Hamid Olimjon: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 24:
}}
'''Hamid Olimjon''' (Olimjonov Hamid) (1909.12.12, Jizzax −1944.3.7, Toshkent; „Forobiy“ qabristoniga qayta dafn etilgan) – shoir, publitsist, adabiyotshunos va jamoat arbobi. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1943). Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida Samarqanddagi bilim yurtida (1923–28), Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida (1928–31) oʻqigan va ayni paytda „Zarafshon“ gaz.da boʻlim mudiri (1926–27). Yoshlar gaz.da (1931), „Qurilish“ va „Sovet adabiyoti“ jur. larida masʼul kotib, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1932–34), Til va adabiyot instituti (1934–37) va Oʻquvpe-dagogika nashriyotida boʻlim mudiri (1938–39), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939-44).▼
▲'''Hamid Olimjon''' (Olimjonov Hamid) (1909.12.12, Jizzax −1944.3.7, Toshkent; „Forobiy“ qabristoniga qayta dafn etilgan) – shoir, publitsist, adabiyotshunos va jamoat arbobi. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1943). Samarqanddagi bilim yurtida (1923–28), Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida (1928–31) oʻqigan va ayni paytda „Zarafshon“ gaz.da boʻlim mudiri (1926–27). Yoshlar gaz.da (1931), „Qurilish“ va „Sovet adabiyoti“ jur. larida masʼul kotib, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1932–34), Til va adabiyot instituti (1934–37) va Oʻquvpe-dagogika nashriyotida boʻlim mudiri (1938–39), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939-44).
Hamid Olimjonning soʻz sanʼatiga qiziqishi onasi Komila ayaning ertaklari hamda bobosi Mulla Azim xonadoniga kelib turuvchi Fozil Yoʻldosh oʻgʻlining doston va termalari asosida shakllangan. Dastlabki asarlari – „Koʻklam“ (sheʼrlar, 1929), „Tong shabadasi“ (hikoyalar, 1930). „Olov sochlar“ (1931), „Poyga“, „Oʻlim yovga“ (1932), „Daryo kechasi“ (1936), „Sheʼrlar“ (1937), „Oʻlka“, „Oygul va Baxtiyor“ (1939), „Baxt“ (1940), „Qoʻlingga qurol ol!“, „Ona va oʻgʻil“ (1942), „Ishonch“ (1943) sheʼriy toʻplamlari muallifi.
|