Abdulla Qodiriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 35:
 
== „Oʻtkan kunlar“ romani ==
Abdulla Qodiriy shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida qizgʻin jurnalistik faoliyati bilan barobar oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman – „Oʻtkan kunlar“ni yaratdi (1919–1920). Romandan boblar 1922-yil „[[Inqilob]]“ jurnalida eʼlon etildi. 1924–26 1924–1926-yillari har bir boʻlimi alohida-alohida kitob holida bosildi. „Oʻtkan kunlar“ yaratilgan davr oʻzbek xalqi uchun [[millat]]ning erki, ozodligi, [[mustaqillik|mustaqilligi]], jahondagi oʻrni masalasi hayot-mamot ahamiyatiga molik edi. Abdulla Qodiriy mintaqamiz [[taraqqiyot|taraqqiy]]<nowiki />parvar [[ziyolilar]]i safida turib ona yurtning, millatning taqdiri ustida astoydil qaygʻurdi, oʻzicha najot yoʻlini izladi. Avvaliga u [[bolsheviklar]]ning yolgʻon vaʼdalariga ishondi, ammo adib bu vaʼdalar qogʻozda qolib ketayotganini, yovuz mustamlaka siyosati mohiyat-eʼtibori bilan oʻzgarmay qolayotganini, munofiqona tus olayotganini, el orasida buzgʻunchilik, fitna, sinfiy-mafkuraviy adovat avj oldirilib, birodarkushlik urushi boshlanib ketganligini, shoʻrlik xalq bu qonli siyosatning qurboni boʻlayotganini oʻz koʻzi bilan koʻrdi. Ayniqsa, [[Qoʻqon muxtoriyati]]ning tor-mor etilishi koʻpgina hur fikrli ziyolilar qatori Abdulla Qodiriyning qalbini larzaga soldi. Adib „Oʻtkan kunlar“ romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi boʻldi, „tariximizning eng kir, qora kunlari“ – yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan keyingi „xon zamonlari“ – <nowiki>XIX</nowiki> a. oʻrtasidagi mudhish tarixiy jarayonlar haqida soʻz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi.
 
