Ogahiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
1829-yilda amakisi va ustozi Munis vafot etgach, Xiva xoni [[Olloqulixon]] (1825—42) Ogahiyni Munisning oʻrniga mirob etib tayinlagan. Shu davrdan eʼtiboran Ogahiy xalq hayoti va saroy ishlari bilan shugʻullangan. Qizgʻin ijtimoiy-siyosiy mehnat bilan mashgʻul bir paytda otdan yiqilib, oyogʻi „shakarlang“ (shol) boʻlib qolgan (1845). 1857-yildan miroblik vazifasidan isteʼfo bergan. Umrining oxirigacha moddiy muhtoj, gʻamgin, kasalmand ahvolda kun kechirgan.
 
= = "Taʼviz„Taʼviz ul-oshiqin"oshiqin“ devoni ==
 
Ogahiy xalq orasida koʻproq lirik shoir sifatida mashhur. Umrining oxirgi yillarida tuzgan lirik kulliyoti — „Taʼviz ul-oshiqin“ („Oshiqlar tu-mori“, 1872) bizgacha toʻla yetib kelgan. Devon anʼanaviy tartibda tuzil-gan, 470 [[gʻazal]], 3 [[mustazod]], 89 [[muhammas]], 5 [[musaddas]], 2 [[murabba]], 4 [[musamman]], 4 tarjeʼband, 7 [[qitʼa]], 80 [[ruboiy]], 10 [[tuyuq]], 1 [[mulamma]], 4 [[chiston]], 2 muammo, 4 masnaviy, 1 bahri tavil, 1 munojot, 1 oshiq va maʼshuq savol-javobi, 20 taʼrix, 19 qasida — jami 18000 misradan iborat. Devonga „Ashʼori forsiy“ nomi bilan Ogahiyning fors tilidagi 1300 misra sheʼri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzui turadi.