Oʻzbekiston milliy universiteti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 14:
|rektor = Maraximov Avazjon Raximovich
|talabalar = 11 000 dan ortiq<ref>[http://yubiley.nuu.uz/index.php?lk=main&ln=ru Oʻzbekiston Milliy universiteti 90 yilligiga bagʻishlanadi]</ref>
|fakultet = 1014
|bakalavriat = 4 yil
|magistratura = 2 yil
|aspirantura = 3 yil
|doktorantura = 3 yil
|professor =
|o`qituvch
[[thumbnail]]
i =
|manzil = Toshkеnt-100174, TalabalarUniversitet shaharchasiko'chasi, 4-uy, Mirzo Ulug`bеk nomidagi O`zbеkiston Milliy univеrsitеti, O`zbekiston
|Veb sayt = [http://www.nuu.uz/ www.nuu.uz]
}}
 
'''Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti''' ('''OʻzMU''', ''avv. "Toshkent Davlat Universiteti"'') - [[Oʻzbekiston]] oliy oʻquv yurtlaridan biri. [[Toshkent shahri|Toshkent]] shahrida joylashgan. [[1918]]-yil asos solingan. [[Markaziy Osiyo]]davlatlari va [[Qozogʻiston]]dao'rtasida birinchi [[universitet]] hisoblanadi.
 
'''Oʻzbekiston milliy universiteti''', Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti (OʻzMU) — Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri; Oʻrta OsiyoOsiyodagi vabirinchi QozogʻistondagiOliy birinchiTa'lim universitetmuassasasidir. 1918 yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq universiteti 1920 yildan Turkiston davlat universiteti, 1923 yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960 yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga muvofiq, untga milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. 1995 yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan.
==Tarix==
 
{{Musulmon Xalq dorilfununi}}
1920/21 oʻquv yili Turkiston untida tibbiyot, fizikamat., ijtimoiyiqtisodiy (ijtimoiy fanlar), tarixfilol., texnika, qishloq xoʻjaligi, harbiy ftlar boʻlib, ularda 2969 talaba oʻqigan. Ishchi va dehqonlarni, ayniqsa, mahalliy millat vakillarini untga kirishga tayyorlash maqsadida uning huzuridagi ishchilar fakulteti muhim rol oʻynadi. universitet yildanyilga kengayib bordi. 1924 yil ijtimoiy fanlar fakulteti asosida mahalliy xoʻjalik va huquq fakulteti tuzildi. Baʼzi ftlar birlashtirildi, ayrim ftlarda bir qancha boʻlim va kafedralar ochildi. universitet mamlakatda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston uchun kadrlar tayyorlashning asosiy markaziga aylandi. Oʻzbek ziyolilarining tarkib topishida muhim rol oʻynadi. 20-yillarning 2-yarmidan untda ilmiy tekshirish ishlariga alohida ahamiyat berildi. 1929 yil aspirantura ochildi. universitet olimlari tomonidan xalq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan kashfiyotlar qilindi. Xususan, 1928 yil universitet olimi P.B. Grabovskiy. I.F. Belyanskiy bilan birgalikda elektron nur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan boshqa joyga uzatadigan va qabul qiladigan "radiotelefot" apparatini yaratdilar. 1928 yildan universitet ftlari asosida mustaqil tarmoq institutlar, jumladan, Oʻrta Osiyo paxtachilik instituti, Oʻrta Osiyo paxtachilik va irrigatsiya politexnika instituti (hozirgi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti), Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti, Tojikiston qishloq xoʻjaligi instituti, Tojikiston agronomiyaped. instituti, Turkmaniston zooveterinariya instituti, Oʻrta Osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari instituti, Oʻrta Osiyo geol.qidiruv instituti, Oʻrta Osiyo industrial instituti (hozirgi Toshkent texnika universiteti), Oʻrta Osiyo ipakchilik instituti, Oʻrta Osiyo moliyaiqtisod instituti (hozirgi Toshkent iqtisodiyot universiteti) va boshqalar institut hamda ilmiy tekshirish muassasalari tarkib topdi. 1931 yil untda biol., texnika, fizikamat., ishchi ftlari ishladi. 1935 yil tarix, tuproqshunoslikgeol.geogr. ftlari tashkil topdi. 1938 yil sirtqi boʻlim ochildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan oldingi davrda universitet oʻqituvchilar tarkibi uni tugatgan milliy kadrlar (T.N.QoriNiyoziy, T.Z.Zohidov, T.A.Sorimsoqov, O.S.Sodiqov va boshqalar) hisobiga kengaydi. 1941 yil noyabrda Oʻzbekiston Davlat Universiteti (hozirgi Samarqand universiteti) SAGUga qoʻshildi (1945 yil yana ajralib chiqdi). Filol. (1942), sharq (1944), geogr. (1945), geol.tuproqshunoslik (1945) ftlari tashkil etildi. 1943 yil aprelda aspirantura kengaytirilib, doktorantura ochildi. universitet olimlari 1943 yil Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasshtnt tashkil topishi va rivojlanishida asosiy rol oʻynadilar. Keyingi yillarda universitet faoliyati yanada kengaydi, oʻquv jarayonlari takomillashdi, ilmiy tadqiqotlarlar yuksaldi. 1991 yil sharq va yuridik ftlari negizida Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent yuridik instituti tashkil topdi. Universitetda 14&nbsp;ft (fizika, mexanikamat., kimyo, biol.tuproqshunoslik, geogr., geol., oʻzbek filol.si, xorijiy filol., jurnalistika, tarix, falsafa, ijtimoiy-siyosiy fanlar, iqtisodiyot, huquqshunoslik), ft maqomidagi tillar markazi, tayyorlov boʻlimi, 102 kafedra, Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti, Oliy pedagogika instituti, Amaliy ekologiya va tabiatdan unumli foydalanish ilmiy tekshirish boʻlimi, botanika bogʻi, 16 ilmiy laboratoriya, milliy qadriyatlar markazi faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, oʻquv, oʻquvuslubiy, aspirantura, marketing , ichki nazorat va monitoring , rejamoliya, hisob, kadrlar boʻlimlari, magistratura markazi, bosh muhandis xizmati va boshqalar mavjud. Universitetda 3 mln. dan ortiq asarga ega 14 ta kutubxona (ulardan 13 tasi ftlar qoshida) faoliyat koʻrsatadi. Kutubxonada toshbosma va nodir qoʻlyozmalar fondi bor.
Millatparvar jadidlar Rossiyada fevral inqilobi amalga oshganidan so‘ng Turkistonda paydo bo‘lgan demokratik erkinlik sharoitida rus demokrat ziyolilari bilan hamkorlikda universitet tashkil etish harakatida turgan bir paytda oktyabrь davlat to‘ntarishi yuz berdi va yangi sovet hukumati - Turkiston Xalq Komissarlari soveti tuzildi. Ushbu hukumatning 1918 yil 16 martdagi Toshkentda Turkiston xalq universitetini tashkil etish haqidagi Maorif Xalq Komissariatiga bergan buyrug‘ida faqat rus va rus tilida so‘zlovchi aholining oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyoji qondirilishi e’tiborga olindi. Musulmonlarning bu sohadagi ehtiyoji va jadidlarning universitet tashkil etish borasida qilgan amaliy ishlari e’tiborga olinmadi. Ushbu buyruq asosida rus ziyolilari jadali ishga tushadi. Bundan xabar topgan Munavvarqori Abdurashidxonov 9 aprel kuni zamonaviy oliy ta’lim tarafdorlari bo‘lgan jadidlarning faol guruhini o‘z uyiga to‘plab, vaziyatni tushuntirdi va universitet tashkil etish g‘oyasini o‘rtaga qo‘yadi.
 
Yig‘ilganlar uning rahbarligida 9 kishidan iborat «Musulmon xalq dorilfununining tashkilot komissiyasi»ni tuzdilar. Bu komissiya hukumatning qaroriga qarshi demokratik ruhda tuzilgan edi. Shuning uchun ham komissiya asosan ikki yo‘nalishda, ya’ni o‘zini hukumatga tan oldirish va bevosita dorilfununni tadbiq etish kabi ishlar bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Unt 34 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 108 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. 68 mutaxassislik boʻyicha aspirantura, 20 mutaxassislik boʻyicha doktorantura mavjud. 2005 yil 164 aspirant, 16 doktorant, 127 tadqiqotchi ilmiy tekshirish olib bordi, 14 ixtisoslashgan kengash (9 doktorlik va 5 nomzodlik) 30 mutaxassislik boʻyicha faoliyat koʻrsatadi. 2004/05 oʻquv yili untda 10250 talaba taʼlim oldi, 1059 professoroʻqituvchi, jumladan, 136 fan doktori va professor, 387 fan nomzodi va dotsent ishladi. universitet professor oʻqituvchilari orasida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari (A.A.Abduvahobov, J.A. Azimov, T.A.Azlarov, Sh.A.Alimov, Sh.A.Ayupov, T.N.Dolimov, T.J.Joʻrayev, T.S.Yoʻldoshboyev, A.T.Mamadalimov, J.A.Musayev, M.M.Musaxonov, A.R.Muhammadjonov, T.M. Moʻminov, N.A.Parpiyev, S.Sh.Rashidova, M.Salohiddinov, Sh.I.Solihov, N.Yu.Sotimov, B.O.Toshmuhamedov, S.Sh.Shermuhamedov va boshqalar) bor. Universitetda muhim fan tarmoqlari boʻyicha ilmiy maktab va yoʻnalishlar yaratildi. Xususan, universitet olimlarining mat. va mexanika (V.I.Romanovskiy, T.A. Sarimsoqov,S.H. Sirojidsinov, Sh.Q. Farmonov, T.A.Azlarov, M.S. Salohiddinov,A.S. Sadullaev, Sh.A. Ayupov, Sh.O.Alimov, M.T.Oʻrozboyev, A.Begmatov), fizika (S.V.Starodubsev, O. Xolmuhamedov, Sh.Otajonov, S.U. Umarov, R.X.Mallin, kimyo (O.S.Sodiqov, R.Tillayev, K.S.Ahmedov, Oʻ.N.Musayev, S.Sh.Rashidova, Sh.T.Tolipov), biol. (Ye.P.Korovin, T.Z.Zohidov, A.T.Toʻlaganov, A.Vahobov), tuproqshunoslik va agrokimyo (S.N.Rijov, X.A.Abdullayev), biokimyo va biofizika (Yo.X.Toʻraqulov), baland togʻlarni oʻzlashtirish (I.A.Raykova), genetika (JA.Musayev), geol. (A.S.Uklonskiy, O.I.Islomov, T.N.Dolimov), geogr. (L.N.Korjenevskiy, A.Soliyev, Z.M.Akramov, H. H. Hasanov), falsafa (A.T. Ayupov, K.S.Sodiqov, E.Yusupov, S. Shermuhamedov, J.M.Boboyev, I.Rahimov), tarix (V.V.Bartold, A.A.Semyonov), huquqshunoslik (H. S.Sulaymonova, O.E.Eshonov, Sh.Z.Oʻrazayev), sharqshunoslik (Sh.Shomuhamedov), filol. (Gʻ.K.Karimov, O.Sharafiddinov, S.D. Dolimov, A.Gʻ.Gʻulomov, L.P.Qayumov, B.Qosimov, U.Normatov, A.Abduazizov, Sh.Rahmatullayev), psixologiya (E.Gʻoziyev), sotsiologiya (N.Aliqoriyev) sohasidagi tadqiqotlari mashhur.
 
