Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Kelag‘ayi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Progint (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Progint (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[Image:Kelagai-1.jpg|400px|right|thumb|Kalagayi, Ozarbayjonda, kvadrat shaklidagi ipak sharf bo'lib, unga milliy kiyim hisoblanib, issiq quyosh va sovuq shamoldan himoya qiladi. Ipak yozda salqin, qishda esa issiq bo'ladi.]]
Kelag‘ayi ipakdan to‘qilgan to‘rtburchak shakldagi milliy Ozarbayjon ro‘molidir. Ozarbayjonning g‘arbiy tomonida kelag‘ayini ba‘zan charkat deb ham atashadi. XIX asrning oxiri, XX asrning boshlarida Ozarbayjonning an‘anaviy kelag‘ayichilik markazlari ba‘zi siyosiy va ijtimoiyiqtisodiy sabablarga ko‘ra, ayniqsa, Rossiyadan kirib kelgan arzon fabrika mollarining mahalliy korxona mahsulotlarini siqib chiqarishi natijasida ularga ehtiyoj pasaydi va kelag‘ayichilik astasekin iste’moldan qola boshladi. Endilikda faqatgina ikki markazda – Bosqol va Ganjada yig‘ilmoqda. 2014-yilda kelag‘ayi YUNESKOning nomoddiy-madaniy merosining Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.<ref name="R1" /><ref name="R2" />
 
Qator 9 ⟶ 10:
 
== Kelag‘ayi tarixi ==
[[Image:Kelagai-2.jpg|300px|right|thumb|Kalagayi, Ozarbayjonda, kvadrat shaklidagi ipak sharf bo'lib, unga milliy kiyim hisoblanib, issiq quyosh va sovuq shamoldan himoya qiladi. Ipak yozda salqin, qishda esa issiq bo'ladi.]]
Kelag‘ayi tarixi asrlarga tutashgan bo‘lib, yillar mobaynida ipakchilik mahsuloti sifatida mashhur bo‘lib kelgan. Uning tarixi Buyuk Ipak yo‘lidagi shimol va janub, sharq va g‘arbni birlashtirib turadigan Ozarbayjon ipakchilik tarixi bilan chambarchas bog‘liq.Tarixiy dalillar Ozarbayjonda ipakchilik bilan ikki ming yil mobaynida shug‘ullanganligini tasdiqlaydi. Qadimgi davrdan beri bu yerda pilla yetishtirib, in gichka va sifatli ipak tolalar olingan. Ulardan ajoyib matolar to‘qilib, chiroyi va nafisligi bo‘yicha tengi yo‘q mahsulotlar tayyorlangan.<ref name="R4" />
 
Qator 24 ⟶ 26:
 
== Kelag‘ayi nima? ==
[[Image:Kelagai-3.jpg|300px|right|thumb|Kalagayi, Ozarbayjonda, kvadrat shaklidagi ipak sharf bo'lib, unga milliy kiyim hisoblanib, issiq quyosh va sovuq shamoldan himoya qiladi. Ipak yozda salqin, qishda esa issiq bo'ladi.]]
Bugungi kunda va azaldan ayollar boshini yoki butun tanasini yopadigan ro‘mol va kiyimlar dunyoda juda ko‘pdir. Ozarbayjonda ham ularning bir necha turi mavjud. Bu – orpek, shal, chorshab, chadra, kelag‘ayidir. Ularni o‘zaro taqqoslab, bizni qiziqtirayotgan kelag‘ayining kerakli va yetarlicha xususiyatlarini aniqlash mumkin va uni boshqa ro‘mollardan ajratish imkonini beradi. Birinchidan bu – mato. Kelag‘ayi tabiiy ipakdan va qadimda “kelag‘ayi ipeyi” – kelag‘ayi ipagi deb nomlanadigan, 2-3 ipak toladan tashkil topgan, buralgan, bo‘yalmagan yigirilgan ipli muayyan turdan tayyorlanishi kerak. Bu matoning zichligi past – 28–30 sm bo‘lishi kerak. Ikkinchidan bu – shakl: kelag‘ayi to‘rtburchak, yaxlit matodan tikilgan bo‘lishi kerak. Keyingisi bu – o‘lcham: kelag‘ayi katta bo‘lishi kerak, 140–160 sm, u ayol qomatini butunlay yopmasligi kerak. Undan hosil bo‘lgan qismi – “bolme” – kelag‘ayining ¼ qismi hisoblanadi. Undan so‘ng rangi: yozilmagan an’analarga ko‘ra kelag‘ayi butunlay bo‘yaladi yoki maydonini oq rangda qoldirib, faqatgina chekka qismida naqshlari (bordyur) bo‘yaladi. So‘ng naqsh berish: kelag‘ayi naqshlari Ozarbayjonda “basmanaxish”, dunyoda esa “issiq batik” texnikasi deb nom olgan ma’lum bir texnikada bajarilishi shart.<ref name="R4" />
 
