Mazhab: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Hanafiya: kichik o'zgarishlar, replaced: [[File: → [[Fayl:
→‎Zaydiya: Hatoni togirladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 54:
 
=== Zaydiya ===
Zaydiylar — VIII asr o‘rtalarida shialikda vujudga kelgan sekta tarafdorlari. Arab halifaligida sinfiy ziddiyatlar keskinlashib, feodal guruhlar o‘rtasidagi kurash kuchaygan, ummaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Shialarning 5-imomi Muxammad al-Bokirning sustligidan norozi bo‘lgan shialar ichidan Zayd o‘z tarafdorlarini to‘plab, ummaviylar hokimiyatiga qarshi [[739]]-yilda isyon ko‘targan, [[740]]-yili halifa Hishom (724-743) ko‘shinlari bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, halifalar hokimiyatiga qarshi ko‘p marta isyon ko‘targanlar. Z. Zaydni so‘nggi 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Ular o‘z aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar o‘rtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yulini tutadilar. Zaydiylar yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan ilgarigi uch halifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni laʼnatlamasliklari, taqiyya printsipini va mutʼa (yoki siga) [[nikoh]]ini inkor etishlari bilan shialardan, avliyolar va mozorlarga sig‘inishni hamda darvishlik va zohidlikni inkor etishlari bilan sunniylardan ajralib turadilarturishadi. O‘z aqidalarida mu’taziliylardan iroda erkinligi va [[Qur’on]]ni Olloh yaratganligi, xorijiylardan esa diniy eʼtiqodni amaliy faoliyat bilan mustahkamlash printsiplarini qabul qilib olganlar. Hozir Zaydiylarning ko‘p qismi Shimoliy [[Yaman]]da yashaydi va aholining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Zaydiylar [[Yaman]] Xalq Demokratik Respublikasida, [[Saudiya Arabistoni]]da, [[Pokiston]] va boshqa davlatlarda ham bor.
 
=== Ismoiliya ===