Tashkilot hay’ati juda tezlik bilan ishga kirishib, milliy oliy ta’lim o‘chog‘i - Musulmon Xalq dorilfununini tashkil etish yo‘lida bir oydan sal ortiq vaqt ichida o‘nta majlis o‘tkazadi. Uning shu yil 2 mayda o‘tkazilgan 7-majlisida Turkiston Xalq universiteti sho‘rosi va Turkiston Xalq Maorifi Komissariati tomonidan Musulmon Xalq dorilfununining tashkilot komissiyasi rasman tan olinganligi ma’lum qilinadi. 3 may kuni Tashkilot komissiyasining navbatdan tashqari kengaytirilgan majlisi bo‘lib, unda Musulmon Xalq dorilfununi rahbariyati («idora hay’ati»)ga saylov bo‘lib o'tdi. Munavvarqori Abdurashidxonov rais (rektor), Iso To‘xtaboev raisiing birinchi muovini(prorektor), Burxon Habib raisning ikkinchi muovini, Abdusamiqori Ziyoboev xazinador, Muxtor Bakir sarkotib(ilmiy kotib) etib saylanadi.
Uni tashkil topgandan beri 110 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlandi (2005). Universitetda taniqli shoir va yozuvchilardan Oybek, M.Avezov, A.Qahhor, A.Muxtor, P.Qodirov, O.Yoqubov, Oʻ.Hoshimov, Oʻzbekiston Qahramonlari O.Sharafiddinov, A.Oripov, E.Vohidov va boshqalar oʻqigan.
 
1918 yil 12 may shanba kuni Musulmon Xalq dorilfununining «rasmi kushodi» - rasmiy tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Eski shahardagi Vikula Morozovning sobiq do‘koni joylashgan binodagi tantana hay’atidan hukumat a’zolari, xalq komissarlari, musulmon va rus xalq dorilfununlarining raislari (rektorlari) va boshqalar joy oladilar.
 
1918 yilning 12 mayi millat ehtiyojiga aylangan dunyoviy oliy ta’lim maskani paydo bo‘lgan, bugungi Milliy uiiversitetning asosi yaratilgan muborak kun bo‘lib tarixga kiradi.
 
Musulmon xalq dorilfununi ochilishini o‘sha davrdagi taniqli olim A.A. Divaev quvonch bilan shunday ifodalaydi: «Mana bugun Toshkentda Musulmon dorilfununi ochilishi tantanasida qatnashishga muyassar bo‘ldik. Turkiston uchun tong otdi, yorug‘ quyosh balqidi... Yashasin Turkiston xalqining tayanchi va umidi bo‘lgan o‘quv yurti».
 
Musulmon Xalq dorilfununi 15 ta ilmiy-ijodiy, madaniy-ma’rifiy va demokratik musulmonlar uyushmasi hamda tashkilotlari vakillaridan iborat 45 kishilik kengash tomonidan boshqarildi. Uning ilmiy-ijodiy va pedagogik jamoasi tez orada 299 kishiga etadi. Shundan 22 tasi oliy diniy madrasalarni, 2 tasi Rossiya universitetlarini bitirgan edilar. Ularning orasida o‘nlab taniqli jadid shoir va adiblari, jadid maktabi va darsliklari asoschilari, 20 ga yaqin turli xil soha vakillari bor edi.
 
Musulmon Xalq dorilfununi ham huddi ruscha Turkiston universiteti kabi uch bosqichli bo‘lishi rejalashtirildi:
 
1. Oliy bosqich: besh yillik dorilmuallimin - o‘qituvchilar instituti.
 
2. O‘rta bosqich: kasb-hunar o‘rgaguvchi har xil maxsus kurs va to‘garaklar, masalan, erkaklar uchun rassomchilik, duradgorlik, xotin-qizlar uchun bichish-tikishii o‘rgatish hamda bolalar bog‘chasi uchun tarbiyachilar tayyorlash.
 
3. Quyi bosqich: «Ibtidoiy sho‘’ba» (bo‘lim). Buning o‘zi 15 yoshdan kichik bo‘lmaganlar qabul qilinadigan uch guruhga bo‘linadi: 1) savodi bo‘lmaganlar; 2) oldin eski maktabda o‘qib savodi chiqqan, ammo dunyoviy ilm-fanlardan xabari bo‘lmaganlar; 3) ibtidoiy (boshlang‘ich) «rushdiy» jadid maktabini bigirib yanada chuqurroq bilim olmoqchi bo‘lganlar.
 
Jadid ziyolilari uchun katta umid va ishonchga aylangan dorilmuallimin musulmon xalqlari uchun o‘qituvchi tayyorlovchi yagona markaz sifatida xizmat qilib, keyinchalik o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman va boshqalarning Toshkentda o‘z tillarida o‘qituvchilar tayyorlovchi kurslari va institutlari paydo bo‘lishida asosiy ilmiy-pedagogik negiz va tayanch vazifasini bajaradi.
 
1918 yil 31 maydan uning maxsus gazetasi «Xalq dorilfununi» chiqa boshlaydi. To‘rt oy davomida jami 15 ta soni bosildi. Bu gazeta sovet davrida o‘zbek tilida chop etilgan dastlabki gazeta bo‘ldi. Uniig asosiy shiori '''«Yashasin ilmiy inqilob, yashasin xalq maorifi'''» bo‘lgan.
 
Musulmon xalq dorilfununining jadid maktablari o‘ndan ortiq joyda tashkil topadi. Huddi shu turdagi o‘ttizdan ortiq maktab Sirdaryo, Ettisuv, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ham ochildi.
 
Sovet huqumati Musulmon Xalq dorilfununini dastlab rasman tan olishga majbur bo‘lsa-da, unga nisbatan dushmanlik siyosatida bo‘ldi. Uning haqiqiy milliy oliy o‘quv yurti darajasiga o‘sib chiqishiga imkon bermadi. 1918 yilning kuziga kelib, Musulmon Xalq dorilfununi va uning asoschilari kommunistik qatagonning dastlabki qurbonlariga aylanishdi.
Tarixiy haqiqat respublika Birinchi Prezideiti Islom Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi «Toshkent Davlat universiteti»ga «O‘zbekieton Milliy universiteti maqomini berish to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tiklandi. Unda «Vatan va millat taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan jadid ziyolilari-mizning buyuk xizmatlarini e’tirof etish»ga alohida urg‘u berilib, «upiversitetning asoschilari jadid ziyolilari, uning tashkil etilgan sanasi esa 1918 yil 12 may» deb belgilandi.
 
'''Birinchi Prezident Islom Karimovning buyuk mutafakkir va o‘z vaqtida millatimiz fidoyisi bo‘lgan Munavvarqori Abdurashidxonov haqidagi ushbu so‘zlari yoshlarimizda faxr va g‘urur hislarini uyg‘otdi: «Toshkent universiteti» 1920 yilda Roseiyadan kelgan vakillar tomonidai emas, balki 1918 yilda fidoyi ma’rifatparvar Munavvarqori Abdurashidxonov tashabbusi bilan Turkiston Xalq milliy dorilfununi eifatida faoliyat boshlagan. Bu harakatni butun jamiyatimiz, ayiiqsa, yoshlarimiz bilishi kerak, deb o‘ylayman. Bu tarixiy voqea universitet peshtoqiga alohida lavha qilib yozib qo‘yishga munosib».
'''
 
1920/21 oʻquv yili Turkiston universitetida tibbiyot, fizika-matematiak, ijtimoiy-iqtisodiy (ijtimoiy fanlar), tarix,filologiya, texnika, qishloq xoʻjaligi, harbiy fakultetlar boʻlib, ularda 2969 talaba oʻqigan. Ishchi va dehqonlarni, ayniqsa, mahalliy millat vakillarini untga kirishga tayyorlash maqsadida uning huzuridagi ishchilar fakulteti muhim rol oʻynadi. universitet yildanyilga kengayib bordi. 1924 yil ijtimoiy fanlar fakulteti asosida mahalliy xoʻjalik va huquq fakulteti tuzildi. Baʼzi ftlar birlashtirildi, ayrim ftlarda bir qancha boʻlim va kafedralar ochildi. universitet mamlakatda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston uchun kadrlar tayyorlashning asosiy markaziga aylandi. Oʻzbek ziyolilarining tarkib topishida muhim rol oʻynadi. 20-yillarning 2-yarmidan untda ilmiy tekshirish ishlariga alohida ahamiyat berildi. 1929 yil aspirantura ochildi. universitet olimlari tomonidan xalq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan kashfiyotlar qilindi. Xususan, 1928 yil universitet olimi P.B. Grabovskiy. I.F. Belyanskiy bilan birgalikda elektron nur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan boshqa joyga uzatadigan va qabul qiladigan "radiotelefot" apparatini yaratdilar. 1928 yildan universitet ftlari asosida mustaqil tarmoq institutlar, jumladan, Oʻrta Osiyo paxtachilik instituti, Oʻrta Osiyo paxtachilik va irrigatsiya politexnika instituti (hozirgi Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti), Oʻrta Osiyo tibbiyot instituti, Tojikiston qishloq xoʻjaligi instituti, Tojikiston agronomiyaped. instituti, Turkmaniston zooveterinariya instituti, Oʻrta Osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari instituti, Oʻrta Osiyo geol.qidiruv instituti, Oʻrta Osiyo industrial instituti (hozirgi Toshkent texnika universiteti), Oʻrta Osiyo ipakchilik instituti, Oʻrta Osiyo moliyaiqtisod instituti (hozirgi Toshkent iqtisodiyot universiteti) va boshqalar institut hamda ilmiy tekshirish muassasalari tarkib topdi. 1931 yil untda biol., texnika, fizikamat., ishchi ftlari ishladi. 1935 yil tarix, tuproqshunoslikgeol.geogr. ftlari tashkil topdi. 1938 yil sirtqi boʻlim ochildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45)dan oldingi davrda universitet oʻqituvchilar tarkibi uni tugatgan milliy kadrlar (T.N.QoriNiyoziy, T.Z.Zohidov, T.A.Sorimsoqov, O.S.Sodiqov va boshqalar) hisobiga kengaydi. 1941 yil noyabrda Oʻzbekiston Davlat Universiteti (hozirgi Samarqand universiteti) SAGUga qoʻshildi (1945 yil yana ajralib chiqdi). Filol. (1942), sharq (1944), geogr. (1945), geol.tuproqshunoslik (1945) ftlari tashkil etildi. 1943 yil aprelda aspirantura kengaytirilib, doktorantura ochildi. universitet olimlari 1943 yil Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasshtnt tashkil topishi va rivojlanishida asosiy rol oʻynadilar. Keyingi yillarda universitet faoliyati yanada kengaydi, oʻquv jarayonlari takomillashdi, ilmiy tadqiqotlarlar yuksaldi. 1991 yil sharq va yuridik ftlari negizida Toshkent sharqshunoslik instituti, Toshkent yuridik instituti tashkil topdi. Universitetda 14&nbsp;ft (fizika, mexanikamat., kimyo, biol.tuproqshunoslik, geogr., geol., oʻzbek filol.si, xorijiy filol., jurnalistika, tarix, falsafa, ijtimoiy-siyosiy fanlar, iqtisodiyot, huquqshunoslik), ft maqomidagi tillar markazi, tayyorlov boʻlimi, 102 kafedra, Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti, Oliy pedagogika instituti, Amaliy ekologiya va tabiatdan unumli foydalanish ilmiy tekshirish boʻlimi, botanika bogʻi, 16 ilmiy laboratoriya, milliy qadriyatlar markazi faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, oʻquv, oʻquvuslubiy, aspirantura, marketing , ichki nazorat va monitoring , rejamoliya, hisob, kadrlar boʻlimlari, magistratura markazi, bosh muhandis xizmati va boshqalar mavjud. Universitetda 3 mln. dan ortiq asarga ega 14 ta kutubxona (ulardan 13 tasi ftlar qoshida) faoliyat koʻrsatadi. Kutubxonada toshbosma va nodir qoʻlyozmalar fondi bor.
 
Universitetda ush bu davr mobaynida 34 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 108 ta mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlangan. 68 ta mutaxassislik boʻyicha aspirantura, 20 ta mutaxassislik boʻyicha doktorantura yo'nalishlari faoliyat olib borgan. 2005 yilda 164 ta aspirant, 16 ta doktorant, 127 ta tadqiqotchi ilmiy tekshirish olib bordi, 14 ta ixtisoslashgan kengash (9 ta doktorlik va 5 ta nomzodlik) 30 ta mutaxassislik boʻyicha faoliyat koʻrsatadi olib borgan. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademiklari (A.A.Abduvahobov, J.A. Azimov, T.A.Azlarov, Sh.A.Alimov, Sh.A.Ayupov, T.N.Dolimov, T.J.Joʻrayev, T.S.Yoʻldoshboyev, A.T.Mamadalimov, J.A.Musayev, M.M.Musaxonov, A.R.Muhammadjonov, T.M. Moʻminov, N.A.Parpiyev, S.Sh.Rashidova, M.Salohiddinov, Sh.I.Solihov, N.Yu.Sotimov, B.O.Toshmuhamedov, S.Sh.Shermuhamedov va boshqalar) shular jumlasidandiz. Universitetda muhim fan tarmoqlari boʻyicha ilmiy maktab va yoʻnalishlar yaratildi. Xususan, universitet olimlarining matematika va mexanika (V.I.Romanovskiy, T.A. Sarimsoqov,S.H. Sirojidsinov, Sh.Q. Farmonov, T.A.Azlarov, M.S. Salohiddinov,A.S. Sadullaev, Sh.A. Ayupov, Sh.O.Alimov, M.T.Oʻrozboyev, A.Begmatov), fizika (S.V.Starodubsev, O. Xolmuhamedov, Sh.Otajonov, S.U. Umarov, R.X.Mallin, kimyo (O.S.Sodiqov, R.Tillayev, K.S.Ahmedov, Oʻ.N.Musayev, S.Sh.Rashidova, Sh.T.Tolipov), biologiya (Ye.P.Korovin, T.Z.Zohidov, A.T.Toʻlaganov, A.Vahobov), tuproqshunoslik va agrokimyo (S.N.Rijov, X.A.Abdullayev), biokimyo va biofizika (Yo.X.Toʻraqulov), baland togʻlarni oʻzlashtirish (I.A.Raykova), genetika (JA.Musayev), geol. (A.S.Uklonskiy, O.I.Islomov, T.N.Dolimov), geografiya (L.N.Korjenevskiy, A.Soliyev, Z.M.Akramov, H. H. Hasanov), falsafa (A.T. Ayupov, K.S.Sodiqov, E.Yusupov, S. Shermuhamedov, J.M.Boboyev, I.Rahimov), tarix (V.V.Bartold, A.A.Semyonov), huquqshunoslik (H. S.Sulaymonova, O.E.Eshonov, Sh.Z.Oʻrazayev), sharqshunoslik (Sh.Shomuhamedov), filologiya (Gʻ.K.Karimov, O.Sharafiddinov, S.D. Dolimov, A.Gʻ.Gʻulomov, L.P.Qayumov, B.Qosimov, U.Normatov, A.Abduazizov, Sh.Rahmatullayev), psixologiya (E.Gʻoziyev), sotsiologiya (N.Aliqoriyev) sohasidagi tadqiqotlari mashhur.
 
O'zbekiston Milliy Universitetida "OʻzMU xabarlari" jurnal (1997dan boshlab) va "Milliy universitet" gazetasi (1918yildan boshlab) chiqadi. Universitet huzurida o'z bosmaxonasiga ega boʻlib, unda har yili professor-oʻqituvchilarning 100 dan ortiq ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari nashr etiladi.
 
== Universitet tizimi==
Bugungi kunda O'zMUda 14 fakultet mavjud bo‘lib shularadan ikkitasi horijiy davlatlar bilan qo'shma fakultetlardir, 45 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 100 dan ortiq magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch oliy o‘quv yurti hisoblanib, yo‘nalishlar uchun davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqishda hamda respublika oliy o‘quv yurtlariga tatbiq qilishda doimo tashabbus ko‘rsatib kelmoqda.
 
*Matematika fakulteti
*Fizika fakulteti
*Geologiya
*Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti
*Kimyo fakulteti
*Biologiya fakulteti
*Ijtimoiy fanlar fakulteti
*Tarix
*Iqtisod
*Horijiy tillar filologiyasi fakulteti
*Journalistika
*Taekvondo va sport
*Yuqori Texnologiyalar va muhandislik matematikasi Izroil qo'shma fakulteti(2018 yildan boshlab)
*Kozon Federal Universiteti bilan qoshma dastur(2018 yildan boshlab)
 
Mamlakatimiz ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi yangi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va fanning ustuvor sohalari belgilab olingan. Jumladan, keyingi yillarda universitetimizda “San’atshunoslik”, “Milliy istiqlol g‘oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari”, “Sotsiologiya”, “Psixologiya”, “Politologiya”, “Ekologiya va tabiatdan foydalanish”, “Nutq madaniyati va notiqlik”, “Ijtimoiy ish” kabi yangi yo‘nalishlar ochildi.
 
Istiqlol yillarida universitetimizni turli sohalar bo‘yicha 40 mingdan ortiq mutaxassislar tamomlab, mamlakatimizning ilm-fan, iqtisodiyot, madaniyat va boshqa sohalarini kadrlar bilan ta’minlash ishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Hozirgi paytda universitet qoshida 91 kafedra, Oliy pedagogika instituti, Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti, Oliy jurnalistika kursi va 3 ta akademik litsey faoliyat ko‘rsatmoqda.
 
Universitetda optimallashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. 2004 yilda 129 ta kafedra faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugungi kunda optimallashtirish natijasida 91 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.
==Universitetning ilmiy salohiyati==
Universitetda 1180 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritib, ularning 21 nafari akademik, 200 nafarga yaqini fan doktori-professorlar, 550 nafarga yaqini fan nomzodi-dotsentlar, 400 nafardan ortig‘i katta o‘qituvchi hamda o‘qituvchi-assistentlardan iborat. Bu ilmiy jamoaning butun salohiyati o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifati va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Hozirgi kunda O`zMUda bakalavr ta`lim yo`nalishlari - 45 ta, magistratura mutaxassisliklari - 68 ta, talabalar soni jami 10403 nafar, shu jumladan qizlar 58,7%, shundan bakalavriatda 9597 nafar (shundan 2159 nafari davlat granti, 7438 nafari to`lov-kontrakti asosida), magistraturada 806 nafar. Professor-o`qituvchilar soni – 878 nafar, jumladan O`zR FA akademigi -18 nafar, fan doktorlari-professorlar-186 nafar, fan nomzodlari-dotsentlar - 326 nafar, falsafa doktorlari 18 nafar, katta o`qituvchi va assistentlar - 345 nafar. Professor-o`qituvchilarning ilmiy salohiyati-58,7%, o`rtacha yoshi esa - 44 yoshni tashkil etadi.
 