Qator 33 ⟶ 36:
 
== Kelag‘ayi konsepsiyasi ==
[[Image:Kelagai-4.jpg|300px|right|thumb|Kalagayi, Ozarbayjonda, kvadrat shaklidagi ipak sharf bo'lib, unga milliy kiyim hisoblanib, issiq quyosh va sovuq shamoldan himoya qiladi. Ipak yozda salqin, qishda esa issiq bo'ladi.]]
 
 
Ushbu konsepsiya predmeti, Ozarbayjondagi ayollar kiyim elementi – kelag‘ayi hisoblanadi. Konsepsiyaning maqsadi, kelag‘ayi ahamiyatini madaniy noyobligi sifatida aniqlash va asoslashdir. Shu maqsadda ham tarixiy plan, ham zamonaviy bosqichda ularni rivojlanish nuqtai nazarida hamda kelajakka bo‘lgan istiqbolda qaraladigan, kelag‘ayi konsepsiyasi predmetining funksional, texnologik, tuzilmali va estetik xususiyatlari aniqlanib ko‘rib chiqilgan.<ref name="R4" /> Konsepsiya maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
 
Qator 47 ⟶ 49:
 
== Kelag‘ayiga naqsh berish хususiyatlari ==
[[Image:Kelagai-5.jpg|300px|right|thumb|Kalagayi, Ozarbayjonda, kvadrat shaklidagi ipak sharf bo'lib, unga milliy kiyim hisoblanib, issiq quyosh va sovuq shamoldan himoya qiladi. Ipak yozda salqin, qishda esa issiq bo'ladi.]]
Kelag‘ayining naqshli kompozitsiyalari ko‘p asrlik tarixga ega bezaklardan tashkil topgan. Kompozitsiyalar konsentrik, shuningdek, ro‘molning butun perimetri bo‘ylab hoshiya shakllaydigan – bordyurli bo‘lishi mumkin. Bordyurliligi masalan “agzamin” yoki “sogani” bir qarashda oddiy, lekin “basmanaxish” bo‘yash texnologiyasini hisobga olganda, yaratilishi uchun ko‘p vaqt, o‘ta ehtiyotkorlikni va ko‘p sarf materiali [zaxirani] talab etadi. Konsentrik kompozitsiyalar [“xon chali”] naqshlarga boy va inson dunyoni qanday tushungani va unda o‘z o‘rnini ko‘rganini asrlar mobaynida xalqning dunyoqarashida yig‘ilgan, dunyo qonunlari hususiyatlarini ko‘rsatgan qoidalarga qat’iy rioya etilgan. Bu kompozitsiyaning naqsh mavzularida o‘simlik va geometrik naqshlar, muayyan belgi va ramzlarining uyg‘unlashuvi, elementlarning muvozanatli moslashuvi mavjud. Bunday kompozitsiya Shirvonda, xususan, Baskalda yaratilgan kelag‘ayini ajratib turadi va shu sababli ular “Baskal” deb nomlangan. “Shemahi tumani kelag‘ayisiga naqshni butun maydoni bo‘ylab bosiladi, Sheki, Kirovabad hamda Qorabog‘ hududlarida esa ko‘pincha naqshli bordyurli ro‘mollarni yaratishadi”, – deb yozadi N.S.Askerova.Ozarbayjon chiro yiga oshiq bo‘lgan Sattor Baxlulzodaning “Kelag‘ayi bilan natyurmort” rasimida aynan “Baskal” kelag‘ayisi aks ettirilgan. Shuningdek,hoshiyali naqshni (bordyur) nisbatan ko‘proq [“pirgalib”] yoki kamroq [“seyrak”] yirik bo‘lmagan element lar bilan to‘lgan maydonli kombinatsiyalari ham bo‘lishi mum kin.Bunday turdagi kelag‘ayi Gyandji, Ordubad uchun xosdir.<ref name="R4" />
 
