Yoqut tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Modun (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 21:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Saxa (yoqut) tili''' — turkiy tillarning sharqiy tarmogʻiga mansub til; Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasida, qisman Amur, Magadan, Saxalin viloyatlarida, Taymir va Evenk muxtor viloyatlarida tarqalgan. Yoqut tilida 430 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi (1993). Markaziy, vilyuy, shimoli-gʻarbiy va taymir sheva guruxlari farqlanadi. Morfologiyasi agglyutinativ harakterda boʻlib, sonlar, olmoshlar hamda kelishiklar boʻyicha boshqa turkiy tillardan bir kadar farqlanadi. Leksikasida oʻz fonetik qiyofasini saqlab qolgan moʻgʻulcha oʻzlashmalar, shuningdek, evenk va rus tilidan kirgan soʻzlar koʻplab uchraydi.
 
==Yozish==
 
Yoqut tilining umumxalq yozuvi 1922 yilda S.A.Novgorodov tomonidan yaratilib, 1924 yilda takomillashtirilgan; 1929 yildan lotin grafikasi asosidagi, 1939 yildan esa rus grafikasi asosidagi yozuvga almashtirilgan. Adabiy til Saxa Respublikasining markaziy hududidagi soʻzlashuv tili asosida rivojlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>