Virginiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Changez36 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 37:
'''Virjiniya''', (Virginia) - [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|Amerika Qoʻshma Shtatlardan]] biri. Poytaxti - Richmond shahri. [[Amerika Qo`shma Shtatlari|AQSh ittifogʻiga]] 21-avgust [[1959-yil]]da kirgan, undan oldin.
 
AQSHning sharqiy qismidagi shtat. Atlantika okeani sohilida. Mayd. 105,7 ming km{{sup|2}}. Aholisi 6,5 mln.dan ziyodko‘proq kishi (1990-yillar oʻrtalari). Aholining qariyb 47% shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Richmond shahri. Virjiniyaning gʻarbida bal. 1743 m gacha boʻlgan Appalachi togʻ tizmalari, oʻrta qismida Pidmont platosi, sharqida botqoqli Atlantika boʻyi pasttekisligi bor. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — G dan 5° gacha, iyulniki 23—26°. Yillikyogʻin 1000 mm. Igna bargli va aralash oʻrmonlar bor.
 
Virjiniya industrial-agrar shtat. Toshkoʻmir, tabiiy gaz va qurilish materiallari qazib chiqariladi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: kimyo (sunʼiy tola, oʻgʻit, portlovchi moddalar ishlab chiqarish), elektrotexnika, radioelektronika, tamaki, oziqovqat, ip gazlama, yogʻochsozlik, kemasozlik. Eng yirik sanoat markazi— Roanok sh. Port shaharlari — Norfolk, Portsmut, Nyuport-Nyus, Danvill. Yer-suv asosan yirik fermer xoʻjaliklari qoʻlida. Virjiniyaning yer yuzasida eroziya jarayoni kuchli boʻlganidan ekinzorlarning bir qismi yaroqsiz boʻlib qolgan. Bogʻdorchilik va polizchilik rivojlangan. Muhim ekinlari: tamaki, bugʻdoy, makkajoʻxori, yer yongʻoq, paxta. Qishloq xoʻjaligi tovar mahsulotining qariyb yarmi chorvachilikdan olinadi. Koʻproq qoramol, parranda va choʻchqa boqiladi. Baliq ovlash ham rivojlangan. V.ning Atlantika okeani sohilidagi Xempton-Rode gavanida kemalar quriladi.