Matyoqub Qoʻshjonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
'''Matyoqub Qoʻshjonov''' Oʻzbek [[adabiyotshunos]]i va munaqqidi. 1918-yil 5-mayda hozirgi [[Turkmaniston]] Respublikasining [[Toshhovuz viloyati]] [[Hallang]] qishlogʻida tugʻilgan. [[Filologiya]] fanlari doktori (1972), [[Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi]]ning aʼzosi (1979), [[Oʻzbekiston]] Respublikasi fan arbobi (1978), [[Hamza nomidagi Davlat mukofoti]] laureati (1977).
 
30-yillarning ikkinchi yarmida Toshhovuzdagi oʻqituvchilar institutida oʻqigan. 1941–1945-yillarda urushda qatnashgan, mergan boʻlgan. 1945–1950-yilllarda [[Oʻrta Osiyo Davlat universiteti]] filologiya fakultetida oʻqigan, imtiyozli diplom olgan. 1950–1954 -yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi apparatida ishlagan.1954-1957 1954–1957-yillarda Markaziy Komitet qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranturasida oʻqidi. 1957–1960 -yillarda SAGU filologiya fakultetida oʻqituvchi boʻldi. 1960 -yildan Oʻzbekiston FAningFanlar Akademiyasining Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, [[direktor]], boʻlim boshligʻI boʻlib ishlagan. Hozir ham shu dargohda faoliyat koʻrsatmoqda.
 
Matyoqub Qoʻshjonov 40dan40 dan ortiq ilmiy, adabiy-tanqidiy, badia, tarixiy biografik xotira kitoblar muallifi. XX asrda yashagan taniqli yozuvchilar, eng muhim badiiy asarlar haqida olim risolalar, adabiy portretlar, tanqidiy ocherklar yozdi. Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor ijodi talqini va tahlili olim faoliyatining asosidir. M. Qoʻshjonov oʻnlab oʻta jiddiy, tahliliy taqrizlar muallifi.
 
Olim oʻzbek adabiyotshunoshligi va tanqidchiligiga ilmiy izchillik olib kirdi. U xarakter muammosiga bogʻliq holda syujet, kompozitsiya, konflikt, badiiy til haqida ilmiy-nazariy tadqiqotlar yaratdi. Mustaqillik davrida M. Qoʻshjonov A. Qodiriy, A. Oripov ijodi haqida tadqiqot yaratdi. Yangi sharoitda bir qancha asarlarni yangicha talqin va tahlil qildi.