Begali Qosimov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
'''Begali Qosimov''' (1942–2004) – adabiyotshunos. Begali Qosimov 1942-yil 19-dekabrda [[Qashqadaryo]] viloyatining Kasbi tumani Devov qishlogʻida tugʻilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati Oʻzbekiston Milliy umiversiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti bilan bogʻliq: 1958–1963-yillarda talaba, 1963–1968-yillarda aspirant, 1966-yildan oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.
 
== Doktorlik dissertatsiyalari ==
1968 -yili „[[Mirmuhsin Shermuhamedov (Fikriy) va uning adabiy muhiti]]“ mavzuidagi nomzodlik, 1984 -yili „[[XX asr boshi oʻzbek poeziyasi (inqilobiy she'riyatning shakllanishi va taraqqiyoti) masalalari. 1905–1917]]“ mavzuidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi.
 
B.Begali Qosimov oʻzbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari boʻyicha tadqiqotlar yaratgan. Lekin ijodining mohiyatini milliy uygʻonish, maʼrifatchilik adabiyoti muammolari, siymolari ijodi, taqdiri masalalari qiziqtiradi. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol koʻrinadi.
 
U turkiy olamdagi uygʻonish, adabiy aloqalararo bogʻliqlik masalalarini mufassal oʻrgandi va oʻrganmoqda. [[Turkiya]] Otaturk kultur markazi faxriy aʼzosi, [[Turkiya]] Otaturk Arashtirma markazi muxbir aʼzosi (1998). Anqarada nashr etilayotgan 33 jildlik „[[Turk dunyosi adabiyoti]]“ nashrining oʻzbek adabiyoti boʻyicha mutasaddisi.