Qator 54 ⟶ 57:
 
== Kelag‘ayi naqshlari ma’nosi: metafora va o‘xshatishlar ==
[[Image:Kelagai-6.jpg|300px|right|thumb|Kalagayi, Ozarbayjonda, kvadrat shaklidagi ipak sharf bo'lib, unga milliy kiyim hisoblanib, issiq quyosh va sovuq shamoldan himoya qiladi. Ipak yozda salqin, qishda esa issiq bo'ladi.]]
Kelag‘ayining har bir elementi va elementlar kompozitsiyasi aniq bir mazmun va muayyan ma’noga ega. Kelag‘ayining naqshli semantikasi hayotning universal g‘oyalarini aks ettiradi va mahsulot rangi bilan birga insonlarning o‘zaro ta’sir bo‘shlig‘ini emotsional to‘lishini ta’minlaydi. Qolipdagi (galib) naqshlar madaniyat sohasi vakillari osonlik bilan aniqlay oladigan kodlar hisoblanadi.Yuqorida ta’kidlangan xususiyatlar tufayli kelag‘ayi Ozarbayjon jamiyatida ramziy ma’noga ega bo‘ldi. Bu shunchaki ro‘mol emas, balki ulkan estetik – etik tarkibga ega va jamiyatning har bir a’zosiga madaniyat normalarida to‘g‘ri harakatlanishiga ko‘maklashadigan madaniyat elementidir. Kelag‘ayi rangi va naqshlari muloqot jarayonida muayyan kayfiyat yaratishga ko‘maklashadi. Masalan, qizil kelag‘ayi jozibador arabeskasi bilan kelinga qaynona va qayni ota tomonidan beriladigan sovg‘alardan biri hisoblanadi va to‘y vaqtida aynan uni kelin taqishi kerak, mehmonlar esa yorqin rangdagi kelag‘ayilarni kuyov yelkasiga tashlashi kerak. Bosh farzandini onasi kelgusi 40 kun davomida belini bog‘lab yuradigan kelag‘ayiga belanishi kerak. Otabobolarimizning aytishicha, bu qomatni saqlab qoladi. Ish, kundalik hayotda, uydan chiqqanda yoki uyda mehmonlarni kutib olganda ayollar boshiga sokin rangdagi kelag‘ayilarni taqishadi – “sogani”, “soldurma” (piyoz rang, sarg‘ish), qehveyii (qahva rang) va boshqalar. Qora rangdagi oddiy qirrali kelag‘ayi motam kayfiyatini bildiradi, yorqin rangdagi ko‘p naqshli kelag‘ayi esa xursandchilik va zavq kayfiyatini yaratadi. Qadimgi ozarbayjon udumiga ko‘ra, kurashayotgan erkaklar o‘rtasiga kelag‘ayi otgan ayol qon to‘kilishini to‘xtatishi mumkin, qiz esa turmushga chiqishga roziligini, unga turmushga chiqishni taklif qilgan yigitga kelag‘ayisini berib bildiradi.Kelag‘ayida ishlatilgan naqsh va kompozitsiyalar gilamnikidan farqlanadi, lekin o‘zining betakrorligi bilan ham shunday universal xususiyatlarga ega va xuddi o‘sha abadiy mavzularni anglatadi. Bu hayvonlar timsoli – maral, baliq, qush, o‘simlik elementlari uslublashgan va uslublashmagan. Bu bejirim “buta” ham alanga tili ham tovusning mag‘rur qaddiga quyosh ramzi – yerdagi barcha jonzotlarga hayot bag‘ishlaydigan yashirin yoki aks ettirilgan energiyaga o‘xshaydi. Bu ham “islimi” – uslublashgan gul, shox va novda elementlarining uyg‘unlashuvini mahsulot chekkalari bo‘ylab o‘tishi – abadiyat va ruhning uzluksizligi ramzidir. Bu “karatash” – hayot daraxti – rivojlanish, birdamlik va boqiylik ramzidir. Naqsh va ularning kompozitsiyalari ma’nosi galiblarning nomidayoq aks ettirilgan. Ularning barchasi kelag‘ayining ornamental uslubiyatiga kiradi – ayrim hollarda qat’iy chegaralangan qonunlar bo‘yicha, ba’zida esa ustaning (“tavakeshning”) ruhiy va emotsional holatiga ko‘ra. Masalan, konsentrik guruhga taalluqli “Baskal” naqshli kompozitsiyali kelag‘ayi ustalari tomonidan Dunyo markazidagi koinot rasmi va universal xarakterga ega insoniyat haqidagi tasavvur sifatida talqin qilinadi. Bu tasavvurlarda inson uchun eng yaxshi