Moʻgʻullar istilosi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 4:
 
Moʻgʻullarning Movarounnahrni istilo qilishi. Oʻtror voqeasi va undan keyin Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bugʻroning oʻldirilishi, Movarounnahrga Chingizxonning bostirib kirishi uchun bahona boʻldi. Bu yurishda Chingizxon dastlab Sharqiy Turkiston va Yettisuvni zabt etdi. Chingizxonning Movarounnahrga bosqini avvaldan puxta tayyorgarlik koʻrib rejalashtirilgan edi. Chingizxon Gʻarbga harbiy yurishini boshlamasdanoq oʻz dushmanining kuchqudrati va urushga tayyorgarligi toʻgʻrisida savdogarlar orqali toʻplagan maʼlumotlarini sinchiklab oʻrganib, Xorazmshohlar davlatinmng ichki ahvolidan toʻla voqif edi. Xorazmshoxlar davlati koʻp sonli turkiy qoʻshin va yaxshi qurollangan koʻngillilar lashkari qamda yetarli oziq-ovqat zaxirasiga ega edi. Afsuski, xorazmshoh bilan sarkardalar oʻrtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Kengashda fikrlar boʻlinib ketdi. Xorazmning mashhur faqihi, muftiy Shahobiddin Xivaqiy barcha qoʻshin (400 ming askar)ni Sirdaryo boʻyiga toʻplab, uzoq yoʻl safarida toliqib kelayotgan moʻgʻullarni qarshi olish, dushmanga hali oʻzini oʻnglab olmasidan turib, bor kuch bilan katta jangda toʻsatdan zarba berish toʻgʻrisida birdanbir toʻgʻri fikr bayon qiladi. Birok. Muhammad xorazmshohga bunday fikr maʼqul boʻlmaydi. Chunki, u oʻzining oliy lashkarboshilaridan boʻlgan qipchoq lashkarboshilarga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. Shuning uchun ham u katta qoʻshinni bir joyga toʻplashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan agʻdarib tashlashlaridan qoʻrqar edi. Askariy kuchini qalʼa va istehkomlarga boʻlib yuborib, ayrim shaharlarni moʻgʻullarga qarshi qoʻyish bilan dushmanga zarba bermoqchi boʻldi. Xorazmshoh moʻgʻullarning asosiy zarbasi Movarounnahrning Zarafshon vodiysiga qaratilsa kerak degan fikr bilan Samarqand va Buxoro shaharlarini mustahkamlashni buyurdi. Samarqandning tashqi devorini qayta qurish maqsadida shahar aholisidan hatto bir yil ichida 3 marta xiroj ham yigʻib olinadi. Barcha koʻrilgan choratadbirlarga qaramasdan xorazmshox. hujumga tayyor emas edi. 1219 yilning kuzida Chingizxon xorazmshoh saltanatiga qarshi yurish boshladi. Jami askari 200 mingga yaqin boʻlgan moʻgʻullarga uygʻur xoni Idiqut va Olmaliq hukmdori Sigʻnoq teginlar ham oʻzlarining harbiy kuchlari bilan qoʻshilgan edi. Chingizxon Oʻtror shahri yaqinida, Movarounnahr va Xorazmni qisqa muddat ichida zabt etish uchun qoʻshinini 4 qismga boʻladi. Uning bir qismini oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoy boshchiligida Oʻtrorni qamal qilish va uni egallash uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Joʻji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon yuboriladi va unga Sigʻnoq, Oʻzgan, Barchinligʻkent, Jand, Yangikent va boshqa shaharlarni bosib olishni buyuradi. 5 ming kishilik uchinchi qoʻshinni Oloq noʻyon hamda Suketu-cherbi qoʻmondonligida Banokat va Xoʻjand shaharlari tomon yuboradi. Chingizxonning oʻzi asosiy kuchlari bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon lashkar tortadi. Inolchiq rahbarligida oʻtrorliklar shaharni mudofaa qilib 5 oy davomida oʻz qoʻllarida ushlab turadilar. Nihoyat moʻgʻullar shaharni egallashga muvaffaq boʻladi. Aholini shahardan tashqariga haydab chiqaradilar va qatl etadilar, shaharni esa talaydilar (yana q. [[Oʻtror mudofaasi]]). Shu asnoda Buxoroga yoʻnalgan Chingizxonning asosiy kuchlari yoʻlda Zarnuq va Hyp qalʼalarini ishgʻol qiladilar. 