Samarqand davlat chet tillar instituti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
:Samarqand davlat chet tillar instituti (SamDCHTI) - roman-german va koreys filologiyasi boʻyicha pedagog-mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy oʻquv yurti. Institut Samarqand davlat universiteti bazasida 1994 yilda tashkil topgan. Hozirda institut oliy va o‘rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi sohalariga hamda turizm infratuzilmasiga yuqori malakali xorijiy filologiya mutaxassislari, shuningdek, gid-tarjimonlar tayyorlashning halqaro miqyosda e’tirof etilgan nufuzli yirik markazlaridan biriga aylandi. Samarqand Davlat Universitetida faoliyat koʻrsatgan kafedralar (ingliz, fransuz, nemis tillari) birlashtirilib, avval oʻzbek filologiyasi fakulteti qoshida boʻlim, 1962 yildan esa roman-german filologiyasi fakulteti tashkil etildi. 1962—94 yillar mobaynida fakultet respublikamizning yirik oʻquv, ilmiy-uslubiy markaziga aylandi.:
Institutda hozirda 3 fakultet, 16 kafedra, 4 til va madaniyat markazlari, mintaqaviy til o‘rgatish markazi, Ta’lim sifati ta’minoti va innovatsiyalar markazi, eng zamonaviy o‘quv va multmedia uskunalari bilan jixozlangan Axborot – resurs markazi mavjud.
Institutda 12 ta yo‘nalishda bakalavriatura, 7 mutaxassislik bo‘yicha magistratura, 5 ixtisoslik bo‘yicha doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. 350 nafar talabaga mo‘ljallangan zamonaviy talabalar turar joyi, 250 o‘rinli oshxona mavjud.
Qator 5:
Institutda frazeologiya, leksikografiya, qiyosiy tipologiya, lingvodidaktika kabi filol. tarmoklari keng rivojlangan. Oʻtgan 10 yil ichida Institutda koʻplab ilmiy asarlar yaratildi. Chunonchi, "Til va jamiyat", "Xorijiy tillar hozirgi dunyoda: Taʼlim metodikasining tadrijiy taraqqiyoti", "Kontrastiv leksikografiya nazariyasi asoslari" va boshqa Shuningdek, Institutda "Xorijiy filologiya" (til, adabiyot, taʼlim) jurnal nashr etiladi.
SamDCHTI xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan ilmiy, amaliy-pedagogik va texnikaviy sohalarda jami 45 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan. Har ikkala tomonlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi dasturlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Rossiya, Olmoniya, Italiya, Xitoy, Malayziya, Koreya, Yaponiya va boshqa ko‘plab davlatlar universitetlari bilan hamkorlik qilinmoqda.
:Ibodulla Mirzayev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==