Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

Ko’salar qishlog’i hududida “Muhammad og’a xonasi” tarixiy obidasi, “Darili Piri”, “Alam daraxti” ziyoratgohlari va tosh qabrlar joylashgan.
Mashali qishlog’i hududida, Maydon yaylovida muqaddas ziyoratgoh “Sayyid qabri”, “Yetti cherkov” (Alban cherkovi) bor. Bundan tashqari 4 joyda Alban cherkovi mavjud bo’lgan. Afsuski, armanlar ozarbayjonlarga qarshi olib borgan vahshiyliklar nafaqat inson talafoti, yo’qotishlari bilan, balki tarixiy me’morlik obidalarning, moddiy madaniyat namunalarning buzib yo’qotilishi bilan ham yakunlandi.<ref name="R14" />
 
== Fan va madaniyat o’choqlari ==
 
1970-yillarda Tog’li Qorabog’ga berilgan e’tibor, viloyatni zamonaviy sanoati, ilg’or qishloq xo’jaligi, zamonaviy infrastrukturasi bo’lgan, yuksak darajada rivojlangan mintaqalardan biriga aylantirdi. Umummilliy lider Haydar Aliyevning Ozarbayjonga boshchilik qilgan 1969-1982-yillarda Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga alohida e’tibor qaratishi viloyat aholisining farovon kelajagiga zamin yaratdi. Tog’li Qorabog’ hodisalari boshlagan davrda ham viloyat har tomonlama taraqqiy etgan mintaqa sifatida 1970-yillarni bosib o’tayotgandi. Tasodifni qarangki, 1988-yil boshlarida Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati hodisalari boshlagan paytda nizo sababini “Ozarbayjon tomonidan Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini g’arazli shaklda orqada qoldirilishida” ko’rgan shovinist arman siyosatchilarining g’oyalari eng salohiyatli va millati arman mansabdor iqtisodchi mutaxassislar ishtirok etgan tekshiruvlarda amalga oshgan.
1988-yil mart oyida SSSR Fanlar Akademiyasi akademigi, asosiy fondlar, asosiy resurs tushumlarining va yangi texnikaning iqtisodiy samaraliligi bo’yicha ilmiy shura raisi Tigran Xachaturov Ozarbayjonga keldi. Bokuda, Xonkandida Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi real vaziyatni keng, mayda detallarigacha tahlil qilindi, tekshiruv olib borildi. Natijada millati arman bo’lgan taniqli iqtisodchilar Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi vaziyat arman siyosatchilarining dunyoga taqdim qilgan vaziyatidan ancha yaxshi ekanligini tan olishga majbur bo’ldilar.<ref name="R14" />
 
Turli me’morlik uslubida bir qancha binolarning barpo etilishi, madaniyat obidalarining qurilishi Ozarbayjonning dinamik rivojlangan shaharlaridan biri sifatida Xonkandi shahri ko’rinishini qisqa muddatda o’zgartirib yuborgandi. Bu yerda iqtisodiyot bilan bir qatorda ta’lim, fan va madaniyat ham taraqqiy etgan, matbuot, adabiyot va san’at rivojlanib, oliy va o’rta maxsus ta’lim sohasi kengaytirilgan, bolalar muassasalarining, maktablarning moddiy-texnik ta’lim bazasi mustahkamlangan.<ref name="R14" />
 
Umummilliy lider Haydar Aliyevning oqilona siyosati natijasida Xonkandi shahrida fan, ta’lim va madaniyat sohalari taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu sababli ham 1970-1985-yillar Xonkandi shahrida madaniyat rivojining muhim davri bo’lib, Xonkandi shahri dinamik jihatdan rivojlangan madaniyatga ega shaharlardan biriga aylangan edi. Eng katta yutuqlardan biri Xonkandida o’qituvchilar institutining ochilishi edi. 1938-yilda ochilgan bu institut Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatidagi yetti yillik maktablarini tayyor o’qituvchilar bilan ta’minlar edi. 1940-yilda esa ortiq institutning ikki bo’limi bor edi. 1950-yilda Xonkandi O’qituvchilar Institutining uch sho’basi ishga tushdi. 1970-1985-yillarda Xonkandi shahrida kasb ta’limi tizim sur’atli ravishda rivojlanardi. Shunday qilib, shaharning 8 o’rta maktabida shogirdlarga turli kasblar o’rgatilardi.<ref name="R14" />
 
Madaniy-ma’rifiy muassasalarning keng shaklda tuzilib, rivojlanishi Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati aholisi uchun katta ahamiyatga ega bo’lish bilan birga viloyatda savodsizlikni kamaytirish uchun bir qancha ishlar ko’rdi. Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatida kutubxona va darsxonalarning ochilishi uchun alohida e’tibor qaratildi. 1920-1940-yillar davomida viloyatda 66 mustaqil kutubxona faoliyat ko’rsatardi. XX asrning 30-yillarida Xonkandi shahrida madaniy-ma’rifiy muassasalar sifatida klublar ham tashkil topgan edi. Aholini savodli qilishda, ijtimoiy-siyosiy faoliyat ortishida albatta matbuot roli tengsizdir. 1960-yil oxirida respublika bo’ylab 118 gazeta nashr etilardi, ulardan 6 tasi Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyatida chop etilardi.bu gazetalardan biri ozarbayjon, biri rus tilida, 4 tasi esa arman tilida chiqar edi. Boy, qiziqarli va rangbarang repertuarga ega Xonkandi Davlat Ashula va Raqs ansamblining 1959-yildan faoliyatini boshlashi aholining madaniy saviyasi yuksalishida muhim rol o’ynadi.<ref name="R14" />
 
1970-1985-yillar davomida Xonkandi shahrida bir qator ilmiy idoralar faoliyat ko’rsatardi, bu idoralar mintaqaning xalq xo’jaligi sohasida yuksak mahsuldorlikka erishish uchun yangi-yangi samarali takliflarni ilgari surardi, yangi ixtirolar qilishardi. Shuningdek, Tog’li Qorabog’ Muxtor Viloyati tabiiy boyliklarining chuqur o’rganilishida, ham qishloq xo’jaligi o’simliklari, hamda chorvachilikda mahsuldorlikning orttirilishining chora-tadbirlari topilishida muhim ishlar ko’rildi. Xonkandi Agrar Sanoat Birligi, Xonkandi Zona Tajriba Stansiyasi, Ozarbayjon Qishloq xo’jaligi texnikasi birligining TQMV filiali, Qorabog’ Ilmiy tajriba bazasi, OMFA ning Tog’li Qorabog’ filiali ana shunday idoralardan edi.<ref name="R14" />
 
Xonkandi shahrida O’qituvchilarni Malakalarini oshirish Instituti, Pedagogik Institut, Qishloq xo’jaligi texnikomi, Ozarbayjon Yozuvchilar Uyushmasining Xonkandi filiali, 2 musiqiy maktab, texnik-kasb maktablari, Tarix-Mamlakatshunoslik muzeyi, M.Gorkiy nomidagi Xonkandi drama teatri, kutubxonalar, sport maydonchasi, istirohat parklari, istirohat uylari, ashula va raqs to’garak va ansambllari faoliyat ko’rsatardi.<ref name="R14" />
 
== Taniqli shaxslari ==
1 466

ta tahrir