27-oktyabr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Sahifadagi barcha matn oʻchirib tashlandi
Teglar: Boʻsh holga keltirildi Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Tarjimai hol
| Ism = Yulduz Usmonova
| Img = Yulduz Usmonova.jpg
| Img_capt =
| Background = solist
| Haqiqiy ismi = Yulduz Oʻrayimoxunovna Usmonova
| Taxallus = Yildiz Usmonova (Turkiyadagi)
| Mavlud = {{birth date and age|1963|12|12}}
| Vafot =
| Ildiz =
| Instrument =
| Janr =
| Kasb = [[qoʻshiqchi]], [[musiqachi]], [[aktrisa]], raqqosa
| Faoliyat = [[1990]]—hozirgi vaqt
| Yorliq =
| URL = [http://www.yulduz.uz/ www.yulduz.uz]
}}
'''Yulduz Oʻrayimoxunovna Usmonova''' ({{lang-uz|Юлдуз Ўрайимохуновна Усмонова}}; [[1963-yil]] [[12-dekabr]]da [[Margʻilon]]da tugʻilgan) — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor. Oʻzbekiston (1995), Qoraqalpogʻiston (2000) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1988). Oʻzi tashkil etgan ansamblning yakkaxon xonandasi (1989 yildan). Dardli va shirali ovoz sohibi. Milliy estrada qoʻshiqchiligiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Usmonova ijodi xonandalik va aktyorlik sanʼatining omuxtaligi, joʻshqinlik, koʻtarinkilik, badiiy izlanuvchanlik, har bir qoʻshiq talqinida musiqa va sahna vositalarining yorqinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan oʻrin olgan aksariyat qoʻshiqlarning (soʻzi va musiqasi) muallifi.
 
Xalq kuy-ohang andozalarini ijodiy qoʻllash orqali vatanparvarlik ruhidagi joʻshqin monolog, [[Muhammad Yusuf]] va boshqalarning sheʼrlari asosida oʻziga xos daʼvat qoʻshiqlarni yaratdi («Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston», «Oʻzingdan qoʻymasin, xalqim», «Elim», «Oʻzbegim», «Xalq yashar») Shuningdek, 20-asr oʻzbek qoʻshiqchiligi anʼanalarida lirik («Nastarin», «Olov yonar yuragimda», «Qizil olma»), hajviy («Nozanin, noziman», «Buxorodan kuyov keldi»), lirik-dramatik («Onaizor», «Gʻiybat, boʻhton oʻldiradi», «Shoh va gado», «Otajon», «Allohim», «Muhammad Yusufga») qoʻshiqlar, bir qator xorij va qardosh xalqlar estrada qoʻshiqlarini (jumladan, «Ya, habib» (arabcha), «Dunyo» (turkcha), «Parvardigori» (forscha)) mahorat bilan ijro etgan.
 
«Bolajon» kinofilmida bosh qahramon rolini oʻynagan, koʻpgina «Temir erkak», «Bolajon», «Olov qaʻridagi farishta», «Tohir va Zuhra yangi talqin», «Sarvinoz», «Muhabbat sinovlari 2» filmlarda rol ijro etgan. «Temir hotin», «Oshiqlar», «Yolgʻon dunyo» kinofilmlar uchun qoʻshiqlar ijro etgan.
 
Bir necha xalqaro estrada tanlovlari laureati (Yurmala, 1989; Olmaota, 1991). «Sharq qoʻshiqlari qirolichasi» unvoniga sazovor boʻlgan (2000, Turkiya). Ijrolari 3 gramplastinka va 20 dan ortiq kompakt diskga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.
 
2-chaqiriq [[Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi]] deputati<ref>[[OʻzME]]</ref>