Abdulla Qodiriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Stamps of Uzbekistan, 2004-07.jpg|thumb|Abdulla Qodiriy]]
{{Olim
|nomi = Abdulla Qodiriy
|tasvir = Stamps of Uzbekistan, 2004-07.jpg|thumb
|birth_date = [[1894]]-yil 4-oktabr
|birth_place = [[Toshkent]]
|death_date = [[1938]]-yil 10-aprel
|death_place = [[Toshkent]], [[O‘zbekiston SSR]]
|residence =
|citizenship = [[Tasvir:Flag of the Soviet Union.svg|30px]] [[SSSR]]
|nationality =
|ethnicity = o‘zbek
|field = shoir, yozuvchi
|work_institutions
|alma_mater =
|doctoral_advisor =
|doctoral_students =
|known_for = „[[Oʻtkan kunlar]]“, „[[Mehrobdan chayon]]“, „[[Obid ketmon]]“
|influenced =
|prizes =
|religion = Islom
|imzo =
|imzo_izoh =
|vikiombor =
}}
 
'''Abdulla Qodiriy''' (asosiy [[taxallus]]lari: Qodiriy, Julqunboy) ([[1894]].[[4-oktabr|4.10]]-[[Toshkent]]-[[1938]].[[10-aprel|10.4]]) — [[XX asr|XX a.]] yangi [[oʻzbek adabiyoti]]ning ulkan namoyandasi, [[oʻzbek romanchiligi]]ning asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon [[oila]]sida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820—1924) xon, [[bek]]lar qoʻlida [[sarboz]]lik qilgan, rus bosqini paytida ([[1865]]) [[Toshkent mudofaasi]]da qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator [[asar]]lari, xususan [[tarixiy janr|tarixiy]] romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabida ([[1904]]—[[1906|06]]), [[rus-tuzem maktablari|rus-tuzem maktabi]]da ([[1908]]—[[1912|12]]), [[Abulqosim madrasasi|Abulqosim shayx madrasasi]]da ([[1916]]—[[1917|17]]) taʼlim oldi; [[Moskva]]dagi adabiyot kursida ([[1925]]—[[1926|26]]) oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; [[arab tili|arab]], [[fors tili|fors]] va [[rus tili|rus tillarini]] oʻrgangan. [[Jahon adabiyoti]]ni ixlos bilan mutolaa qilgan. Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil [[mehnat]] qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy [[savdogarlar]]ga [[kotib]]lik va [[gumashta]]lik qildi ([[1907]]—[[1915|15]]). 1917 y. [[Oktyabr toʻntarishi|Oktyabr davlat toʻntarishi]]dan soʻng Eski shahar ozuqa qoʻmitasining sarkotibi ([[1918]]), „[[Oziq ishlari]]“ gazetasining [[muharrir]]i ([[1919]]), Kasabalar [[shoʻro]]sining sarkotibi ([[1920]]), „[[Mushtum]]“ jurnalining tashkilotchilaridan va [[tahrir hayʼati]] aʼzosi ([[1923]]—26). Abdulla Qodiriy ijodiy [[faoliyat]]ining boshlanishi 1910y.larning oʻrtalariga toʻgʻri keladi. „[[Sadoi Turkiston]]“ gazetasining [[1914]] y. [[1-aprel|1 aprel]] sonida Abdulla Qodiriy imzosi bilan „Yangi masjid va maktab“ sarlavhali xabar bosiladi. Bu boʻlajak [[adib]]ning [[matbuot]]dagi dastlabki chiqishi edi. Oradan koʻp oʻtmay, uning „Toʻy“, „Ahvolimiz“, „Millatimga“, „Fikr aylagil“ kabi [[sheʼr]]lari, „[[Baxtsiz kuyov]]“ [[drama]]si, „[[Juvonboz]]“ [[hikoya]]si chop etiladi (1914—15). Abdulla Qodiriy ijodining dastlabki namunalari boʻlgan bu asarlar millatparvarlik, [[maʼrifat]]<nowiki />parvarlik ruhida yozilgan boʻlib, [[jadidchilik]] [[gʻoya]]lari bilan sugʻorilgandir. Muallif unda xalqning zabun holatidan kuyib soʻzlaydi, millatni uygʻonishga daʼvat etadi, fikrlashga chorlaydi. Abdulla Qodiriyning „[[Uloqda]]“ hikoyasi (1916) avvalgi asarlari bilan tenglashtirib boʻlmaydigan darajada yuqori boʻlib, <nowiki>XX</nowiki> a. tongidagi oʻzbek [[realizm (sanʼat)|realistik]] adabiyotining choʻqqisi, realistik hikoyaning eng yaxshi namunasi hisoblanadi.