1220 yil fevralda Chingizxon Buxoroga yetib boradi (qarang [[Buxoro mudofaasi]]). Moʻgʻullar Buxoroni vayron qilgandan keyin Samarqandga yoʻl oldi. Chingizxon Buxorodan haydab keltirgan asirlardan tashqari oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoylarning Oʻtrordan olib kelgan bandilarini ham Samarqand qamaliga safarbar etadi (qarang [[Samarqand mudofaasi]]), Muhammad xorazmshoh Subutoy bahodir va Jebe noʻyon bosh boʻlgan moʻgʻul qoʻshinining taʼqibidan qochib, Kaspiy dengizining jan.dagi orollardan birida panoq topadi va sal vaqt oʻtmay gʻariblikda zotiljam kasali bilan va-fot etadi. Bu davrda moʻgʻullarning Joʻji boshliq askariy qismlari Sirdaryo etaklarida bosqinchilik qilmoqda edi. Joʻji shaharni jangsiz taslim boʻlishini talab qilib, Sigʻnoqqa elchi sifatida yuborgan Hasanxoja ismli savdogarni sigʻnokliklar oʻldiradilar. Bundan dargʻazab boʻlgan Joʻji shaharga hujum boshlaydi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisini bitta qoldirmay qiradi. Bu voqeadan dahshatga tushgan Oʻzgan shahri aholisi moʻgʻullarga jangsiz taslim boʻladi, ammo, Barchinligʻkentni olishda yana kuch ishlatadilar. 1220 yil Jandga hujum boshlaydilar. Jand noibi Qutlugʻxon shaharni tashlab Xorazmga qochadi. Bosqinchilar Jandni qarshiliksiz egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. Bu vaqtda Oloq noʻyon, Suketu cherbi va Toʻgʻay kabi moʻgʻul sarhanglari 5 ming qoʻshin bilan Banokat va Xoʻjand shaharlari ustiga yuradi. Banokat himoyachilari qilichdan oʻtkazilib, qolganlari qullikka mahkum etiladi. Shaqar zabt etilgach, navbat Xoʻjandga keladi. Asli nasabi turk boʻlgan Temur Malikning shaxsiy qaxramonligi bilan xoʻjandliklar moʻgʻullarga kutilmagan qarshilik koʻrsatadilar. Juvayniy va Rashiduddinlarning asarlarida Xoʻjand qamalida 20 ming moʻgʻul va 50 ming asir qatnashganligi aytilgan. Biroq, himoyachilarning kuchi teng boʻlmaganligidan Temur Malik shaharni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. 1220 yilning yozida Movarounnahr jan.da shu vaqtgacha bosib olinmagan shaharlarni zabt etishga Chingizxonning shaxsan oʻzi kirishadi. Avval u Nasafga bostirib kiradi. Shaharliklar dahshatga tushib shahar darvozalarini ochib beradilar. U Termizga askar tortadi. Termizning noibi Faxriddin Habash qattiq qarshilik koʻrsatadi. Termiz shahri va aholisi ham moʻgʻullarga qarshilik koʻrsatgan boshqa shaharlar fojiasini boshidan kechirdi. Sirdaryo havzasi, Zaraf-shon va Qashqadaryo vohalari, Amudaryo oʻrta oqimining oʻng sohili viloyatlari zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni xorazmshoxlar davlatining markazi Gurganjga tashlaydi. Bu harbiy kuchni Chingizxonning oʻgʻillari Joʻji, Chigʻatoy va Oʻqtoylar boshqaradi (qarang [[Urganch mudofaasi]]). Xorazmshoxlar davlati bosib olingach, moʻgʻul jangarilari oʻz kuchini yirik savdo va madaniyat markazlari boʻlmish Balx, Hirot, Marv va Gʻazna kabi shaharlarga yoʻnaltiradi. Ammo bu yerda ular Jaloliddin Manguberdinnnt qattiq qarshiligiga uchraydi. Moʻgʻul qoʻshinining atoqli jangchilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. Moʻgʻullarning Parvon dashtidagi magʻlubiyatidan keyin (qarang [[Parvon jangi]]) Chingizxon harbiy harakatlarni shaxsan oʻzi boshqaradi. Chingizxon Gʻaznaga lashkar tortadi. Jaloliddin esa urushsiz Sind (Hind) daryosi sohillariga chekinadi. Daryo boʻyida 1221 yilning noyabrda ikki oʻrtada qattiq jang boʻladi. Moʻgʻullarning pistirmaga qoʻygan 10 ming nafarli saralangan lashkari jang oqibatini hal qiladi (qarang [[Sind daryosi boʻyidagi jang]]). Raqibining jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni taʼqib qilish fikridan qaytadi. 