Ogahiy — versiyalar orasidagi farq

xulosa tahrirlanmadi
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
Ogahiy "[[Ravzat us-safo]]" (Mirxond), "[[Tarixi jahonkushoyi Nodiriy]]" (Muhammad Maxdiy Astrobodiy), "[[Badoyeʼ ul-vaqoyeʼ]]" (3. Vosifiy), "[[Miftoh ut-tolibin]]" (Mahmud binni Shayx Ali Gʻijduvoniy), "[[Tabaqoti Akbarshohiy]]" (Muhammad Muqim Hirotiy), "[[Tazkirai Muqimxoniy]]" (Muhammad Yusuf Munshiy), "[[Ravzat us-safoyi Nosiriy]]" (Rizoqulixon Hidoyat), "[[Axloqi Muhsiniy]]" (Koshifip), "[[Qobusnoma]]", "[[Zubdat ul-hikoyot]]", "[[Sharhi daloil ulhayrat]]" (Muhammad Voris), "[[Guliston]]" (Saʼdiy), "[[Yusuf va Zulayho]]" (Jomiy), "[[Shoh va gado]]" (Hiloliy), "[[Haft paykar]]" (Nizomiy) va boshqa tarixiy-badiiy asarlarni [[fors tili]]dan oʻzbekchaga tarjima qilgan. Ogahiy "Haft paykar"ni nasriy yoʻl bilan, "Guliston"ni qisqartirib, keng kitobxonlarga tushunarli qilib tarjima etgan. "Yusuf va Zulayho" hamda "Shoh va gado" dostonlarini esa baytma-bayt tarjima qilib (kirish qismidan tashqari), aniq ijodiy tarjima namunasini yaratgan. "Miftoh ut-tolibin" (inv. №8473), "Ravzat us-safoyi Nosiriy" (D-125), "Tabaqoti Akbarshohiy" (TNS—106), "Tazkirai Muqimxoniy" (TNS—105), "Firdavs ul-iqbol" (S—571), "Shohi-di iqbol" (S—572), "Yusuf va Zulayho" (TNS—117), "Taʼviz uloshi-qin" asarlarining qoʻlyozma nusxalari [[Toshkent]], [[Dushanba]] va [[Sankt-Peterburg]]da saqlanadi. "Zafarnoma" (Ali Yaz-diy), "Bahoriston", "Salomon va Ibsol" (Jomiy), "Hasht behisht" (Xus-rav Dexlaviy) asarlarining Ogahiy tarjimasi hanuzgacha topilmagan.
 
== Xotira ==
"[[Taʼviz ul-oshiqin]]" Xivada toshbosmada nashr etilgan (1905—09). Oʻzbekistonda koʻchalar, maktablar, Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri, istirohat bogʻi va boshqa muassasalarga O.Ogahiy nomi berilgan. Qiyot qishlogʻida O.Ogahiy bogʻi tashkil etilib, shoirning uymuzeyiuy muzeyi ochilgan; muzey oldida O.gaOgahiyga haykal oʻrnatilgan.
 
==Nashr qilingan asarlari==