== „Oʻtkan kunlar“ romanining maʼno mundarija doirasi ==
„Oʻtkan kunlar“ romanining maʼnomundarijamaʼno mundarija doirasi nihoyatda keng . Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviyishqiy muammolar qalamga olingan. Biroqular orasida yurtning, millatning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Binobarin elyurtning mustaqilligi, birligi masalasi romanning pafosini tashkil etadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hojilar shu yurt istiqloli, faravonligi, osoyishtaligi yoʻliga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilardir. „Oʻtkan kunlar“ bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan gavdalantirilgan. „Oʻtkan kunlar“, bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning ishqiy sarguzashtlari, fojiasi juda katta mahorat bilan tasvir etilgan. Asardagi ishqiy sarguzashtlar kitobxonni hayajonga soladi, Otabek bilan Kumushning goʻzal baxtini barbod etgan omillar kishini chuqur oʻyga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni – [[Turkiston]]ning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda gavdalantiradi. Qodiriy ishqiy sarguzashtlar koʻrinishida oʻlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va oʻzaro ichki nizolardir degan fikrni gʻoyat ustalik bilan aytadi. Garchi romanda adib shaxs harakteri va qismatini muhit, sharoit, ijtimoiy muammolar bilan chambarchas aloqadorlikda tasvir va taxlil etsada, inson shaxsining muhit va sharoitga bogʻliq boʻlmagan tugʻma, sirli-sehrli gʻaroyib shevalariga ham eʼtiborni tortadi. Bu jihatdan bir oila, bir xil sharoitda tugʻilib voyaga yetgan sajiya-harakter, surat va siymo vajidan ikki olam – egachisingil Zaynab va Xushroʻybibi obrazlarining talqini gʻoyat ibratlidir. Biri mute, itoatkor, nuqul oʻzgalar izni bilan ish koʻradi; ikkinchisi esa dadil, mustaqil, oʻz baxti va taqdiri uchun faol kurash olib boradi. Yozuvchi bu ikki shaxs harakteriga xos tugʻma xususiyatlarni shargʻlash bilangina cheklanmaydi, bunday hislatlarning oʻsha kimsalar, qolaversa oʻzgalar taqdiriga koʻrsatgan taʼsiri, fojeiy oqibatlarini ham ifoda etadi. Oʻzini boshqalar ixtiyoriga topshirib qoʻygan Zaynab shu ojizligi tufayli oʻz baxtiga zomin boʻlibgina qolmay, yana oʻsha ojizligi tufayli oʻzgalar qutqusi orqasida beixtiyor jinoyatga qoʻl uradi – Kumushga zahar beradi. Mustaqillik, dadillik – yaxshi hislat, biroq unga xudbinlik aralashsa baloi azimga aylanishi mumkin. Xushroʻybibi oʻz baxti uchun kurashadi; shaxsiy manfaatlari yoʻlida hech narsadan qaytmaydi; birovlarning koʻz yoshlari hisobiga, oʻzgalarning baxtiqaroligi evaziga oʻz baxtini tiklaydi. Romandagi Oʻzbek oyim obrazi ham nihoyatda tabiiy va goʻzal siymolardan biridir. Dumbul tabiat bu ayol oʻgʻli Otabek, qolaversa kelinlari – Kumush, Zaynab taqdirlarining chigʻallashib ketishi, oxiri fojiaga yuz tutishida bosh sababchi ekani ayon. Biroq har qancha gunohkor boʻlmasin, oʻta andishali adib uni keskin qoralashga tili bormaydi. Nima boʻlganda ham, Oʻzbek oyim, baribir ona… Ayni paytda rostgoʻy, realist yozuvchi onaning pala-partish, dovdir xattiharakatlaridan, tabiatidagi ayrim kamchiliklaridan koʻz yumib oʻtolmaydi. Bu borada adibga xalqona yumor qoʻl keladi. Bu obraz tasviri boshdan-oyoq ajib serjilo – ham kinoya-kesatiqgarga, ham ardoq-mehrga toʻla yumor bilan yoʻgʻrilgan. Xullas, „Oʻtkan kunlar“ romani toʻqima qahramonlarning hayotiylik kasb etishi va tarixiy voqealarga uygʻunligi jihatidan ham, mujassamot butunligi va tilidagi nafosati jihatidan ham oʻzbek adabiyoti xazinasidagi durdonalar qatoridan oʻrin olgandir. „Oʻtkan kunlar“ oʻzbek adabiyotida ilk roman boʻlishining oʻzi bilanoq ilgari bosilgan katta qadam edi. Unda realizmning asosiy tamoyillari yuqori badiiy saviyada amalga oshirildi. Roman, umuman, oʻzbek adabiyotida yetuk realizmga asos soluvchilik rolini oʻynadi.
 
Abdulla Qodiriy ikkinchi yirik asari „[[Mehrobdan chayon]]“ni 1928 y. fevralda yozib tugatdi. Roman 1929 y. [[Samarqand]]da bosilib chiqdi. Garchi bu roman mavzui ham <nowiki>XIX</nowiki> a. hodisalari – „xon zamonlari“ davridagi oʻzboshimchaliklarni koʻrsatishga qaratilgan boʻlsada, unda roman yozilgan davr ruhi kuchli. Asarni „Mehrobdan chayon“ deb atash, ziyoli ulamolarni qahramon qilib tanlashdan murod muqaddas dargoh – sajdagohdan chiqqan, oʻsha dargohga nomunosib munofiq, qallob, tuban kimsalarga, hasadgoʻy, eʼtiqodsiz kishilarga ishoradir. Romanda Anvar bilan Raʼnoning sevgi sarguzashti, qalb nazokati shoirona tarannum etilgan. Maktabdor Solih mahdumning yumoristik obrazi adabiyotshunoslikda yozuvchining jiddiy yutugʻi, kashfiyoti sifatida eʼtirof qilingan.