Qarshi Davlat Universiteti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 35:
2. O‘zbekiston hamkor OTMlarning doktorlik ta’limi sifatini oshirish orqali ilmiy salohiyatini yaxshilash va rivojlantirish.
 
QarDU va BelDU o‘rtasida 2018 yil 20 noyabrda № 249518 sonli hamkorlik shartnomasi imzolanib, 2019-2020 o‘quv yilida 5110800 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi va 44.03.01 – Pedagogik ta’lim. “tasviriy san’at” doirasida ikkitomonlama diplom asosida bakalavrlar tayyorlanadi.
 
Koreya elchixonasiga qarashli KOICA tashkiloti bilan 2010 yilda shartnoma tuzilgan bo‘lib, universitetda 9 nafar koreys tili bo‘yicha volontyor, 2 nafar, kompyuter texnologiyalari bo‘yicha, 1 nafar tibbiyot bo‘yicha volontyorlar faoliyat yuritib keldilar. 2017 yilnng 19 iyundan 2019 yilning 25 maygacha koreys tili Kim Yong Nam va tibbiyot bo‘yicha Kim Woo Tea, 2018 yil 25 maydan 2020 yilning 27 maygacha tasviriy san’at bo‘yicha volontyor Won Yei Ji universitetda faoliyat yuritmoqdalar. QarDU 2011 yildan Turkmaniston fuqarolariga ta’lim xizmati eksporti bo‘yicha o‘z ishlarini amalga oshirmoqda. 2017-2018 o‘quv yili holati bo‘yicha jami 48 nafar xorijiy talaba va ulardan 15 nafari muvaffaqiyatli tugatib ketdilar. 2018-2019 o‘quv yilida 31 bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga va 1 nafar magistraturaga qabul qilindi. Hozirgi kunda 64 nafar xorijiy talabalar tahsil olmoqdalar.
 
Qarshi davlat universitetida so‘nggi 3 yilda iqtidorli talabalarning 11 nafari Davlat stipendiyalari sovrindorlari, 8 nafari Talabalar Respublika Fan olimpiadalari g‘oliblari, 2 nafari “O‘zbekiston kasaba uyushmalari stipendiyasi” g‘olibi bo‘lishdi. 2018 yil 11 noyabrda talabalarimizdan 2 nafari Novosibirsk davlat universitetida o‘tkazilgan Matematika fanidan Xalqaro onlayn olimpiadasida ishtirok etib, 2 va 3-darajali diplom bilan taqdirlanishdi. Bundan tashqari universitetimiz iqtidorli talabalaridan 17 nafari 30 ga yaqin Xalqaro miqyosidagi va 21 nafari 38 ga yaqin Respublika miqyosidagi tanlov hamda sport musobaqalarida faol ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishmoqda.
 
2018 yil Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan III Paraosiyo o‘yinlarida Jismoniy madaniyat fakulteti sportchi-talabalaridan Toshpo‘latova Shohsanamxon 3 ta oltin, 4 ta kumush medallarini qo‘lga kiritib, 400 metrga erkin suzish bo‘yicha Osiyo rekordi, 100 metrga baterfley usulida suzishda Osiyo rekordi, 100 metrga chalqancha suzish bo‘yicha Osiyo rekordini, Amilova Fotimaxon 4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, 100 metrga brass usulida suzishda Jahon rekordi, 200 metrga kompleks suzish bo‘yicha Jahon rekordini, 100 metrga erkin suzish bo‘yicha Osiyo rekordini, 50 metrga erkin suzish bo‘yicha Osiyo rekordini o‘rnatdi.
 
Qarshi davlat universitetining “Ziyo” talabalar teatr studiyasi har yili o‘tkaziladigan respublika ko‘rik-tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.
 
Universitet kafedralarining aksariyati akademik litsey, kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qiladi va kafedralarning filiallari tashkil etilgan.
 
Hozirgi kunda universitet dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va mamlakatimizning 70ga yaqin oliy ta’lim muassasalari bilan videokonferensiya o‘tkazish imkoniyatiga ega. Jumladan: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent yuridik instituti, Guliston davlat universiteti, Andijon xalq xo‘jaligi instituti, Farg‘ona davlat universiteti, Nukus davlat universiteti va Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutlari bilan hamda xalqaro miqyosda Angliyaning Shimoliy London universiteti va Fillandiyaning Oulu universitetlari bilan videokonferensiyalar o‘tkazilib kelinmoqda.
 
[[Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar]]