Begali Qosimov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 8:
Begali Qosimov oʻzbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari boʻyicha tadqiqotlar yaratgan. Lekin ijodining mohiyatini milliy uygʻonish, maʼrifatchilik adabiyoti muammolari, siymolari ijodi, taqdiri masalalari qiziqtiradi. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol koʻrinadi.
 
== Faoliyati ==
U turkiy olamdagi uygʻonish, adabiy aloqalararo bogʻliqlik masalalarini mufassal oʻrgandi va oʻrganmoqda. [[Turkiya]] Otaturk kultur markazi faxriy aʼzosi, [[Turkiya]] Otaturk Arashtirma markazi muxbir aʼzosi (1998). Anqarada nashr etilayotgan 33 jildlik „[[Turk dunyosi adabiyoti]]“ nashrining oʻzbek adabiyoti boʻyicha mutasaddisi.
 
== Ijodi ==
B. Qosimov Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), oʻndan ortiq darslik va qoʻllanmalar, 10 nomda alohida asarlar, 200 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi. Oʻzbekiston Milliy universiteti Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti kafedrasi asoschisi (1993), mudiri. Kafedraning keng xalqaro ilmiy-pedagogik aloqalari mavjud. Olimning asarlari rus, turk, fransuz va tatar tillariga tarjima qilingan.