Oydin Hojieva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_8=yorit}}
 
'''Oydin Hojieva''' — 1942-yil 22-aprelda [[Navoiy_viloyati|Navoiy]]ning [[Qiziltepa]] tumanidagi Hojayi Boʻston qishlogʻida tugʻildi. 1965-yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetini bitirdi.
 
Uning birinchi mashq sheʼri 1953-yili tuman gazetasida chop etildi.
 
1961-yili «[[Saodat]]» (avvalgi «[[Oʻzbekiston xotin-qizlari]]») jurnalida shoiraning «[[Tongni qarshilab]]» sheʼri bosildi.
 
== Sheʼriy va publitsistik toʻplamlari ==
== O. Hojieva. Koʻzimning oqu-qorasi ==
1971 -yilda «[[Shabnam]]», «[[Men sevgan qoʻshiq]]» (1972), «[[Orzu guli]]» (1973), «[[Manzillar]]» (1971), «[[Tarovat]]» (1975), «[[Navo]]» (1977), «[[Mushfiq onajon]]» (1983), «[[Javoronok]]» (1984), «[[Tamal toshi]]» (1988), «[[Oʻryukovoy kost]]» (1985), «[[Ishonch yulduzlari]]» (1989), «[[Chashmalarni izlayman]]» (1986), «[[Osnova]]» (1987), «[[Koʻzimning oqu qorasi]]» (1996), «[[Panohim]]» (1998) kabi yigirmadan ortiq sheʼriy va publitsistik toʻplamlari nashr etilgan.
 
Ayol qalbining nozik kechinmalarini ifodalovchi sheʼr va dostonlari bilan muxlislar eʼtiboriga tushdi. U «[[Sharq Yulduzi]]» (1965-76), «[[Saodat]]» jurnallarida (1976-85) boʻlim mudiri, «[[Gulxan]]» oynomasining muharriri (1985-94) boʻldi.
 
1992 yilda «[[Oʻzbekiston xalq shoiri]]» unvoni berildi. U «[[El-yurt hurmati]]» ordeni sohibasi (1999), 1994 yildan «[[Saodat]]» (unga ilova «[[Gulchehralar]]» gazetasi) ning bosh muharriri. Asarlari rus, urdu, ingliz, frantsuz, tojik, ukrain tillariga tarjima qilingan.
 
== Asarlari ==
* Oydin Hojieva. «[[Panohim]]». T., «[[Sharq]]» NMAK  — 1998.
* Oydin Hojieva. Dostonlar, T., «[[Adabiyot va san'at]]» “ — 1996.
 
==== Adabiyotlar ====
* Jalolov T. Kiroyi qizing shunday boʻlsa. Kitobda: Jalolov T. «[[Oʻzbek shoiralari]]» T., Adabiyot va sanʼat, 1980, 377—385 betlar.
* Rasulov A. Oydin Hojieva. Kitobda: Oʻzbekiston komsomol mukofoti laureatlari, T., «[[Yosh gvardiya]]», 1977, 184—188 sahifalar.
 
[[Turkum:Oʻzbekiston shoir va yozuvchilari]]