hukmronligi: 1747— 51), Ubaydullaxon III ibn Abdulmoʻminxon (hukmronligi: 1751—54), Shergʻozi (hukmronligi: 1754—56)ni oʻtqazib, bu qoʻgʻirchoq xonlar davrida markaziy hokimiyatga boʻysunishni xohlamayotgan Miyonkol, Nurota, Urgut, Jizzax, Oʻratepa, Xoʻjand, Toshkent, Shaxrisabz, Boysun, Hisor, Qubodiyon va boshqa bekliklar ustiga yurish qilib, ularni boʻysundiradi. Burqut, bahrin, kenagas, qipchoq, yuz, saroy va boshqa qavmlarni mamlakatning turli hududlariga koʻchirib, xonlikning yaxlitligi va xavfsizligi uchun izchil kurashgan. Urushlar tufayli vayron boʻlgan Dargʻom kanalini qayta tiklattirgan. Buxoro shahrining mudofaa devori mustahkamlanib, balandligi 2 m.li yangi devor qurilgan (1752—53). M. R. Buxoro taxtiga rasmiy ravishda xon boʻlib oʻtirgach (1756.16.12), mangʻitlar sulolasining xukmronligi boshlandi. U Xiva xonligidagi siyosiy nizolardan foydalanib, taxtga oʻz odamlarini oʻtqazgan. Buxorolik tarixchi Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniyning yozishicha, Gʻijduvon tumanidan qaytayotganda yoʻdda vafot etgan. Buxorodagi Shohrud anhori boʻyida, Mozor darvozasidagi Abu Bakr Tarxon qabristonida dafn etilgan.<ref>Mirza Abdal’ azim Sami, Tarixi salatini mangitiyya, M.,</ref><ref>Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T., 2001.</ref><ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
{{birlashtirish|Muhammad rahim}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
'''Muhammad Rahim''' ([[1756]]—[[1758|1758-yillar]]) — mangʻitlar sulolasining asoschisi, Muhammad Hakimbiyning oʻgli.
 
== Buxoro xonligidagi siyosiy ahvol ==
Qator 20 ⟶ 18:
Muhammad Rahimxon mustaqillikni daʼvo etib yurgan Miyonqol, Nurota, Qoʻbodiyon, Boysun, Shahrisabz hamda Urgut bekliklarini toʻrt yil davomida oʻziga boʻysundirdi. Ayni paytda u boʻysunishni istamagan, markaziy hokimiyatga boʻysunmaslikka urinayotgan qabilalarni turgan joyidan koʻchirtirib yuborish siyosatini tutdi. Masalan, burqut, qipchoq, yetti urugʻ, bahrin, yuz kenagas, saroy va boshqa qabilalarga nisbatan ana shunday siyosat yuritildi.
 
Muhammad Rahim yirik yer egalarining davlatni boshqarish ishlarida shu vaqtgacha davom etib kelgan aralashuvlarini keskin kamaytirishga erisha oldi. Shunday boʻlsa-da, u barcha bekliklarning markaziy hokimiyatni tan olishlariga toʻla erisha olmadi.<ref>[http://eduportal.uz/ebooks/ozbekiston.tarixi.8/band/14-2.htm Muhammad Rahimxon eduportal.uz saytida]</ref>
 
== Havolalar ==
[http://eduportal.uz/ebooks/ozbekiston.tarixi.8/band/14-2.htm Muhammad Rahimxon eduportal.uz saytida]
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
{{birlashtirish|Muhammad rahimOʻzME}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildiyaratildi -->
{{bio-stub}}
{{uzbekistan-bio-stub}}
{{Mang'itlar}}
 
[[Turkum:Buxoro Amirligi hukmdorlari]]
[[Turkum:Oʻzbekiston tarixi]]