Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 69:
9–12-asr boshida Karel-Fin SSR hududi [[Kiyev Rusi]]ga, 12-asrdan [[Novgorod]]ga qarashli boʻlgan. 1478-yil [[Rus davlati]]ga qoʻshib olingan. 13–17-asrlarda shvedlar bir necha marta bostirib kirgan. 17-asr boshida Kareliyaning shvedlar bosib olgan qismini 1721-yil Rossiya qayta egallagan.
 
Kareliyada sovet hokimiyati 1917-yil noyabr – 1918-yil aprelda oʻrnatilgan. 1920-yilning 8-iyunida [[Rossiya SFSR]] tarkibida KareloyaKareliya mehnat kommunasi tashkil etilgan. 1923-yilning 25 iyulida Mehnat kommunasi Kareliya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. 1940-yilning 31-martida esa avtonom respublika Karel-Fin Sovet Sotsialistik Respublikasi nomi bilan toʻlaqonli sovet respublikasiga aylantirildi. Ammo 1956-yilning 16-iyulida respublika qaytadan Kareliya Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi. [[Ikkinchi jahon urushi]] yillarida Kareliya hududining katta qismini [[fashistlar Germaniyasi]] okkupatsiya qilib turgan.
 
1991-yil Sovet Ittifoqi parchalanib ketganidan keyin, 13-noyabrda Karel Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi [[Kareliya Respublikasi]] nomli federal subyekt oʻlaroq [[Rossiya Federatsiya]] tarkibiga kiritildi.