himoya (“sah”, “shaxbuta”) – bu tog‘lar (“dik” xashiye), bu dunyoda jismonan nobud bo‘lib, (kompozitsiyali oraliq naqshdan ajralib – medaxil) hayot boshqa– yuqori, tog‘li – bundan ham rangbarang va hilmaxil olamda davom etadi degan ishonch bor. Ehtimol shuning uchun ham kelag‘ayi ko‘p rangli va ularni yaratish uchun turli xildagi galiblar ishlatiladi. Bu turdagi kelag‘ayi mohirlik cho‘qqisi bo‘lib, “Eddireng” (yetti rang) kelag‘ayisi hisoblanadi. Bunday kelag‘ayilar naqshga boy va kelag‘ayidagi rasmning har bir naqshi yetti rangdan biriga yoki ularning tusiga bo‘yaladi – qizil, ko‘k, sariq, yashil, oq, pushti va to‘q jigarrang va h.k. Shunisi ajablanarliki, naqshli kelag‘ayida ko‘rsatilgan olam timsoli qadimgi arxeologik madaniyatlarning bronza va sopol buyumlarida aks ettirilgan tasvirlar bilan hamohangdir. Bugungi kunda baskal ustalari o‘z galiblarini ushbu timsollar bo‘yicha nomlashadi. Masalan, kelag‘ayi markaziga naqsh bosiladigan galib “gebek” (kindik) deb ataladi. Aylananing ¼ qismini aks ettirgan ushbu galib konsentrik kompozitsiyada teng tomonli xochni tashkil etadi va dunyo markazini eslatadi, uning atrofidagi aylana yoki to‘rtburchak esa koinotni anglatadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, muayyan arxeologik madaniyatlarda “Aylana yoki to‘rtburchak ichidagi xochsimon belgi, …. Dunyo markazi haqida yoki “kosmik kindik” shamanistik tasavvurni aks ettiradi”.Aniq qoidalariga ega bo‘lgan kelag‘ayi taxlash jarayoni chuqur ma’noga ega, birinchi 3 bukilishi uzunasi bo‘ylab qilinishi kerak, so‘ng yana 3 bukilish tomoni 18–20 sm.lik to‘rtburchak hosil qilishi kerak. Buning ma’nosi avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan usta kelag‘ayichilar bilan ko‘pgina suhbatlar natijasida ayon bo‘ldi. Ularning aytishicha, tabiat qonunlari o‘zgarmaydi, kelag‘ayi esa uning tasviri, tabiat javobidir. Xuddi tabiat kabi hayot ham sirsinoat, tirik jonzot, hursandchilik, ozodlik, sevgi, g‘amga to‘la, kelag‘ayi ham sehrli ipakni yaratilishidan tortib uni tayyorlashda turli xil sirlarni o‘zida mujassam etgan. Tabiatda ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshlanish – hayot va o‘lim, yaxshilik va yomonlik, haqiqat va yolg‘on. Bu inson uchun tayyorlangan. Kelag‘ayi-ning birinchi uch bukilishi shuni aks ettiradi. Keyin uch bukilishi esa insonning o‘z tanlovini bildiradi – sevgi yoki nafrat, kuch yoki zaiflik, aql yoki ahmoqlik. Ota-bobolari ham usta kelag‘ayichi bo‘lgan ustalarning bunday fikrlari xalqning yig‘ilgan ko‘p asr lik tajribasini aks ettiradi. Va buni yetuk Yevropa ruhshunosi E.Frommning XX asrning boshlarida aytib o‘tgan insonning ekzistensial va tarixiy dixotomiyalari haqidagi g‘oya lariga o‘xshashligi ajablantirmaydi. Sababi bu fikrlar universaldir. “Agar u (inson) haqiqat yuziga vahimasiz qarasa, hayotda o‘z kuchini namoyon qilib, mazmunli yashab, insonning o‘zi bag‘ishlagan mazmundan boshqa maz mun yo‘qligini tushunadi… Faqatgina agar u dixotomiya uning mavjudligiga xos inson holatini va o‘z kuchini namoyish qilish iste’dodini anglasagina u o‘z muammosini muvaffaqiyatli yecha oladi: o‘zligicha qolish, uning qobiliyatini tashkil etgan – ong, sevgi va samarali mehnat qobiliyatini to‘liq amalga oshirish yo‘li orqali baxtga erishish” deb yozadi E.Fromm. Kelag‘ayining naqshli uslibiyati aynan shuni yetkazadi.<ref name="R4" />
 
