Xonkandi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Progint (munozara | hissa)
Progint (munozara | hissa)
Qator 79:
* Shuning bilan birgalikda armanilar ushbu dar mobaynida koʻpgina oʻgʻirlik va talonchiliklarni ham amalga oshirdilar. Binoarin, Karkijahon, Jamilli va Koʻsalar hududidagi aholining mol-holi, mayda shoxli hayvonlari yo oʻgʻirlandi, yoki otib oʻldirildi.
* 1994 yilning 18 martida Xonkandi osmonida Armani terrorchilari tomonidan Eron Harbiy Havo Kuchlariga qarashli boʻlgan „Gerkules“ rusumidagi samolyot urib tushirildi, natijada 36 kishi haloq boʻldi.
 
== Xonkandi shahri ==
 
Xonkandi shimoldan Kalbajar, Tartar, Oqdara, Og’dom, janubdan Shusha, sharqdan Xo’javand, g’arbdan Lochin, markazdan esa Xo’jali va Asgaron rayonlari bilan qamrab olingan. Xonkandi boshqa Ozarbayjon shaharlarining aksariyatidan nisbatan yosh ekanligi bilan farqlanadi. Arxiv hujjatlariga asosan shahar XVIII asr oxirlarida Qorabog’ xonlarining dam olishi uchun turarjoy sifatida barpo etilgan. Xonlarning faoliyatiga maksimum sharoit yaratilishi uchun makon xonlik poytaxti Panohobod (hozirgi Shusha)dan 10 kilometr narida,nisabatan tog’ etagida barpo etiladi.<ref name="R14">http://www.xankendi.az Xonkandi veb sahifasi</ref>
 
Xonkandi Qorabog’ xonlarining istirohat maskani sifatida barpo etilsa ham, XX asrda u Ozarbayjonning yangi sanoat va madaniyat markazi sifatida rivojlana boshlaydi. Bu paytda bu ishga Ozarbayjonning umumiy respublika resurslaridan muntazam yordam berib turiladi. Shu tufayli ham uning barcha sohalar bo’yicha taraqqiyoti boshqa Ozarbayjon shaharlaridan tezroq amalga osha boshlaydi. Rivojlanayotgan shaharda aholining ko’payishi ham ko’zga ko’rina boshlaydi. Ortib borayotgan aholi uchun nafaqat turarjoylar quriladi, balki muvofiq ijtimoiy va kommunal infrastruktura tuzilardi, ayni vaqtda ular uchun ish joylari bo’ladigan zamonaviy muassasalar qurilardi. Xonkandida qurilgan muassasalar viloyatning sanoat mahsulotining yarmidan ko’pini ishlab chiqarardi. Xonkandi Janubiy Kavkazda mashhur bo’lgan ipak kombinati, oyoq kiyim, gilam, tikuv fabrikalari, sut kombinati va vino zavodi faoliyat ko’rsatardi. Elektrotexnikaviy zavodning, mebel fabrikasining, qurilish materiallari kombinatining mahsulotlari esa Ozarbayjon ichki bozorida o’ziga xos o’rin tutardi.
Ozarbayjon Markaziy Ijroiyya Qo’mitasi Sovetlarining 07.07.1923-sanasidagi Dekretiga asosan Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati tuzilganda, ushbu viloyat markazi Xonkandi shahri bo’lgan. 1923-yil 18-sentyabrda esa Qorabog’ Viloyat Partiya Qo’mitasi qarori bilan Xonkandi shahri nomi o’zgartirilib, Stapanakert shahri deb ataldi.<ref name="R14" />
Ozarbayjon SSR Bosh Soveti Prezidiumi majlisining 1939-yil 1-fevralidagi Protokoliga asosan Stepanakert shahri rayonga bo’ysunuvchi shaharlar kategoriyasidan Muxtor Viloyatga bo’ysunuvchi shaharlar kategoriyasiga o’tdi.<ref name="R14" />
 
Ozarbayjon SSR Oliy Rayosat Hay’atining 1978-yil 15-may 837-IX sonli Farmoni bilan Stepanakert rayoni markazi Stepanakert shahridan Asgaron ishchi posyolkasiga o’tkazilgan va Stepanakert rayoni Asgaron rayoni deb ataldi.<ref name="R14" />
 
Ozarbayjon SSR Oliy Rayosat Hay’atining 1990-yil 21-aprel 1783-XI sonli Farmoniga asosan Stepanakert shahri Karkijahon turarjoy massivi shahar turidagi posyolkalar kategoriyasiga kiritildi va Stepanakert Shahar Soveti tarkibida Karkijahon Posyolka Soveti yaratildi.<ref name="R14" />
 
“Ozarbayjon Respublikasining Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatini bekor qilish haqida”gi 26 noyabr 1991-yildagi 279-XII son Ozarbayjon Respublikasi Qonuniga asosan Stepanakert shahri Xonkandi shahri, Mardakert shahri Oqdara shahri va Martuni rayoni Xo’javand rayoni deb nomlandi. Asgaron va Hadrut rayonlari bekor qilindi. Xo’jali shahri markazga aylantirilib, Xo’jali rayoni tuzildi, bekor qilingan Asgaron rayoni maydoni Xo’jali rayoni tarkibiga, Hadrut rayoni hududi esa Xo’javand rayoni hududiga qo’shildi. Xonkandi va Shusha shaharlari respublikaga bo’ysunuvchi rayonlar qatoriga kiritildi.<ref name="R14" />
 
== Aholisi ==