Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

Xatoni to'g'riladim
M. tafakkurning namoyon boʻlish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar oʻrtasidagi aloqadorlikni koʻrsatadigan qonunqoidalar yigʻindisini oʻrganadi. M.ning vazifasi — chin fikrni, haqiqatni aniqlash. M. ilmining oʻrganish obʼyekti tafakkur tr- Tafakkur 3 xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud boʻladi. Muhokama yuritish ana shular va ularning oʻzaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy tuzilmalar (mas, muammo, gipoteza, nazariya, gʻoya va boshqalar)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy sharti qatoriga fikrning chin boʻlishi va formal jihatdan toʻgʻri qurilishi kiradi. Oʻzi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr — chin fikr deb ataladi (qarang [[Isbot]]). Fikrni toʻgʻri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonunlari (qarang [[Ayniyat qonuni]], [[Ziddiyat qonuni]], [[Yetarli asos qonuni]], [[Uchinchisi istisno qonuni]]) mu-hokama yuritish jarayonida fikrlar (fikrlash elementlari) oʻrtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur koʻp qirrali jarayon boʻlib, uni turli tomondan, xususan, mazmuni va shakli (tuzilmasi) boʻyicha yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib oʻrganish mumkin. Bularning barchasi M. ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turli metodlaridan (qarang [[Induksiya]], [[Deduksiya]]) foydalanishga, har xil yoʻnalishga ajralishiga sabab boʻladi.
 
Hozirgi paytda M.ning formal M., dialektik M., matematik M. kabi yoʻnalishlari bor. Formal M. tafakkur strukturasini fikrning anik, mazmuni va taraqqiyotidan chetlashgan holda, nisbatan mustaqil ravishda oʻrganadi. Uning diqqat markazida muhokamani toʻgʻri qurish bilan bogʻliq qoidalar va mantiqiy amallar yotadi. Dialektik M. tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida hamda taraqqiyotida olib oʻrganadi. Matematik M. tafakkurni matematik metodlar yordamida tadqiq etadi. U hozirgi zamon mat. sining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, tafakkurni yuqori darajada abstraktlashgan va formallashgan sistemada tahlil qiladi. 20-asrda noanʼanaviy M.ning turli yoʻnalishlari, xususan, koʻp qiymatli mantiqiy sistemalar (YaY. Lukasevich, Geyting , Reyxenbaxning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Postning nqiymatli mantiqiy sistemasi va shahrik.), konstruktiv M. lar (A. N. Kolmogorov, A. A. Markov variantlari) va modal M. kabi nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi.
 
Oʻzbekistonda M. masalalari bilan dastlab M. M. Xayrullayev, E. Yu. Yusupov, V. Qobulov shugʻullangan. Keyinchalik I. Rahimov, M. Sharipov, O. Imomxoʻjayeva, D. Fayzixoʻjayeva va boshqa M.ga oid ilmiy izlanishlar olib borishdi.