Ogahiy — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
{{Birlashtirish|Muhammad Rizo Ogahiy}}
'''Ogahiy''' (taxallusi; toʻliq ismsharifi Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli) (1809.17.12, [[Xiva]] yaqinidagi Qiyot qishlogʻi — 1874.14.12) — [[shoir]], [[tarixchi]], [[tarjimon]]. Mirob oilasida tugʻilgan. Xiva madrasalarida tahsil koʻrgan. [[Arab tili|Arab]], [[fors tili|fors]], [[turk tili|turk]] tillarini puxta egallagan. [[Xorazm]]ning mashhur shoir va olimlari, adabiyot muxlislarining suhbatlarida ishtirok etgan. Sharq klassiklari asarlari, ayniqsa, [[Navoiy]] ijodini qunt bilan oʻrgangan.
1829-yilda amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni [[Olloqulixon]] (1825—42) Ogahiyni Munisning oʻrniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan eʼtiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shugʻullangan. Qizgʻin ijtimoiy-siyosiy mehnat bilan mashgʻul bir paytda otdan yiqilib, oyogʻi "shakarlang" (shol) boʻlib qolgan (1845). 1857-yildan miroblik vazifasidan isteʼfo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, gʻamgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan.