Xonkandi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Progint (munozara | hissa)
Progint (munozara | hissa)
Qator 158:
== Madaniyati ==
Xonkandi shahrida bir qancha madaniyat muassasalari mavjud edi. Shaharda 2 ta madaniyat uyi, 2 ta musiqa maktabi, 1 ta raqs maktabi, 1 ta rassomlik maktabi faoliyat olib borardi. SSSR davrida shahar madaniyat uyi [[Vladimir_Lenin|V.I.Lenin]] nomi bilan atalar edi. Qorabogʻdagi boshlangʻich raqs maktabi Xonkandi shahrida 1972 yilda foydalanishga topshirilgan edi. Shaharda 1936 yilga qadar qizlar va yigitlar birgalikda taʼlim olmas edilar.
 
== Tarixiy me’morlik obidalari ==
Qorabog’ dunyoning eng qadimiy tarixiga ega bo’lgan diyorlardan biri hisoblanadi. Tabiiy jug’rofiy sharoit, qadimgi insonlarning bu yerda yashashi uchun qulay sharoitning bo’lishi hududning eng qadimgi odam turarjoyi qatoriga kirishiga sabab bo’lgan. Albatta, Qorabog’ning qadimiy turarjoy maskanlaridan so’z ochganda, Xonkandini qayd etib o’tish lozim. Xonkandi shahri yaqinida olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida Eneolit va Jez davrlariga tegishli moddiy madaniyat namunalari bo’lgan qorg’onlar topilgan. Ushbu qo’rg’onlarning ba’zilarida 50 dan ortiq odam suyagi topildi. Xususan, bu skeletlarning topilishi ushbu qo’rg’onning qabila a’zolariga yoki oilalariga tegishli ekanligini ko’rsatadi. Xonkandida olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida topilgan moddiy madaniyat namunalari hududning qadimiy tarixga ega ekanligini, aholining mashg’uloti, qaysi hunarmandlik sohalarida oldinlab ketgani, diniy ideologiyasi, san’ati, aholining odat va an’analarini o’rganishga yordam beradi. Qo’rg’onlardan tosh gurzilar, o’q uchlari, mis xanjar soplari, tosh tegirmon, suyakdan yasalgan buyumlar, oltin munchoq va taqinchoqlar, keramika namunalari topilgan.<ref name="R14" />
 
Boshqa tarixiy obidalariga misol sifatida Karkijahon posyolkasida joylashgan uch qabristonni ko’rsatish mumkin. Bu yerda 1400-yillarga tegishli yozuvi bor qabrlar, 800 yil avvalgi musulmon qabriston qoldiqlari, shuningdek, “Cherkovli” deb nomlangan yerda Alban cherkovi mavjud bo’lgan. Qorabog’ hodisalari boshlagan vaqtda armanlar qizil rang bilan yozilgan qoyatosh olib kelib ushbu hududga qo’yish bilan alban ibodatxonasini o’zlarini qilishga uringanlar. Cherkovning 500 metr balandligida bir nechta qabr mavjud bo’lib, ushbu qabrlarda dafn qilinganlarning yuzi qibla tomonga qaratilgan edi.<ref name="R14" />
 
Ko’salar qishlog’i hududida “Muhammad og’a xonasi” tarixiy obidasi, “Darili Piri”, “Alam daraxti” ziyoratgohlari va tosh qabrlar joylashgan.
Mashali qishlog’i hududida, Maydon yaylovida muqaddas ziyoratgoh “Sayyid qabri”, “Yetti cherkov” (Alban cherkovi) bor. Bundan tashqari 4 joyda Alban cherkovi mavjud bo’lgan. Afsuski, armanlar ozarbayjonlarga qarshi olib borgan vahshiyliklar nafaqat inson talafoti, yo’qotishlari bilan, balki tarixiy me’morlik obidalarning, moddiy madaniyat namunalarning buzib yo’qotilishi bilan ham yakunlandi.<ref name="R14" />
 
== Taniqli shaxslari ==