Ogahiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 11:
 
== Tarixiy asarlari ==
O.Ogahiy "[[Riyoz uddavla]]" ("Saltanat boglari", 1844), "[[Zubdat uttavorix]]" ("Tarixlar qaymogʻi", 1845 — 461845—46), "[[Jomeʼ ul-voqeoti sultoniy]]" ("Sul-tonlik voqealarini jamlovchi", 1857), "[[Gulshani davlat]]" ("Davlat gul-shani", 1865), "[[Shohidi iqbol]]" ("Iqbol guvohi", 1872) va boshqa tarixiy asarlarida [[Olloqulixon]], Rahimquli-xon[[Rahimqulixon]] (1843—46), [[Muhammad Aminxon]] (1846 — 55), [[Sayid Muhammadxon]] (1856—64), [[Muhammad Rahim II]] (1864—1910) qukmronligihukmronligi davrida Xorazmda[[Xorazm]]da yashagan oʻzbek[[oʻzbeklar|oʻzbeklar]], [[turkmanlar|turkman]], [[qoraqalpoqlar|qoraqalpoq]], [[qozoqlar|qozoq]] xalqlarining tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti, Xiva xonligining boshqa xonliklar bilan munosabati va boshqa tarixiy voqealar aks etgan.
 
O.ning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan gʻoyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-maʼrifiy tarbiya-sigatarbiyasiga taʼsir qilgan. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bagʻishlab qasidalar yozgan. O.ning "Qasidai nasihat" asari Feruzga bagʻishlangan. U oʻz nasihatlarida saltanatni boshqarishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yoʻllarini belgilab beradi. Qasida masnaviy janrida yozilgan boʻlib, unda shoirning siyosiy-maʼrifiy qarashlari yorqin aks etgan. O. fikricha, har qanday davlat boshligʻi hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega boʻlishi lozim. Podshoh himmatli, shijoatli, adolatli, gʻayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambagʻalpar-var boʻlishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega boʻlsa, uning hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon boʻladi, degan fikrni ilgari suradi. O. davlatni boshqarishning yoʻllarini ham koʻrsatib oʻtgan. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmogʻi lozim. U aysh-ishratdan, fitna va gʻiybatdan, gʻaflatdan, yal-qovliqdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq boʻli-shi kerak. Feruz O.ning davlatni bosh-qarish toʻgʻrisidagi maslahatlariga quloq tutgan, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib, arzxonalarga qoʻydirgan, koʻp ezgu ishlarni amalga oshirgan. Shu bois ham O. tarixiy asarlari badiiy nasr sifatida hamda 19-asr Xorazm voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy hujjatlar sifatida qimmatlidir. O. "Ravzat us-safo" (Mirxond), "Tarixi jahonkushoyi Nodiriy" (Muhammad Maxdiy Astrobodiy), "Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ" (3. Vosifiy), "Miftoh ut-tolibin" (Mahmud binni Shayx Ali Gʻijduvoniy), "Tabaqoti Akbarshohiy" (Muhammad Muqim Hirotiy), "Tazkirai Muqimxoniy" (Muhammad Yusuf Munshiy), "Ravzat us-safoyi Nosiriy" (Rizoqulixon Hidoyat), "Axloqi Muhsiniy" (Koshifip), "Qobusnoma", "Zubdat ul-hikoyot", "Sharhi daloil ulhayrat" (Muhammad Voris), "Guliston" (Saʼdiy), "Yusuf va Zulayho" (Jomiy), "Shoh va gado" (Hiloliy), "Haft paykar" (Nizomiy) va boshqa tarixiy-badiiy asarlarni fors tilidan oʻzbekchaga tarjima qilgan. O. "Haft paykar"ni nasriy yoʻl bilan, "Guliston"ni qisqartirib, keng kitobxonlarga tushunarli qilib tarjima etgan. "Yusuf va Zulayho" hamda "Shoh va gado" dostonlarini esa baytmabayt tarjima qilib (kirish qismidan tashqari), aniq ijo-diy tarjima namunasini yaratgan. "Miftoh ut-tolibin" (inv. №8473), "Ravzat us-safoyi Nosiriy" (D-125), "Tabaqoti Akbarshohiy" (TNS—106), "Tazkirai Muqimxoniy" (TNS—105), "Firdavs ul-iqbol" (S—571), "Shohi-di iqbol" (S—572), "Yusuf va Zulayho" (TNS—117), "Taʼviz uloshi-qin" asarlarining qoʻlyozma nusxalari Toshkent, Dushanba va Sankt-Peterburgda saqlanadi. "Zafarnoma" (Ali Yaz-diy), "Bahoriston", "Salomon va Ibsol" (Jomiy), "Hasht behisht" (Xus-rav Dexlaviy) asarlarining O. tarji-masi hanuzgacha topilmagan.
 
"Taʼviz ul-oshiqin" Xivada toshbosmada nashr etilgan (1905—09). Oʻzbekistonda koʻchalar, maktablar, Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri, istirohat bogʻi va boshqa muassasalarga O.nomi berilgan. Qiyot qishlogʻida O. bogʻi tashkil etilib, shoirning uymuzeyi ochilgan; muzey oldida O.ga haykal oʻrnatilgan.