==Ilmiy-tadqiqotchilar==
 
Bugungi kunda universitetda 10 ta ixtisoslashgan kengashlar, 68 ta ixtisoslik bo`yicha 125 nafar tadqiqotchi (PhD) tayanch doktorantlar, shundan (40 nafari ayollar), 17 nafari, shudan (10 nafari ayollar) doktoranturada (DSc) hamda 41 ta ixtisoslik bo`yicha 184 nafar tadqiqotchilar mustaqil izlanuvchilar sifatida dissertatsiya ishlarini olib bormoqda.
Universitetda jami 164 ta (68 nafari ayollar) shundan, 158 nafari falsafa doktori (PhD), 6 nafari fan doktorlik (DSc) dissertatsiyasi bo`yicha mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Joriy yilning noyabr oyiga qadar O`zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashlarda jami 88 ta himoya (2017 yilda himoyalar soni 32 tani tashkil etagan) bo`lib o`tdi. Shundan, jami 41 nafar falsafa doktori (PhD) bo`lib, shundan 22 nafari tayanch hamda 19 nafari mustaqil tadqiqotchilar, Doktarantura (DSc) bo`yicha jami 11 nafar, shundan 7 nafari doktarantlar va 4 nafari mustaqil tadqiqotchilar tashkil etadi.
So`nggi uch yil davomida universitetning professor-o`qituvchi va tadqiqotchilaridan 67 nafari falsafa doktori (PhD) va 44 nafari fan doktori (DSc) dissertatsiyalari himoya qilingan.
Bugungi kunda 15 ta xorijiy davlatlarning nufuzli OTMlarida O`zMU bitiruvchilaridan 37 nafari magistraturada, 16 nafari (PhD), 3 nafari (DSc) doktoranturada tahsil olishmoqda, 5 nafar professor-o`qituvchilar esa stajirovka o`tamoqda.
2018-2019 o`quv yilining noyabr oyi holatiga ko`ra 131 nafar professor-o`qituvchi, 8 nafar doktorant, 28 nafar magistrant va bakalavrlar chet el OTMlarda malaka oshirdi. Jami: 167 nafar (2017 y. 148 nafar; 12,8% o`sish).
Universitetda 2018 yilning noyabr oyi holatiga ko`ra 35 nafar professor-o`qituvchilari hamda tadqiqotchilarining ilmiy monografiyalari Ilmiy-texnikaviy kengashdan texnik ekspertizadan o`tkazilib nashr etildi.
==Ilmiy maktablar==
O`zbekiston Milliy universitetining faoliyati davomida fanning turli sohalarida o`ziga xos tadqiqot tamoyillariga, usullariga ega bo`lgan 43 ilmiy maktab yaratildi. Bu ilmiy maktablarni yaratgan olimlar va ularning izdoshlari ilmda yangi yo`nalishlarga asos soldilar, mamlakatimiz fani va ta`limi rivojiga munosib hissa qo`shdilar. Universitetda yaratilgan ilmiy maktablar haqidagi ma`lumotlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1.Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik Sirojiddinov Sa`di Hasanovich (1920-1988). Bugungi kundagi izdoshlari: akademiklar T.A.Azlarov va Sh.Q.Farmonov.
2.Funktsional analiz ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik Sarimsoqov Toshmuhammad Alievich (1915-1995). Ilmiy maktab an`analarini akademiklar Sh.A.Ayupov, J.X.Hojiev, professorlar V.I.Chilin, R.N.G`anixo`jaev, N.N. G`anixo`jaev singari olimlar - davom ettirmoqdalar.
3.Mexanika ilmiy maktabi. Asoschilari: professor M.F.Shulgin (1901-1981), akademiklar M.T.O`rozboev (1906-1971) va X.A. Raxmatulin (1909-1988). Davomchilari: professorlar A.Begmatov, N.A.Korshunova, Sh.Mamatqulov, A.A.Hamidov.
4.Differentsial tenglamalar ilmiy maktabi. Asoschilari: akademiklar M.S.Salohiddinov va T.J.Jo`raev. Bu ilmiy maktab erishgan yutuqlar professorlar M.Mirsobirov, A.Q.O`rinov, B.Islomov singari olimlar tomonidan davom ettirilmoqda
5.Differentsial operatorlarning spektral nazariyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik Sh.O.Alimov. Ilmiy maktab an`analari professorlar O.R.Xolmuhamedov, A.A.Rahimov kabi olimlar faoliyati orqali yangilanib, boyib bormoqda.
6.Funktsiyalar nazariyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik A.Sa`dullaev. Davomchilari: professorlar G`.Xudoyberganov, A.K.Vorisov, B.A.Shoimqulov, S.Kosbergenov.
7.Boshqaruv va differentsial o`yinlar nazariyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik N.Yu.Satimov. Izdoshlari: professorlar A.A`zamov, M.To`xtasinov.
8.Sinoptika ilmiy maktabi. Asoschilari: professorlar V.A.Djordjio (1907-1974) va V.A.Bugaev (1908-1974). Bu ilmiy maktab erishgan yutuqlar prof. T.Muxtorov, dots. Yu.V.Petrov, dots. X.Egamberdiev singari olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
9.Nazariy fizika ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik M.M.Musaxonov. Davomchilari: prof. A.Abdumalikov, dots.A.Rahmatov.
10.Yadro va kosmik nurlar fizikasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik S.A.Azimov (1914-1988). Izdoshlari: dots, A.Karaxodjaev, dots.S.Kalanov.
11.Optika va spektroskopiya ilmiy maktabi. Asoschisi: akademik P.Q.Habibullaev. Ilmiy maktab an`analari professorlar Sh.O.Otajonov, U.V.Valiev kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
12.Legirlangan kremniy fizikasi ilmiy maktabi. Asoschisi: professor A.T.Teshaboev. Davomchilari: professorlar S.I.Vlasov, O.O.Mamatkarimov.
13.Organik yarimo`tkazgichlar fizikasi ilmiy maktabi. Asoschisi: professor M.A.Magrupov. Izdoshlari: prof. U.Abdurahmonov, dots. M.A.Zohidova.
14.Kvant radiofizikasi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. A.T.Mirzaev (1943-2002). Bu ilmiy maktab erishgan yutuqlar prof. M.Mirinoyatov, dots. T.Ahmadjonov singari olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
15.Nochiziqli astrofizika va kosmogoniya ilmiy maktabi. Asoschisi: prof.S.N.Nuritdinov. Ilmiy maktab an`analari dots. K.Mirtojieva, dots. I.Tojiboev kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
16.Tabiiy birikmalar va bioorganik kimyo ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. O.S.Sodiqov (1913-1987). Davomchilari: akad. Sh.I.Solihov, prof. V.S.Abduqahhorov, kimyo fanlari nomzodi O.X.Xolbekov.
17.Yuqori molekulali birikmalar kimyosi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad.H.U.Usmonov (1916-1994). Izdoshlari: professorlar Q.N.Musaev, A.A.Yulchiboev.
18.Kolloid kimyosi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. K.S.Ahmedov (1914-2003). Bu ilmiy maktab erishgan yutuqlar E.O.Oripov va S.Z.Mo`minov kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishdi.
19.Aromatik birikmalarni alkillash va atsillash reaktsiyalari ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. I.P.Tsukervanik (1901-1968). Ilmiy maktab an`analari prof. Q.N.Ahmedov, A.K.Toshmuhamedova, A.M.Yuldoshev kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
20.Analitik kimyo ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. Sh.T.Tolipov (1908-1990). Davomchilari: prof. A.M.Gevorgyan, dots.N.T.Turobov, dots. Z.A.Smanova.
21.Koordinatsion birikmalar kimyosi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. N.A.Parpiev. Izdoshlari: O.F.Xodjaev, T.A.Azizov, X.T.Sharipov.
22.Makrotsikllar kimyosi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. A.K.Toshmuhamedova. Bu ilmiy maktab olimaning shogirdlari faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
23.Umurtqalilar zoologiyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. T.Z.Zohidov (1909-1981). Ilmiy maktab an`analari prof. D.Yu.Kashkarov, prof. E.K.Qodirov, dots. I.K.Solihboev kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
24.Biokimyo ilmiy maktabi. Asoschisi: akad.Yu.X.To`raqulov. Davomchilari: akad. T.S.Soatov, akad. A.A.Abdukarimov, akad. B.A.Toshmuhamedov, prof. S.I.Ismoilov, prof. M.N.Valixonov.
25.G`o`za genetikasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. J.A.Musaev. Izdoshlari: prof. A.T.G`afurov, prof. Yu.I.Ikromov, S.M.Berdiev, S.Usmonov.
26.Biofizika ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. B.O.Toshmuhamedov. Bu ilmiy maktab prof. B.A.Salohiddinov, M.V.Ionov, R.Ziyatdinova, P.G.Kasimbetov kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
27.Genetik mineralogiya va geokimyo ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. A.S.Uklonskiy (1888-1972). Ilmiy maktab an`analari prof. S.T.Badalov, prof. R.I.Koneev kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
28.O`rta Osiyo litologiya va formatsiya ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. V.I.Popov (1907-1991). Davomchilari: prof. V.I.Troitskiy, M.E.Egamberdiev.
29.O`zbekiston gidrogeologiyasi ilmiy maktabi. Asoschilari: prof. O.K.Lange (1883-1975), prof. M.M.Krilov (1904-1973). Izdoshlari: prof. N.N.Hojiboev, akad.A.Sultonxo`jaev, prof. K.A.Nabiev, prof. B.I.Pinxasov.
30.Magmatizm va geodinamika-petrologiya ilmiy maktabi. Asoschilari: akad. H.M.Abdullaev (1912-1962), akad. I.Hamroboev (1920-2002), akad. T.N.Dolimov. Bu ilmiy maktab I.N.G`aniev, X.D.Ishbaev, A.I.Usmanov, F.K.Divaev kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
31.O`zbekiston mikro va nanomineralogiyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. R.I Koneev. Ilmiy maktab an`analari O.K.Qo`shmurodov, A.X.Turesebekov kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
32.Tabiiy geografiya - landshaftshunoslik ilmiy maktabi. Asoschilari: prof. L.N.Babushkin (1902-1976), prof. N.A.Kogay. Davomchilari: prof. A.A.Rafiqov, dots.I.A.Hasanov.
33.O`zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi ilmiy maktabi. Asoschilari: prof. Z.M.Akramov (1923-2004), prof. A.S.Soliev. Izdoshlari: prof. Z.M.Akramov, A.Haydarov, H.Abdunazarov, Z. Tojieva, M.Qodirov.
34.Toshkent tog`li hududlar gidrologiyasi ilmiy maktabi. Asoschilari: prof. V.L.Shults (1908-1976), prof. O.P.Sheglova (1911-1981). Bu ilmiy maktab prof. Yu.M.Denisov, prof. M.A.Yakubov, prof. G.Glazirin, prof. E.M.Shembarisov kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
35.O`zbek adabiy tanqidchiligi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. O.O.Sharafiddinov (1925-2005). Ilmiy maktab an`analari prof. U.Normatov, prof. A.Rasulov, prof. Q.Yuldoshev, prof. B.Karimov, dots.A.Ulug`ov kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
36.O`zbek tilshunosligi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. A.G`ulomov (1914-1986). Davomchilari: prof. Sh.Rahmatullaev, prof. M.Mirtojiev, prof. R.Sayfullaeva, prof. H.Dadaboev, prof. Yu. Tojiev.
37.O`zbek mumtoz adabiyotini o`rganish ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. G`.Karimov (1909-1984). Izdoshlari: prof.B.Qosimov, prof. Sh.Yusupov, prof. A.Hojiahmedov, prof. H.Boltaboev, prof. N.Rahmonov.
38.Jadidchilik va jadid adabiyoti ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. B.Qosimov (1942-2004). Bu ilmiy maktab prof. H.Boltaboev, prof. N.Jabborov, dots. U.Dolimov kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
39.O`rta Osiyo arxeologiyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: akad. M.Masson (1887-1986). Ilmiy maktab an`analari akad. G.A.Pugachenkova, akad. Yu.F.Buryakov, prof. R.H.Sulaymonov kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
40.Millatlararo munosabatlar va bag`rikenglik tarixi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. R.H.Murtazaeva. Shogirdlari: dots. B.Eshov, dots. M.Xaydarov, dots. X.Yunusova, dots. N.Polvonov, dots. D.Inoyatova.
41.Madaniyat falsafasi ilmiy maktabi. Asoschisi: professor A.Ayupov. Davomchilari: prof. U.Qoraboev, prof. Sh.Samatov, prof. A.Yuldoshev, prof. G.Tulenova, prof. A.Ochildiev.
42.Hamkorlik va boshqarish psixologiyasi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. E.G`oziev. Bu ilmiy maktab Bu Txi Nyu (Xitoy fuqarosi), A.P.Zierik, A.O.Fayzullaev kabi olimlar faoliyati misolida yangi yutuqlarga erishmoqda.
43.O`zbek tarjimashunosligi ilmiy maktabi. Asoschisi: prof. G`.Salomov. Ilmiy maktab an`analari N.Komilov, I.G`afurov, S.X.Olimov. Z.Isomiddinov kabi olimlar tomonidan davom ettirilmoqda.
 
=="Yoshlik" talabalar shaharchasi==
Universitetda uzoqdan kelgan tralabalar uchun 13 ta Talabalar turar joylari barpo etililgan bo'lib, barcha sharoitlar bilan ta'minlangan.TTJlarga "Yoshlik" shaharchasi nomi berilgan. Talabalar yashashlari uchun qulay joyda joylashgan "Yoshlik" shaharchasida magazinlar, dorixonalar, zamonaviy spot maydonlari(futbol va basketbol,tennisoynash uchun), ovqatlanish joylari,Ximchistkalar mavjud.
TTJlar zamonaviy kir yuvish mashinalari, muzlatkichlar,mikrovolnovka,alohida dazmolxonalari,wi-fi zonalar, kutubxona va kompyuter darsxonalari bilan jihozlangan. Xonalar bir kishi, ikki kishi va uch kishiga mo'ljallangan.
TTJ atrofiga archalar ekilgan bo'lib, o'ziga hos ekologiyaga ega maskandir.
==Milliy universitet faxriylari bitiruvchilari==
 
1. Abduvahobov Abduvali Abdusamadovich (11.07.194) - ToshDUni bitirgan (1965), kimyo fanlari doktori (1979), professor (1981), O‘zR FA akademigi (1995), O‘zR FA bioorganik kimyo instituti direktori (1987-1993), O‘zR FA kimyo texnologiyasi va Er haqidagi bo‘limining raisi (1992-1994), O‘zR FA vitse-prezident (1994-1997).Ilmiy ishlari fiziologik faol moddalarning nozik organik sintezi, stereokimyo, qisqa molekulali bioregulyatorlar molekulyar ta’sir mexanizmning kimyoviy mohiyati, hasharotlarning kimyoviy ekologiyasi.
 
2. Abdukarimov Abdusattor (04.04.1942) - O‘ODUni bitirgan (1966). Biolog va genetik olim, biologiya fanlari doktori (1979), professor (1990), O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy tadqiqot instituti direktori (1992).A.Abdukarimov oqsil molekulasi va uning funktsiyasi hamda fizik-kimyoviy xossalarini o‘rgandi. Qator genlar va vektor molekulalar konstruktsiyasini yaratib, yakka hujayradan sun’iy sharoitda o‘simlik etishtirish bilan bog‘liq ilmiy ishlar dasturiga rahbar.
 
3. Abdullaev Abdumavlon Abdullaevich (13.07.1930) - O‘ODUni bitirgan (1952). Biolog-botanik olim. O‘zR FA akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor (1980). O‘zR FA O‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida direktor (1972-1982, 1985-1989), O‘zR FA Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘limi raisi (1997-1998).Ilmiy ishlari selektsiyada g‘o‘zaning yaqin qarindosh va geografik uzoq yovvoyi tur hamda formalaridan foydalanish, g‘o‘zaning filogenetik sistematikasi muammolariga bag‘ishlangan. G‘o‘za yovvoyi turlarining kornologiya evolyutsiyasi nazariyasini asoslab berdi.
 
4. Abdurazzaqov Abdujabbor (1932-1994) - O‘ODUni bitirgan (1956). Fizik olim, fizika-matemetika fanlari doktori (1972), professor (1973), O‘zR FA muxbir a’zosi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotining laureati (1978). (vafot etgan)Ilmiy ishlari asosan eksperimental yadro fizikasiga oid.
 
5. Abutaliev Faradey Basirovich (25.03.1932) - O‘ODUni bitirgan (1952). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1964), professor (1972), O‘zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari differentsial tenglamalar, hisoblash matematikasi, dasturlash, axborotlar nazariyasi, elastiklik nazariyasi, gidrodinamika muammolariga bag‘ishlangan.
 
6. Azimov Sodiq Azimovich (1914-1988) - O‘ODUni bitirgan (1940). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1955), professor (1958). O‘zR FA akademigi (1962), O‘zR fan arbobi (1964), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1974). O‘zR FA fizika-matematika institutida (1958-1962, 1966-1988), O‘zR FA Yadro fizikasi institutida direktor (1962-1966), Fizika-quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori (1986-1988) bo‘lgan. (vafot etgan)
 
S.Azimov - yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi va yuqori temperaturali gelio materialshunoslik ilmiy maktablarining asoschisi.
 
7. Azlarov Tursun Abdurahimovich (1938) - O‘ODUni bitirgan (1960). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1974). O‘zR FAakademigi (2000), Abu Rayhon Beruniy iomidagi O‘zR Davlat mukofoti laureati (1973).Ilmiy ishlari limit teoremalari, ommaviy xizmat ko‘rsatishning matematik nazariyasi va uzluksiz funktsiyalarni chiziqli musbat operatorlar yordamida yaqinlashtirish muammolariga bag‘ishlangan.
 
8. Aminova Rahima Hodisvna (1925-2001) - O‘ODUni bitirgan (1948). Tarixchi olim, tarix fanlari doktori (1963), professor (1968), O‘zR FA akademigi (2004), O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi (1985), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).Ilmiy ishlari ishchilar sinfining tarixiga, respublika agrar masalalariga bag‘ishlangan. 250 bosma toboq hajmidagi ilmiy asarlar muallifi. (vafot etgan)
 
9. Alimov Shavkat Orifjonovich (2.03.1945) - MDUni bitirg‘an (1967). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1974), O‘zR FAakademigi (2000). SamDU rektori (1985-1987), ToshDU rektori (1987-1990), Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vaziri bo‘lgan (1990-1992). XXRda O‘zbekistonning muxtor va favqulodda vakili (1995-1998).Ilmiy ishlari differentsial va integral tenglamalarni o‘rganishga bag‘ishlangan.
 
10. Arjanix Ivan Semenovich (1914-1980) - O‘ODUda o‘qigan (1931-1934). Matematik olim, matematika fanlari doktori (1954), professor (1987), O‘zR FA muxbir a’zosi (1960), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1964).Ilmiy ishlari differentsial va integral tenglamalar nazariyasiga, variatsion hisob, maydonlar nazariyasiga, analitik mexanika, kvant mexanika, elastiklik nazariyaga oid. (vafot etgan)
 
11. Asqarov Akbar Asqarovich (25.10.1902 - 1978) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1927). Terapevt, O‘zR FA muxbir a’zosi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1946), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1956). U birinchi o‘zbek shifokorlaridan.«O‘rta Osiyo kana isitmasi», «Bezgak, uning tarqalishi, klinikasi va unga qarshi kurash» nomli monografiyalar, «Lotincha-o‘zbekcha-ruscha normal anatomiya lug‘ati», ikki tomli «Ruscha - o‘zbekcha tibbiyot lug‘ati» kabi 100 dan ortiq asarlar muallifi. (vafot etgan)
 
12. Ayupov Shavkat Abdullaevich (14.09. 1952) - ToshDUni bitirgan (1974). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1983), professor (1985), O‘zR FA akademigi (1995).O‘zR FA Matematika instituti direktori (1992-1997), Oliy Attestatsiya Komissiyasi raisi (1997-2001), 2004 yildan O‘zR FA Matematika instituti direktori.Ilmiy ishlari operator algebralari, yordan algebralari, LI va Leybnits algebralarining strukturalari, nokommunikativ integrallar nazariyasi, kvant ehtimollik nazariyasiga oiddir.
 
13. Ahmedov Bo‘riboy Ahmedovich (1924-2002) - O‘rta Osiyo Davlat uiiversitetini bitirgan (1953). Sharqshunos olim, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, tarix fanlari doktori (1974), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), O‘zR FA akademigi (1995). Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi raisi (1995).Ilmiy ishlari O‘zbek xalqining etnik tarixi va shakllanishi, manbaashunoslik, O‘rta Osiyo xalqlariniig X-XIX asrlardagi ijtimoiy, siyosiy tarixi, Temur va temuriylar davri tarixi hamda madaniyati kabi masalalarga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
14. Ahmedov Karim Sodiqovich (19.02. 1914-2003) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1937). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1958), professor (1960), O‘zR FA akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1968), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). O‘zR FA kimyo institutining direktori (1965 yildan), ToshPI rektori (1972-1988).
Ilmiy ishlari kolloidlar va polimerlar kimyosiga oid bo‘lib, suvda eruvchan polimerlar sirt-aktiv moddalarning sintez qilish va ularni o‘rganish hamda amalda tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
15. Baratov Mubinjon Baratovich (9.12.1933-2003) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Faylasuf olim, falsafa fanlari doktori (1972), professor (1981),O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA falsafa va huquq instituti direktori (1970-1975). O‘zR FA Sharqshunoslik iistituti direktori (1976-1980).Ilmiy ishlari O‘rta Osiyo va xorijiy sharq xalqlari falsafasi tarixiga oid. (vafot etgan)
 
16. Bekjonov Rahim Bskjonovich (5.03.1930-23.02.2000) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Fizika-matematika fanlari doktori (1967), professor (1968), O‘zR FA akademigi (1989), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).Ilmiy ishlari yadro fizikasiga oid. (vafot etgan)
 
17. Bedrintsev Kirill Nikolaevich (1907-7.04.1995) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1929). Iqtisod fanlari doktori (1951), professor (1964), O‘zR FA muxbir a’zosi (1962), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1967). Ilmiy ishlari O‘rta Osiyoda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va rivojlantirishga oid. (vafot etgan)
 
18. Bondarenko Boris Anisimovich (1923) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kibernetik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1970), professor (1974). O‘zR FA akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1983).Ilmiy ishlari uzlukli matematik kombinotomik tahlil, murakkab matematik fizika masalalarini analitik va uzlukli usullar bilan echish, arifmetik fraktal tuzulmalarini tuzish va tekshirishga, elastiklik nazariyasining uch o‘lchovli statik masalalariga bag‘ishlangan.
 
19. Borovkov Aleksandr Konstantinovich (29.03.1904-25.11.1962) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Ittifoq Fanlar akademiyasi (1958) va O‘zR FA muxbir a’zosi (1943), professor (1953) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1945).Ilmiy ishlari: O‘zbek alifbosi, imlosini ishlab chiqishda, darslik va qo‘llanmalar tuzishda bevosita qatnashgan (1943-1969). Turkiy xalqlarning tarixi, etnografiyasi, folьklorlik ustida ilmiy ishlar olib bordi. O‘zbek tili shevasini o‘rgandi. Turkiy xalqlarning tillari tarixini va grammatikasini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. (vafot etgan)
 
20. Buzin Evgeniy Ivanovich (1916 - 1969) -O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1939). Texiika fanlari doktori (1957), O‘zR FA muxbir a’zosi (1962).Ilmiy ishlari deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar, suyuqlik va gaz mexanikasi nazariyasiga doir. (vafot etgan)
 
21. Bo‘riev Tojiboy (1938) - ToshDUni bitirgan (1961). Mexanik va matematik olim. Texnika fanlari doktori (1974), professor (1976), O‘zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari qattiq jism mexanikasiga doir hodisalarni algoritmlashga, statik va dinamik yuk ta’siridagi bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli konstruktsiyalarning aniq hisoblariga, elastiklik nazariyasining dinamik va statik masalalariga oid.
 
22. Buryakov Yuriy Fedorovich (15.03.1934) - O‘rta Osiyo Davlat universigetini bitirgan (1956). Arxeolog, tarixchi olim, tarix fanlari doktori (1984), O‘zR FA akademigi (1996). Shosh-Iloq arxeologiya ekspeditsiyasi rahbari (1978-2003).
 
23. Vlasova Nina Aleksandrovna (05.05.1930) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1951). Tsitoembriolog, biologiya fanlari doktori (1975), O‘zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari selektsiya maqsadlarida turli genomli g‘o‘za navlarini embriologik, tsitologik va anatomik tadqiq etishga, chigitda tola va tuklarning hosil bo‘lishi va rivojlanishini o‘rganishga bag‘ishlangan.
 
24. Valiev Abdulhay Qosimovich (1929-2003) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1952). Falsafa fanlari doktori (1967), professor (1969), O‘zR FA akademigi (2000). Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati.Ilmiy ishlari Turkiston ziyolilarining o‘tmishi, ularning jahon ilmi, madaniyati va ma’naviyatiga qo‘shgan buyuk hissalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
25. Glushenkova Anna Ivanovna (1.08.1926) -O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1938). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1972), professor (1982), O‘zR FAakdemigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1996). O‘zR FA o‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori (1984-1989).Ilmiy ishlari tabiiy birikmalar kimyosiga, xususan, chigit va undan olinadigan mahsulotlarni kompleks qayta ishlash masalalariga oid.
 
26. Granitov Ippolit Ivanovich (12.02.1900 - 31.10.1981.) O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Geobotanik, professor (1960), biologiya fanlari doktori (1961), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgai fan arbobi (1965), O‘zR FA muxbir a’zosi (1968).Ilmiy ishlari O‘rta Osiyo o‘tlokdaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish, o‘tloklar hosildorligini oshirish, ayniqsa, O‘zbekiston gul o‘simliklari va turlarining genezesi masalalariga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
27. Gubin Viktor Ivanovich (24.11.1917-22.04.1975) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1941). Geofizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1958), professor (1960), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1967), O‘zR FA muxbir a’zosi (1962).Ilmiy ishlarida frontogenez uchun qulay sharoit vujudga keltiradigan usullarni topgan, temperatura va bosimning ob’ektiv o‘zgarishlarini oldindan hisoblash va bosim bo‘yicha shamol tezligini anikdash usulini ta’riflab bergan, qisqa muddatga ob-havoni oldindan aytib berishning miqdoriy usullarini mukammallashtirgan. (vafot etgan)
 
28. Dadabaev Akrom Dadabaevich (1908-12.08.1988) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Selektsioner olim, biologiya fanlari doktori (1954). O‘zR FA muxbir a’zosi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968). O‘zbekiston Qishloq xo‘jalik akademiyasi vitse-prezidenti (1957-1961).Ilmiy ishlari: qurg‘okchilik va kasalliklarga chidamli, erta pishar va bargi tez to‘kiladigan, 42 foizigacha tola beradigan g‘o‘za navlarini yaratgan. (vafot etgan)
 
29. Dolimov To‘rabek No‘’monovich (18.08.1936) - ToshDUni bitirgan (1960). Geolog olim, geologiya-minerologiya fanlari doktori (1981), professor (1985), O‘zR FA akademigi (1995) O‘zMU rektori bulgan.Ilmiy ishlari burmalangan o‘lkalardagi vulqon jinslarining petrologiyasi va Tyanь Shanning geodinamikasiga bag‘ishlangan.
 
30. Jalilov Ostan (17.09.1937) - ToshDUni bitirgan (1961). Selektsioner-genetik olim, O‘zR FAakademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989), qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (1981), professor (1991). O‘zR FA «Biolog» IIB bosh direktori (1991-1997) bo‘lgan.Ilmiy ishlari radiatsion nurlanishning g‘o‘za genetik apparatiga ta’sirini va shu yo‘l bilan olinadigan foydali yo‘nalishdagi mutatsiyalarning nasldan-naslga o‘tishini o‘rganishga bag‘ishlangan.
 
31. Jo‘raev To‘xtamurod Jo‘raevich (25.10. 1934) - O‘ODUni bitirgan (1958). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1974), O‘zR FAakademigi (1989), ToshDU rektori (1992-1996), O‘zR FA Prezidenti (1995-2000). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1991), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1974).Ilmiy ishlari - xususiy hosilali differentsial tenglamalar va chegaraviy qatlam nazariyasiga tegishli.
 
32. Zohidov Tesha Zohidovich (10.05.1906-1981) - O‘ODUni bitirgan (1931). Zoolog olim, biologiya fanlari doktori (1948), professor (1949), O‘zR FA akademigi (1952-1956), O‘zR FA prezidenti (1952), O‘ODU rektori (1950-1952), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1947), Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1971).Ilmiy ishlari umurtqali hayvonlarni o‘rganishga, zoologiya fanini targ‘ibot qilishga bag‘ishlangan. U «Qizilqum sahrosining biotsenozi», ikki jildlik «O‘rta Osiyo tabiati va hayvonlar olami» nomli asarlari bilan biologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. (vafot etgan)
 
33. Ibrohimov Ne’mat (1945) - ToshDUni bitirgan (1970). Sharqshunos olim, manbashunos, jamoat arbobi, O‘zR FA akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990), filologiya fanlari doktori (1984), professor (1985). Sharqshunoslik instituti rektori (1991-2005). O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy ma’rifiy aloqalar jamiyati kengashi raisi (2001-2008). Xalqaro Islom Akademiyasining rektori (2018 yildan).Ilmiy ishlari arab manbalari bo‘yicha O‘rta Osiyo tarixini o‘rganib, arab xalq romanlari janr va uslubiy qurilishiga oiddir.
 