Qator 62 ⟶ 66:
 
== Ozarbayjonda ipakchilik ==
[[Image:Kelagai-7.jpg|300px|right|thumb|Kalagayi, Ozarbayjonda, kvadrat shaklidagi ipak sharf bo'lib, unga milliy kiyim hisoblanib, issiq quyosh va sovuq shamoldan himoya qiladi. Ipak yozda salqin, qishda esa issiq bo'ladi.]]
Asrlar davomida Ozarbayjon Buyuk ipak yo‘lidagi shimol va janub, g‘arb va sharq o‘rtasidagi bog‘lovchi vazifasini o‘ynagan ipakchilik mamlakati sifatida tanilgan. Bu haqda antik manbalarda, Ozarbayjonga kelgan O‘rta asr sayyohlarining yo‘l xotiralarida ma’lumotlar uchraydi, ipak haqidagi dastlabki ma’lumot va ba’zi bir ipak topilmalar eramizdan avvalgi davrlarga taalluqli. Ipakchilik Ozarbayjonning etnik madaniyatiga shunchalik uyg‘un va mustahkam o‘rnashganki, ular hatto qo‘shni mamlakatlarga ko‘chib borganda ham, odatda, u yerga ipak madaniyatini olib borib, ipakchilik bilan shug‘ullanishni boshlar edi. Bir vaqtning o‘zida ular o‘zlari-ning milliy madaniyatiga oid maishiy va estetik ehtiyojlarini qondirganlar, ya’ni pishiq, yengil va rangorang ipak matolar – ganovuz, darai, mov, jejim, turli xil maqsadlarda ishlatilgan ipak kelag‘ayi ishlab chiqarganlar.<ref name="R4" />
 