1225 yilga kelib, moʻgʻul qoʻshinlarining asosiy qismi Moʻgʻuli-stonga qaytib ketdi. Jebe noʻyon va Su-butoy bahodir qoʻmondonligidagi moʻgʻul qoʻshini gʻarbda urushni davom ettiradi va Shim. Eron orqali Zakavkazyega bostirib kirdi. Gruziya va Ozarbayjonning bir qismini vayron qildi. Kaspiy dengizi sohili boʻylab harakat qilib, alanlar yeriga bostirib kirdi va ularni tormor keltirdi (1222). 1223 yil 31 mayda Kalka jangida moʻgʻullar birlashgan rusqipchoq qoʻshinini yengib, uni Dnepr daryosi etagigacha quvib, keyin Oʻrta Volgaga chekindi. Biroq, Volgakama Bulgʻoriyasida magʻlubiyatga uchrab, Moʻgʻulistonga qaytib ketdi (1224). Bu moʻgʻul otliq askarlarining kelgusida gʻarbga qilinadigan yurishlari oldidan olib borgan razvedkasi edi. Chingizxon vafot etgach (1227), Oʻqtoyni Ulugʻ xon (qoon) deb koʻtargan qurultoy (1229) dan soʻng Moʻgʻullar istilosi 2 yoʻnalishda olib borildi. Sharqsa Shim. Xitoy toʻla bosib olindi (1231—34) va Koreya bilan urush boshlandi (1231— 32). Moʻgʻullar bir qancha yirik yurishlar (1236, 1254, 1255, 1259) dan soʻng 1273 yil Koreyaning kattagina qismini bosib olishga muvaffaqboʻlgan. 1229 yil Subutoy bahodir 30 ming kishilik qoʻshini bilan Yoyiq daryosi boʻyiga chiqdi. Joʻji ulusining hukmdori Botuxon qoʻshini bilan birgalikda Kaspiy boʻyi dashtlaridan saksin va qipchoqlarni siqib chiqarishga erishdi. 1232 yil moʻgʻul qoʻshinlarining Volgakama Bulgʻoriyasiga yorib kirishga urinishlari bekor ketdi. Joʻji ulusining kuchlari bilan gʻarbga qilingan hujum qam natija bermadi. 1235 yil qurultoy chaqirilib, unda boshqa uluslar harbiy kuchlarini Botuga yordamga yuborishga qaror qilindi. 14 moʻgʻul xoni ishtirok etib qoʻshinning umumiy soni 150 mingga yetdi. 1236 yil kuzida moʻgʻul qoʻshinlari yana Volgakama Bulgʻoriyasiga qujum qilib, uni vayron qildi. Ular 1237 yilning bahori va yozida alanlar, qip-choqlar va Oʻrta Volgaboʻyi xalqlari bilan urushni davom ettirib, kuzda Shim.-Sharqiy Rusga yurish qilish maqsadida hozirgi Voronej atrofiga toʻplandi. 1237 yil qishning boshlarida Botu Ryazan knyazligiga hujum qiddi, 6 kunlik qamaldan soʻng Ryazan taslim boʻldi. 1238 yil Kolomna ostonasida Vladimir knyazligi askarlarini tor-mor qildi. Moʻgʻul qoʻshinlari Kolomna va Moskvani vayron qilish bilan birga 1238 yil fevral oyi mobaynida 14 rus shaxrini (Rostov, Uglich, Yaroslavl, Kostroma, Kashin, Ksnyatin, Gorodets, Galich-Mer-skiy, Pereyaslavlzalesskiy, Yuryev, Dmitrov, Voloklamskiy, Tver, Tor-jok)ni bosib oldi. 1240 yil kuzida Jan. Rusga yurish boshlandi. Dekabrning oxirlarida Kiyev, Vladimirvolinskiy, Galich va boshqa shaharlar bosib olindi.
{{Wide image|Mongols1300.gif|900px|Timeline graph}}
 
1241 yil bahorida moʻgʻul qoʻshinlari rus hamda Sharqiy Yevropaning boshqa xalqlari koʻrsatgan qahramonona qarshiligiga qaramay, Gʻarbga tomon ilgariladi. Botu qoʻshinining asosiy qismi Karpat dovonlari orqali Vengriyaga kirib bordi va qirol Bela IV ning 60 minglik qoʻshinini tormor keltirdi. Vengriya poytaxti — Pesht shahri ishgʻol etilib, vayron qilindi, mamlakatning koʻp qismi harobaga aylantirildi. Baʼzi moʻgʻul otryadlari Sharqiy Chexiyagacha kirib bordi, Birok qirol Vatslav I tomonidan qattiq qarshilikka uchrab orqaga qaytdi. 1241 yil oxirlarida Botu oʻz qoʻshinining Avstriya va Xorvatiya orqali Adriatika dengizi tomon boshladi. 1242 yil sohilda joylashgan qalʼalarni zabt eta olmagan Botu Bosniya, Serbiya va Bolgariya boʻylab orqaga qaytgan. Shunday qilib moʻgʻullarning Markaziy Yevro-paga qilgan hujumi tugadi.