34. Ismoilov Nosir Ismoilovich (27.05.1901-1971) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1929). Terapevt, tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), O‘zR FAmuxbir a’zosi (1952), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1951). Ilmiy ishlari me’da-ichak, yurak-tomir va qon kasalliklariga oid. (vafot etgan)
 
35. Yo‘ldoshev Behzod Sodiqovich (9.05.1945) - ToshDUni bitirgan. (1968). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1981), professor (1987), O‘zR FAakademigi (2000). O‘zR FA Prezidenti (2000-2005). O‘zR FA Yadro fizikasi institutining direktori (2005 yil dekabridan).
 
Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasi institutda jahon standartlariga mos keluvchi radio izotoplarini keng ko‘lamda ishlab chikarish va chetga sotish, mahalliy tog‘-kon sanoati chiqindilaridan asl va nodir metallarni qo‘shimcha ravishda ajratib olish texnologiyasiga bag‘ishlangan.
 
36. Yo‘ldashev Toymas Sattievich (30.07.1931) - MDUni bitirgan (1954). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1983). O‘zR FAakademigi (1994), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1991). O‘zR FA astronomiya instituti direktori (1983-1995).
 
37. Yo‘ldoshev Sadriddin Xodjaevich (22.02. 1917-24.04.1996) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1939). Biolog olim, biologiya fanlari doktori (1966), professor (1979), O‘zR FA muxbir a’zosi (1968). 1972 yildan Butun ittifoq Paxtachilik ilmiy tekshirish instituti (SoyuzNIXI) direktori bo‘lgan.Ilmiy ishlari - g‘o‘za biologiyasi, ayniqsa, uning yotib qolish sabablari, vilt kasalligaga qarshi kurash masalasiga oid. (vafot etgan)
 
38. Komilov Mirzoyan Mirzaahmedovich (17.10.1936) - N.E.Bauman nomidagi Moskva Oliy texnika bilim yurtini bitirgan (1960). Informatika va kibernetika sohasi olimi, O‘zR FA akademigi (1994), texnika fanlari nomzodi (1974), professor (1977). "Kibernetika" IIChB qoshidagi Tizimli tadqiqotlar ilmiy tekshirish instituti direktori (1992-1994), O‘zR FA vitse-prezidenti (1994-2000).Ilmiy ishlari asosan informatika, kibernetika, inson-mashina xamda sun’iy intellekt tizimlarini qurish, echim qabul qilish, tasvirlarni aniqlash nazariyasi va amaliyotiga oid.
 
39. Kanash Sergey Stepanovich (23.09.1896 - 1975) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1925). Selektsioner olim. O‘zR FA haqiqiy a’zosi (1952). Butunittifoq g‘o‘za selektsiyasi va urug‘chiligi ilmiy tekshirish instituti direktori (1960-1964).Ilmiy ishlari g‘o‘za biologiyasi selektsiyasi va urug‘chiligi, har xil xromosomali g‘o‘za turlarini o‘rganish usullari masalalariga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
40. Karimov Ubaydulla Israilovich (1.04.1920-11.10.1997) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1949). Sharqshunos olim, filologiya fanlari doktori (1972), O‘zR FA akademigi (1995). Abu Rayhon Beruniy asarlariga oid tsikl ilmiy tadqiqotlar va uning tarjimasining ilmiy sharhi uchun Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi (1971).Ilmiy ishlari sharq kimyosi, dorishunosligi, tabobat tarixi kabi sohalarni o‘rganishga oid. (vafot etgan)
 
41. Lapkin Kuzьma Ivanovich (31.10.1904-19.07.1989) - O‘rta Osiyo Davlat universitetining iqtisod fakulьtetini bitirgan (1930). Iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori (1966), professor (1968), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1964), O‘zR FA akademigi (1979). O‘zR FA vitse-prezidenti (1981-1987). (vafot etgan)Ilmiy ishlari qishloq xo‘jaligini rejalashtirish va boshqarish, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirishning nazariy asoslari, qishloq xo‘jaligini rivojigantirishning istiqbollarini prognozlash masalalariga oid.
 
42. Malьtsev Abram Maiseevich (20.04.1897-25.07.1963) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1928). Selektsioner, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan agronom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zR FA muxbir a’zosi (1943). Butun ittifoq paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida direktor (1942—1955).Ilmiy ishlari g‘o‘za selektsiyasi va urug‘chiligi genetikasi, bioximiya va geografiyasiga oid. (vafot etgan)
 
43. Mamadolimov Abdug‘afur Teshaboevich (1947) - ToshDUni bitirgan (1969). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1985), professor (1989), O‘zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari chuqur sathli yarim o‘tkazgichlar va elektr o‘tkazuvchan polimerlar fizikasiga oid.
 
44. Muborakov Ermuhammad Nurupovich (22.04.1944-18.11.1999) - ToshDUni bitirgan (1970). Mexanik olim, texnika fanlari doktori (1989), professor (1991), O‘zR FA akademigi (1994).Ilmiy ishlari er osti fazoviy inshootlarning seysmik kuchlar ta’sirida deformatsiyalanish, zo‘riqish holatlarini tadqiq qilishning nazariy asoslarini yaratishga oid. (vafot etgan)
 
45. Musaev Jo‘ra Azimboevich (5.12.1928) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1948). Genetik olim, biologiya fanlari doktori (1973), professor (1975), O‘zR FA akademigi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980). O‘zR FA o‘simliklar eksperimental biologiya instituti direktori (1982-1984). G‘o‘zaning irsiy toza genetik kollektsiyasini yaratgan. Birinchi bo‘lib allotetraploid g‘o‘zalar belgi va xususiyaglarini o‘rganib, genlarning kombinativ ta’sirida irsiylanishi to‘g‘risidagi genetik nazariyaga asos solgan, g‘o‘zaning "Gulbahor", "Navbahor", "Armug‘on" navlarini yaratishda qatnashgan.
 
46. Muqimov Komil Muqimovich (14.02.1940) - O‘rta Osiyo Davlat universitetida o‘qigan (1957 - 1961). Fizik olim, fizika - matematika fanlari doktori (1988), professor (1989), O‘zR FA akademigi (2000). Buxoro universiteti rektori bo‘lgan (1992—2005).
 
Ilmiy ishlari magnitooptika, yadro, ferrimagnitik dielektriklarda magnitooptik hodisalarga oid. K.Muqimov izlanishlari tufayli magnit hodisalari fizikasi sohasida yangi "kuchli magnit maydonida nodir elementlar magnito optikasi" ilmiy yo‘nalishi shakllandi.
 
47. Musaxonov Mirzayusup Mirzamahmudovich (1.09.1943) - MDUni bitirgan (1967). Fizik olim, O‘zR FA akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1982).Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga, asosan kvant yadrodinamikasiga oid.
 
48. Muhammadjonov Abdulahad Rahimjonovich (26.12. 1928) -O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1951). Sharqshunos va arxeolog olim, tarix fanlari doktori, O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA tarix va arxeologiya instituti direktori (1980-1983), O‘zR FA vitse-prezidenti (1996-1998), O‘zbekiston tarixi instituti direktori (1996-1998) bo‘lgan. "O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar" jurnalining bosh muharriri (1997 -yildan).Ilmiy ishlari O‘rta Osiyo sug‘orma dehqonchilik, irrigatsiya, gidrotexnika hamda dehqonchilik sohalarining vujudga kelishi va taraqqiyoti tarixiga oid.
 
49. Mo‘minov Ramzilla Abdullaevich (24.10.1941) - ToshDU ni bitirgan (1963). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1990), O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA fizika-texnika institutida maxsus konstruktorlik buyrosi direktori (1984-1988), O‘zR FA fan va texnika davlat qo‘mitasining Davlat ilmiy-texnika axborot bo‘limi direktori (1996—2002) bo‘lgan.Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi va shular asosida asbob uskunalar yaratishga oid.
 
50. Mo‘minov Tolib Musaevich (1.11.1943) - SamDUni bitirgan (1965). Fizik olim, O‘zR FA akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1981). Abu Rayhoi Beruniy nomidagi O‘zbekistoi Davlat mukofoti laureati (1977), Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori (1981-1987), SamDU rektori (1992-1995), ToshDU qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori (1995 yildai).
Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasiga oid.
 
51. Nazarov Baxtiyor Aminovich (17.09.1945) -ToshDUni bitirgan (1966). Adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (1984), professor (1994). O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA Til va adabiyot iistituti direktori (1986-1990), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi (1990-1992), ayni vaqtda "O‘zbek tili va adabiyoti" jurnalining bosh muharriri (1986-1994) bo‘lgan. Ilmiy ishlari o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalar masalalariga bag‘ishlangan.
 
52. Oybek Muso Toshmuhammedov (10.01.1905-1.07.1968) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Yozuvchi, shoir, olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1965), O‘zR FA akademigi (1943). «Sharq yulduzi» jurnalining muharriri (1945 - 1957), O‘zbekiston yozuvchilar soyuzi pravleniyasi raisi (1945 - 1950), "O‘zbek tili va adabiyoti" jurnalining bosh muharriri (1958 - 1968).Oybekning badiiy asarlari chet tillariga tarjima qilindi. "Navoiy" romani Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ilmiy asarlari o‘zbek mumtoz adabiyotini chuqur o‘rganishda, adabiy merosga to‘g‘ri yondashishda katta ahamiyat kasb etdi. (vafot etgan)
 
53. Olimjonov Rahim Olimjonovich (10.07.1913 - 17.02.1985) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Eitomolog, biologiya fanlari doktori (1949), professor (1950), O‘zR FA muxbir a’zosi (1952), O‘zR FA Zoologiya va parazitologiya instituti direktori (1958-1961).Ilmiy ishlari g‘o‘za, beda va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralariga oid. (vafot etgan)
 
54. Oripov Tohir Fotihovich (7.09.1945) - ToshDUni bitirgan (1970). Biofizika, ekologiya sohasi olim. Biologiya fanlari doktori (1988), professor (1998), O‘zR FA akademigi (1994 - 95). O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (1997), O‘zR FA vitse-prezidenti (1997 yildan) bo‘lgan.Ilmiy ishlari oqsil moddalarning bioembranalar bilan ta’sirlanish biospektroskopiyasiga oid.
 
55. Parpiev Nusrat Agzamovich (14.09.1931) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1976), professor (1981), O‘zR FA akademigi (1995). Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti rektori (1977-1989), Toshkent kimyo texnologiya instituti rektori (1994—2001).Ilmiy ishlari kordinatsion birikmalar kimyosiga oid.
 
56. Popov Vladimir Ivanovich (23.02.1907 - 25.11.1991) - O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1927). Geolog olim, geologiya-minerologiya fanlari doktori (1939), professor (1940), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1957). O‘zR FA akademigi (1968).Ilmiy ishlari asosan cho‘kindi jinslarning fatsial komplekslarini aniqlash va fatsial-poleogeografik kartaga tushirish metodikasi va geologik formatsiyalar tasnifiga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
57. Rashidova Sayyora Sharafovna (2.08.1943) - MDUni bitirgan (1965). Kimyogar olima, kimyo fanlari doktori (1983), professor (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1993), O‘zR FA akademigi (2000). O‘zR FA polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori (1981 yildan), O‘zbekiston Oliy majlisi deputati, Oliy majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (1995 yildan). O‘zMU kafedra mudiri (2006 yildan).Ilmiy ishlari yuqori molekulyar birikmalar kimyosi - polimerlar zanjirida kechadigan kimyoviy reaktsiyalarga oid.
 
