393
ta tahrir
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash |
||
'''Toshkent tibbiyot akademiyasi''' — respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 29 iyuldagi 178-qarori bilan Toshkent shahrida 1- va 2- Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida (qarang [[Toshkent birinchi tibbiyot instituti]], [[Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti]]) tashkil etilgan. Akademiya yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish va sifatini oshirish, oʻqish jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan zarur oʻquv va moddiy texnika bazasini yaratish, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini keng joriy etish asosida yangi mazmun bilan boyitish, boʻlgʻusi mutaxassislarning taʼlimi ular tomonidan aniq davolash amaliyoti malakalarini egallash bilan chambar-chas bogʻlab olib borilishini taʼminlash maqsadida tuzilgan. Akademiyada 5 ta (davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, oliy hamshiralik ishi va malaka oshirish) fakultetlari, 58 kafedra, aspirantura, markaziy i.t. va markaziy klinik lab., 2200 oʻrinli klinika, ilmiy tibbiy axborot boʻli-mi, muzey, akad. litsey, kutubxona (800 mingdan ziyod asar), nashriyot va bos-maxona bor. Hozirgi 7000 ga yaqin talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 40 mutaxassislik boʻyicha 280 dan
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha 6 ta ixtisoslashgan kengash ishlaydi. Akademiya ilmiy toʻplam, monografiya va metodik qoʻllanmalar nashr etadi.
|
ta tahrir