Abdulla Qodiriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 55:
Abdulla Qodiriy zukko tilshunos, zabardast tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi [[Abdulla Shunosiy]]ning „Fizika“ (1928), [[Gogol]]ning „Uylanish“ (1935), [[Anton Chexov]]ning „Olchazor“ (1936) asarlarini oʻzbekchaga tarjima qildi. [[Qozon]]da bosilgan „Toʻla ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ni (1934) tuzishda ishtirok etgan.
 
== Adibning boshqa tillarga tarjima qilingan asarlari ==
Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa romanlari, jahon miqyosida tez tarqaldi. „Oʻtkan kunlar“ ozarbayjon tilida 1928 -yilda, „Mehrobdan chayon“ [[tojik tilidatili]]da 1935 -yilda, „Obid ketmon“ rus tilida 1935 -yilda nashr etildi. Shundan buyon bu asarlar [[rus tili|rus]], [[qozoq tili|qozoq]], [[uygʻur tili|uygʻur]], [[tatar tili|tatar]], [[arab tili|arab]], [[italyan tili|italyan]], [[ingliz tili|ingliz]], [[nemis tili|nemis]] va boshqa tillarda qayta-qayta nashr etilib kelayotir.
 
Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, taʼqibu tahdidlar ichida oʻtdi. Rostgoʻy adib sho‘ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida shoʻro voqeligiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib koʻrsatishga jazm etdi. Ammo uning bu urinishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926 y. „Mushtum“da bosilgan „Yigʻindi gaplar“ hajviyasidagi tanqidiy mulohazalari uchun „aksilinqilobiy harakat qilganlik“da ayblanib qamoqqa olinadi, turli boʻxtonlar bilan sudlanadi. Sudda u mardona turib oʻz shaʼnini himoya qiladi. „Obid ketmon“ qissasi ham shoʻro mafkurachilariga maʼqul kelmaydi, keskin tanqidga uchraydi; „ideologik buzuqliklar va xatolar“ga toʻla, „siyosiy tutruqsiz“ asar sifatida baholanadi. Yozuvchining tarixiy romanlari esa asosiy pafosi – millat taqdiri, birligi, el-yurt qaygʻusi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar boʻlib chiqdi. Millat ruhini yorqin aks ettirgan, xalqning, oʻzga millat kitobxonlarining sevimli asarlariga aylangan bu romanlar shoʻro davri siyosati uchun zararli kitoblar sifatida bot-bot qoralandi. 30-yillar oʻrtalariga kelib, bu mashʼum kampaniya avjiga chiqdi. Nihoyat, Abdulla Qodiriy 1937 y. 31 dekabr kuni xibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi soʻroq-tergov, qiynoq, xoʻrlikdan soʻng Choʻlpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy xibsga olingach, asarlari „zararli“ sanalib oʻtda yoqildi, kutubxonalardan yoʻqotildi, ularni oʻqish taʼqiqlandi. Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991), „Mustaqillik“ ordeni bilan taqdirlandi (1994). Abdulla Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti taʼsis etilgan. Toshkent Davlat Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bogʻiga, respublikaning turli shaharlari ko‘chalariga, respublikamizdagi koʻplab madaniyat muassasalariga uning nomi berilgan. „Oʻtkan kunlar“ va „Mehrobdan chayon“ romanlari asosida kinofilmlar (1969, 1996, 1973) va koʻp seriyali telefilmlar yaratilgan. Oilalarda farzand tugʻilsa, Abdulla Qodiriy romanlari qahramonlari nomlarini qoʻyish rasm boʻlgan. Eng muhimi, Abdulla Qodiriy, uning hayoti, ijodi haqidagi bor haqiqatni aytish, yozish, asarlarini asl holida „tahrirsiz“ chop etish uchun yoʻl ochilgan.