58. Rashidov Tursunboy (1934) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Mexanika sohasi olimi, O‘zR FA akademigi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1977), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). O‘zR FA mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori (1966-1974), Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat iistituti rektori (1974 - 1979), O‘zRFA vitse-prezidenti (1985-1992), O‘zR FA Prezidiumi mexanika boshqaruv jarayonlari va informatika bo‘limi raisi (1992 - 1994).Ilmiy ishlari konstruktsiyalar va inshootlarning seysmodinamikasiga oid.
 
59. Rasulov O‘tkir Hasanovich (11.07.1939) - O‘rga Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1961). Fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1979), professor (1992), O‘zRFA akademigi (1995). O‘zR FA Elektronika instituti direktori (1985 yildan).Ilmiy ishlari fizika elektronika va qattiq jism sirti, fizik kimyosi masalalariga oid.
 
60. Risqiev To‘xtapo‘lat Tursunovich (3.11.1944) - ToshDUni bitirgan (1970). Fizik olim, texnika fanlari doktori (1993), O‘zR FA akademigi (1995). O‘zbekiston Resnublikasi Prezidentining fan, taьlim va ijtimoiy muammolar masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi (1993-1994, 1997-2003), O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo‘shma qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi (2003 yildan).Ilmiy ishlari yuqori kontentratlashtirilgan quyosh energiyasidan foydalangan holda xususiyatlari oldindan belgilangan yangi materiallarni yaratish biologiyasiga oid.
 
61. Rtveladae Edvard Vasilьsvich (14.05.1942) - ToshDUii bitirgan (1967). Arxeolog, tarixchi olim. Tarix fanlari doktori (1989), professor (1992), O‘zR FAakademigi (1995), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti laureati (1985).Ilmiy ishlari O‘rta Osiyoiing qadimgi va o‘rta asrlar tarixi, arxeologiyasi, numizmatikasi, etnografiyasi, san’ati, madaniyatini o‘rganishga bag‘ishlangan.
 
62. Rustamov Husni Rustamovich (21.03.1910) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1932). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1967), O‘zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari kislota asos katolitik jarayonlar reaktsiyalariniig genetikasi va mexanizmi hamda adsorbtsiya jarayoni kuchini o‘rganishga bagishlangan.
 
63. Rustamov Alibek (15.05.1931) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955). Manbaashunos, tilshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1968), O‘zRFA akademigi (1995).Ilmiy ishlari turkshunoslik hamda umumiy tilshunoslikning amaliy va nazariy masalalariga oid.
 
64. Salihov Shavkat Ismailovich (12.12.1944) - ToshDUni bitirgan (1967). Kimyogar olim, biologiya fanlari doktori (1984), professor (1984), O‘zR FA akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1998). 2005 yil mart oyidan O‘zR FA prezidenti.Ilmiy ishlari oqsillar va peptsidlar tuzilishi hamda xossalarini o‘rganish masalalariga oid.
 
65. Salohitdinov Mahmud Salohitdinovich (1933-2018) - O‘ODUni bitirgan (1955). Matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1967), professor (1969). O‘zR FA akademigi (1974), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1984). O‘zR FA vitse prezidenti (1984-1985), O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri (1985-1989), O‘zR FA prezidenti (1988-1994) bo‘lgan.Ilmiy ishlari - chiziqli bo‘lmagan xususiy hosilali differentsial tenglamalar tizimi uchun Koshi masalasini hal qilishga bag‘ishlangan.
 
66. Sarimsoqov Toshmuhammad Alievich (10.09.1915-1995) - O‘ODUni bitirgan (1936). Matematik olim, davlat va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1942), professor (1942). O‘zR FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1960), Davlat mukofoti laureati (1967), Mehnat qahramoni (1990). O‘ODU (1943-44, 1952-1958), ToshDU rektori (1971-1983) bulgan.O‘zR FA prezidenti (1947-1952). O‘zbekiston Ministrlar soveti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Davlat Komitetining raisi (1959-1960), O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vaziri (1960-1971).
T.ASarimsoqov O‘zbekistonda oliy ta’limning, matematika fanining rivojlanganiga katta hissa qo‘shgan, ko‘plab fan nomzodlari va fan doktorlarini tayyorlab etishtirgan. U 1971 yildan Osiyo va Afrika hamkorlik jamiyati O‘zbekiston komitetining raisi edi. (vafot etgan)
 
67. Satimov Nu’mon Yunusovich (15.12.1939-2006) - MDUni bitirgan (1962). Matematika olim, fizika-matematika fanlari doktori (1977), professor (1978). O‘zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari differentsial tenglamalar, optimal boshqaruv va ziddiyatli jarayonlar nazariyasiga oid. (vafot etgan)
 
68. Sattorov Jo‘raqul Sattorovich (1938) - ToshDUni bitirgan (1962). A1 kimyogar, tuproqshunos olim. Qishloq xo‘jalik fanlari doktori (1980), professor (1982), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi (1990), O‘zR FA akademigi (1994). O‘zR FA tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tekshirish instituti direktori (1987-1995), SamDU rektori (1995-1999).Ilmiy ishlari tuproq melioratsiyasi, tuproqshunoslik, agrokimyo va ekologiya, cho‘llashish jarayonining tuproq qatlamiga ta’siri, suv omborlariniig cho‘kindi loyhalaridan o‘g‘it sifatida foydalanish masalalariga bag‘ishlangan.
 
69. Sa’dullaev Azimbay (9.01.1947) - MDUni bitirgan (1969). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1982), professor (1985), O‘zR FAakademigi (1995). Urganch Davlat universiteti rektori (1992—2007), Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi (1997- 2002).Ilmiy ishlari ko‘p argumentli funktsiyalar nazariyasiga, Kompleks potentsiallar nazariyasiga oid.
 
70. Sirojiddinov Sa’di Hasanovich (10.05.1920-04.1988) - O‘ODUni bitirgan (1942). Matematik olim va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1953), professor (1956), O‘zR FA akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1970), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). ToshDU rektori (1966-1970), O‘zR FA vitse-prezidenti (1970-1983), ToshDU rektori (1983-1987) bo‘lgan.Ilmiy ishlari ko‘p o‘zgaruvchanli klassik ro‘ihadlarning muhim xossalariga bag‘ishlangan, Markov zanjiri uchun limit teoremalarii umumlashtirish va assimnotik yoyilmalar sohasidagi tadqiqotlardir. (vafot etgan)
 
71. Sodiqov Obid Sodiqovich (5.11.1913-1987) - O‘ODUni bitirgan (1937). Kimyogar olim, davlat va jamoat arbobi, kimyo fanlari doktori (1946), professor (1947). O‘zR FA akademigi (1947), Itgifoq Fanlar Akademiyasining akademigi (1972), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1960), Mehnat qahramoni (1973). ToshDU rektori (1958-1966). O‘zR FA Prezidenti (1966-1984).O.S.Sodiqov rahbarligida va qo‘l ostida 30ga yaqin nomzodlik, bir necha doktorlik dissertatsiyalari tayyorlangan va himoya qilingan. (vafot etgan)
 
72. Starodubtsev Sergey Vasilьevich (24.10.1914-19.03.1967) - O‘ODUda o‘qigan (1931), MDUni bitirgan (1935), fizik olim, texnika fanlari doktori (1946), professor (1947), O‘zR FA akademigi (1956), vitse-prezidenti (1956-1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1964). O‘zR FA yadro fizikasi instituti direktori (1966—1967).Ilmiy ishlari fizik elektronika atom yadrosi fizikasi, yadro va radiatsiya fizikasi, radioaktiv izotoplar va nurlardan texnikada foydalanish, sof materiallar texnologiyasiga oid. (vafot etgan)
 
73. Sultanov Abdulla Sultanovich (13.03.1913—26.10.1983) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1964), professor (1966), O‘zR FA muxbir a’zosi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1973).Ilmiy ishlari neftni qayta ishlash va neftь kimyosi sanoati organik katalizi muammolariga oid. (vafot etgan)
 
74. Sultanov Muhammad Alievich (02.02.1915-12.07.1980) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1937). Gelьmintolog, biologiya fanlari doktori (1963), O‘zR FA muxbir a’zosi (1968).Ilmiy ishlari O‘zbekistonning uy va ov xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan parrandalar gelьmintlari, ot oshqozon bo‘qasi hamda boshqa yovvoyi hayvonlar paraziti faupasini o‘rganish, ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishga bagishlangan. (vafot etgan)
 
75. Sultonov Izzat Otaxonovich (1910) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Adabiyotshunos, dramaturg. Filologiya fanlari doktori (1955), O‘zR FA akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970).O‘zR FA Til va adabiyot instituti direktori (1948-1953).Ilmiy ishlari o‘zbek adabiyoti tarixini va Navoiy hayotini o‘rganishga bag‘ishlangan.
 
76. Toshmuhamedov Bekjon Oybekovich (27.01.1935) - MDUni bitirgan (1958). Biolog-biofizik olim. Biologiya fanlari doktori (1971), professor (1973), O‘zR FA akademigi (1987), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1985). O‘zR FA fiziologiya instituti direktori (1985-1992).Ilmiy ishlari biologik membranalarning hosil bo‘lishi va ularning boshqaruvchanlik roli, toksinlar, garmonlar, iestinidlar, feromanlar va boshqa biologik aktiv moddalarning membranaga ta’sir qilish mexanizmini o‘rganishga oid.
 
77. Tashpo‘latov Yunus Tashpo‘latovich (15.08.1932) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1953). Kimyogar olim, professor (1980), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981), kimyo fanlari doktori (1978), O‘zR FA akademigi (2000). Kimyo sanoati vazirligi qoshidagi Paxta tsellyulozasi texnologiyasi ilmiy tekshirish instituti direktori bo‘lgan (1974-1983).Ilmiy ishlari paxta tsellyulozasi va uning modifikatsiyalangan xillarini rentgenozatik va IK spektrlar yordamida tekshirish, ular tuzilishini tadqiq qilishga mahalliy xom ashyolardan pishiq materiallar olishga oid.
 
78. Tursunmuhamedov Sattor Fazilhaqovich (11.01.1929) -O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1952). Faylasuf olim. Falsafa fanlari doktori (1970), professor (1972), O‘zR FA akademigi (2000). Toshkent Davlat pedagogika instituti rektori (1980-1983).Ilmiy ishlari sanoat va qishloq xo‘jalik mehnati, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, mulkdorlar sinfining farqlanishi, ijtimoiy falsafa, siyosatshunoslik sohalariga bag‘ishlangan.
 
79. Tolipov Shukur Tolipovich (5.01.1908-1980) - O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1935). Kimyogar olim, kimyo fanlari doktori (1948), profsssor (1949), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1950), Qozog‘iston FA akademigi (1967 y.).Ilmiy ishlari nodir va tarqoq elementlarni turli tog‘ jinslari va ishlab chiqarish mahsulotlarida aniqlashning yangi metodlariga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
80. Troitskiy Vitaliy Ivanovich (13.07.1932) - O‘rta Osiyo Politexnika Institutini bitirgan (1956). Geolog injener. Geologiya fanlari doktori (1967) professor (1968). O‘zbekiston Respublikasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati (1985), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1995), Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi (2008).
 
81. Umarov G‘iyos Yoqubovich (25.12.1921 - 21.12.1988) -O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1943). Fizik olim. Texnika fanlari doktori (1967), professor (1968), O‘zR FA muxbir a’zosi (1968). Ilmiy ishlari yadro fizikasi, geliofizika masalalariga oid. (vafot etgan)
 
82. Usmanov Hamdam Usmanovich (16.10.1916 -5.07. 1994) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1937). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955), O‘zR FA akademigi (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1966). O‘zR FA kimyo instituti direktori (1952—1956), O‘zR FA o‘simliklar kimyosi instituti direktori (1956-1959), O‘zR FA Polimerlar kimyosi instituti direktori (1959-1962).Ilmiy ishlari tsellyuloza kimyosi va fizikasi, paxta tolasi, paxta qoldiqlari, ftor polimerlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
83. Usmanov Fayzulla Asadullaevich (30.04.1935) -O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1969). Geolog olim. Geologiya va minerologiya fanlari doktori (1979), O‘zR FA akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1998). O‘zR FA geologiya va geofizikasi instituti direktori (1992-2000) bo‘lgan.Ilmiy ishlari geologik tadqiqotlarni matematik almashtirish va kompьyuterlashtirishga bag‘ishlangan.
 