Qator 77 ⟶ 82:
Ozarbayjonning jahon bozoriga barcha transport yo‘llari orqali chiqishi 90yillar boshida mustaqillikka ega bo‘lgandan so‘ng muhim ahamiyat kasb etdi. Shubhasiz, ipakchilik oxirgi yillarda yuzaga kelgan vaziyatdan chiqadi va nafaqat Ozarbayjon ipagining avvalgi shuhratini tiklaydi, balki uni yangi cho‘qqilarga olib chiqadi. Ozarbayjon ipagi tarixi ikki ming yildan ortiq vaqtni tashkil etadi.<ref name="R4" />
 
[[Image:Kelagai-8.jpg|300px|right|thumb|Kalagayi, Ozarbayjonda, kvadrat shaklidagi ipak sharf bo'lib, unga milliy kiyim hisoblanib, issiq quyosh va sovuq shamoldan himoya qiladi. Ipak yozda salqin, qishda esa issiq bo'ladi.]]
Ozarbayjon Respublikasi shimoli-g‘arbidagi kelag‘ayi ustalarining tarixiy shahri Baskalda ham 2000-yilda ishlab chiqarish to‘xtab qoldi. Aynan shu davrda mamlakat Prezidenti buyuk Geydar Aliyev yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda, kichik korxonalar yordamida ipakchilik sohasini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. «Inkishof» ilmiy markazi bu fikrni asos sifatida qabul qilib, UNDPning «Taraqqiyotda gender masalasi» loyihasi doirasida ilgari surilgan ipak ishlab chiqarishni qayta tiklash va kelag‘ayi tayyorlashni boshlash taklifiga javob berdi.Bu bir tarafdan kasanachilikni rivojlantirish, ish bilan bandlikni o‘stirish va aholi daromadini oshirishga (jahon tajribasi bunga misol) yordam bersa, boshqa tarafdan esa, kelag‘ayi tayyorlashdek qadimgi madaniy an’anani tiklash va rivojlantirishning qisqa yo‘li bo‘lar edi. Buni 2002 – 2003-yillarda Yaponiyaning Ozarbayjondagi elchixonasi, Ismailli va Sheki tumanlari Ijroiya hokimiyati yordami va xususiy zaxiralarni («JT» firmasi) jalb etgan holda amalga oshirish mumkin bo‘ldi. Yevroosiyo jamg‘armasi kelag‘ayi axborot kompaniyasini qo‘lladi va natijada «Kelag‘ayi» katalogi va videoklipi chiqarildi, Ozarbayjon tarixida birinchi marta kelag‘ayi ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bu ko‘rgazmada namoyish etilgan kelag‘ayi ro‘mollari Shekidagi kichik korxonada to‘qilgan bo‘lib, Baskal Ipak markazida naqshlandi va bo‘yaldi. Ularda qadimgi naqshlar tiklanishi bilan birga zamonaviy (hozirgi Ozarbayjon rassomlari taklif etgan) tasvirlar ham o‘rin ola boshladi.Bu voqeadan so‘ng kishida shaksiz havas va hayrat uyg‘otuvchi kelag‘ayilar nafaqat Ozarbayjondagi, balki undan tash qaridagi qator ko‘rgazmalarda (Turkiya, Gruziya, Vengriya, Avstriya, Italiya, AQSh (BMT), Belgiya, Malayziya) na-moyish etilib, gilamlar bilan bir qatorda Ozarbayjon amaliy san’atining uzviy bo‘lagini tashkil etdi.Shunday qilib, hozirga kelib, Ozarbayjon xalqining yo‘qo-lish arafasida turgan eng qadimgi badiiy hunarmandchiligiga katta e’tibor berish natijasida kelag‘ayi ishlab chiqarish kengaydi va kelag‘ayi taqish shakllari ko‘paydi.<ref name="R4" />
 
Qator 144 ⟶ 150:
<ref name="R4" >{{cite book |language=uzbek |last=Abbasov |first=Samir |title=Kelag‘ayi |publisher=MASHHUR-PRESS |date=2017 |location=Tashkent |isbn=978-9943-4933-0-83}}</ref>
</references>
 
[[Turkum:Ozarbayjon]]
[[Turkum:Ozarbayjon_sanʼati]]
[[Turkum:Ozarbayjon:_Tarix]]