84. Umidova Zulfiya Ibrohimovna (1.07.1897-17.04.1980) - Turkiston Davlat Universitetini bitirgan (1922). Terapevt, tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), Ittifoq Tibbiyot Fanlari Akademiyasining muxbir a’zosi (1948), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach (1944), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1949).Ilmiy ishlari o‘pka patologiyasiga va issiq iqlim sharoitida yurak-tomir sistemasi kasalliklarini davolashga, shuningdek, sog‘lom odamning yurak-tomir sistemasi va miokard-infarktiniig klinik xususiyati hamda tonus tomirlar kamchiligining boshqa shakllarini yoritishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
85. Fayzullaev Jorulla Fayzullaevich (11.02.1924-24.10.1992) - O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1948). Gidromexanik olim, texnika fanlari doktori (1971), professor (1971). O‘zR FA muxbir a’zosi (1974), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1992).Ilmiy ishlari suyuqlik va ko‘p fazali muhitlar mexanikasi, gidrodinamika, qon gidrodinamikasi, sug‘orish gidrodinamikasiga oid. (vafot etgan)
86. Farmonov Shokir Qosimovich (20.02.1941) - O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1963). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1977). O‘zR FA akademigi (2000).
Ilmiy ishlari Markov zanjiri bo‘yicha boshlang‘ich tasodifiy miqdorlar va vektorlar uchun ilmiy teoremalar yaratishga oid. (vafot etgan)
 
87. Filatov Alsksandr Nikolaevich (1.10.1930) - O‘rta Osiyo Davlat Universitetini bitirgan (1953). Matematik va mexanik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1969), professor (1970), O‘zR FA akademigi (2000).Ilmiy ishlari asosan differentsial va integro-differentsial tenglamalar nazariyasiga asiptotik usullarni qo‘llashga oid.
 
88. Xayrullaev Muzaffar Muxitdinovich (17.11.1931-26.03. 2004) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1951). Filosof olim. Falsafa fanlari doktori (1966), professor (1967), O‘zR FA akademigi (1989).
 
O‘zR FA filosofiya va huquq instituti direktori (1961-1970, 1975-1980) bo‘lgan. So‘ng O‘zR FA Sharq qo‘lyozmalar instituti direktori (1980-1987, 1993-2004) bo‘lgan.Ilmiy ishlari O‘rta Osiyo xalqlari falsafiy tafakkuri tarixi, madaniyat va ma’naviyat masalalariga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
89. Shermuhammedov Said (12.05. 1930) - SamDUni bitirgan (1953). Faylasuf olim. Falsafa fanlari doktori (1973), professor (1978). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980). Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1992), O‘zR FA akademigi (2000).
 
O‘zbekiston KP Markaziy komitetida Fan va madaniyat bo‘limi mudiri o‘rinbosari (1964-1965), madaniyat bo‘limi mudiri (1965-1970). O‘zbekiston maorif vaziri (1970-1984), O‘zbekiston Pedagogika ilmiy tekshirish instituti direktori (1984-1985), O‘zbekiston Falsafa jamiyati prezidenti (1990 yildan).Ilmiy ishlari madaniyat nazariyasi va boshqa muammolarga bag‘ishlangan.
 
90. Tsuksrvanik Isak Platonovich (23.05.1901-21.04.1968) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1927). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1940), professor (1940), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1942), O‘zR FA akademigi (1966).Mendeleev nomli Bugunittifoq kimyogarlar jamiyati Respublika boshqaruvining raisi bo‘lgan (1942-1957).Ilmiy ishlari aromatik birikmalarni aniqlash va atsillashga oid. Aromatik uglevodorodlarni spirtlar bilan alyuminiy xlorid ishtirokida aniqlash usullarini ishlab chiqqan. (vafot etgan)
 
91. Yudaxin Konstantin Kuzmich (31.05.1890 - 22.02. 1975) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1925). Tilshunos, sharqshunos olim. Professor (1940), O‘zR FA muxbir a’zosi (1952), Qirg‘iziston FA akademigi (1955). «Qirg‘izcha-ruscha lug‘at» uchun 1967 yilda Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ilmiy ishlari lug‘atchilikka, turkiy tillar dialektologiyasiga oid. (vafot etgan)
 
92. Yunusov Sobir Yunusovich (18.03.1909 - 29.11.1995) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1935). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1949), professor (1952), O‘zR FA akademigi (1952), Ittifoq FA muxbir a’zosi (1958), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1959), Leopolьdin nomli nemis tabiatshunoslari akademiyasining akademigi (1962), Mehnat Qahramoni (1969).
O‘zR FA vitse-prezidenti (1952-1962), O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori (1958-1983) bo‘lgan.Ilmiy ishlari yangi alkoloidli o‘simliklarni izlash, yangi topilgan alkoloidlarning tuzilishini aniqlash va ularni amaliyotga joriy qilishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
93. Yunusov Muhammadjon Sobirovich (5.01.1932 - 15.10. 2002) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955).Fizik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1981), professor (1983), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1993), O‘zR FA akademigi (2000).
 
Ilmiy ishlari aralashmalar bilan boyitilgan yarim o‘gkazgichlar va ular asosidagi asboblarning tuzilmalariga turli ko‘rinishdagi energiyalar va chuqur yurib boruvchi nurlar ta’sir etganda yuz beradigan elektr jarayonlarini tekshirishga oid. (vafot etgan)
 
94. Yusupov Erkin (1929-2003) - O‘ODUni bitirgan (1951). Faylasuf olim va jamoat arbobi. Falsafa fanlari doktori (1965), professor (1966), O‘zR FA akademigi (1979), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1979). O‘zR FA vitse-prezidenti (1979-1989), ToshDU rektori (1990-1992) bo‘lgan.Ilmiy ishlari ijtimoiy falsafa, mantiq tarix, siyosatshunoslik, ma’naviyat, mafkura masalalariga oid. (vafot etgan)
 
95. O‘razbaev Muhammad Toshevich (20.05.1906-9.05.1971) - O‘ODUning ishchi fakulьtetini bitirgan (1928). Mexanik olim, texnika fanlari doktori (1947), professor (1938).
 
O‘zR FA akademigi (1956), Ittifoq qurilish va arxitektura akademiyasining haqiqiy a’zosi (1957), Davlat mukofoti laureati (1959), Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1967) laureati. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1960).
 
O‘zR FA mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti direktori (1947-1957). Toshkent Politexnika instituti rektori (1963-1971).Ilmiy ishlari asosan mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi nazariyasiga oid. (vafot etgan)
 
96. Qori Niyoziy - Toshmuhammad Niyozovich (2.09. 1897-18.03.1970). O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1921). Matematik olim, pedagog, davlat va jamoat arbobi, fizika-matematika fanlari doktori (1930), professor (1931), O‘zR FAakademigi (1943), O‘zR FA birinchi prezidenti (1943-1947), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939), Mehnat qahramoni (1967). Ikki marta Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.Ilmiy ishlari o‘zbek matematika atamashunosligi va oliy matematika darsligi (o‘zbek tilida), O‘zbekiston xalqlarining madaniyati tarixi masalalariga bagishlangan. (vafot etgan)
 
97. Qayumov Azizxon Po‘latovich (1926-2018) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1949). O‘zbek adabiyotshunosi, filologiya fanlari doktori (1961), O‘zR FA akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1986).
 
O‘zR FA til va adabiyot instiguti direktori (1958-1961) bo‘lgan. Toshkent madaniyat instituti rektori (1974-1979), Hamid Sulaymonov nomidagi qo‘lyozmalar instituti direktori (1979).
Ilmiy shshlari Navoiy hayoti va ijodini, o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini o‘rganishga oid.
 
98. Qosimov Akmaljon (1937 - 2004) - ToshDUni bitirgan (1961). Bioximik olim. Biologiya fanlari doktori (1978), professor (1978), O‘zR FAning akademigi (2000). Andijon pedagogika instituti rektori (1976).
Ilmiy ishlari biologik membranalarga radioaktiv nurlar va boshqa fiziologik aktiv moddalarning ta’sir mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
99. Qo‘shjonov Matyoqub (5.05.1918-16.08.2005) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1950). Adabiyotshunos olim, tanqidchi. Filologiya fanlari doktori (1972), professor (1975), O‘zR FA akademigi (2000), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1978). O‘zR FA til va adabiyot instituti direktori (1975-1987) bo‘lgan.Ilmiy ishlari hozirgi o‘zbek adabiyotining nazariy muammolarini o‘rganishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
100. Qo‘chqortoev Iristoy (5.07.1936-2002) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1958). O‘zbek tilshunosi, pedagog. Filologiya fanlari doktori (1979), professor (1983), O‘zR FA akademigi (2000).
Ilmiy ishlari hozirgi adabiy o‘zbek tili leksikologiyasi, frazeologiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan. (vafot etgan)
 
101. Katsepolьskiy Iosif Samuilovich (10.10.1903 - 2.10. 1976) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1930). Kimyogar olim. Kimyo fanlari doktori (1960), professor (1967), O‘zR FA muxbir a’zosi (1968).
Ilmiy ishlari mahalliy tsementlarning qotish va emirilish jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan, mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida gurland-tsementining yangi turlarini olish va sanoatda qo‘llashga oid. (vafot etgan)
 
102. G‘ulomov Ulug‘ G‘ofurovich (1933-1990) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1955). Fizik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1974), O‘zR FA muxbir a’zosi (1974). O‘zR FA Yadro fizikasi iistituti direktori bo‘lgan (1969-1978).
Ilmiy ishlari Yadro fizikasiga oid. Yadro moddalarining favquloddagi holatlari uchun yadro-yadro to‘qnashuvlarini o‘rganishning yangi metodlarini ishlab chiqqan. (vafot etgan)
 
103. Hamrabaev Ibrohim Hamrabaevich (5.05.1920-24.06.2002) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1942). Geolog olim. Geologiya fanlari doktori (1957), professor (1958). O‘zR FA akademigi (1974), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1970).
 
O‘zR FA H.M.Abdullaev nomidagi geologiya va geofizika instituti direktori (1960 yildan) bo‘lgan.
 
104. Hojisv Azim (18.12.1933) - O‘rta Osiyo Davlat universitetini bitirgan (1956). Tilshunos olim. Filologiya fanlari doktori (1968), professor (1975), O‘zR FA akademigi (2000), O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (2000).
 
105. Hojiev Javdat (4.07.1938) - MDUni bitirgan (1962). Matematik olim. Fizika-matematika fanlari doktori (1977), professor (1977), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990). O‘zR FA akademigi (2000).
 
106. Habibullaev Po‘lat Qirg‘izboevich (14.10. 1938) - O‘ODUni bitirgan (1960). Fizik olim, jamoat va davlat arbobi. Fizika matematika fanlari doktori (1971), profeesor (1972), O‘zR FA akademigi (1984, Rossiya Texnologiya FA akademigi (1992).
 
O‘zR FA vitse-prezidenti (1979-1984), Prezidenti (1984-1988) bo‘lgan. Abu Rayhon Beruiiy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). Ilmiy ishlari akustika, optika, radiatsion va lazer fizikasi, yadro va issiqlik fizikasi masalalariga oid.
 
Unda "OʻzMU xabarlari" jurnal (1997) va "Milliy universitet" gaz. (1918) chiqadi. universitet oʻz bosmaxonasiga ega boʻlib, unda har yili prof,oʻqituvchilarning 100 dan ortiq ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari nashr etiladi.
 
== Manbalar ==