Rajab oyi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ × [[]]; +Turkum:Yil oylari; +Turkum:Islom using HotCat; -{{no iwiki}}
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Qaytarildi Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
'''Rajab oyi''' — [[musulmon]]larning [[hijriy yil hisobi|hijriyqamariy yil hisobi]]da 7-[[oy (vaqt birligi)|oy]]ning [[arab tili|arabcha]] [[nom]]i. 30 [[kun]]ga teng . [[Arabiston yarim oroli|Arabiston ya.o.]]da [[islom]]dan avvalgi — [[johiliya]] davrida [[urush]] [[harom]] qilgan 4 oydan biri ([[zulqaʼda]], [[zulhijja]], [[muharram]] oylari bilan bir qatorda). <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Rajab oyi qamariy oylarning yettinchisi bo‘lib, urush harom qilingan ulug‘ oylardan biri hisoblanadi. Zero, “rajab” so‘zi lug‘atda “ulug‘lash”, “hurmat bajo keltirish” ma’nolarini anglatadi. Johiliyat davri arablari ushbu oyni ulug‘lagani va hurmatlagani bois u “rajab” deb atalgan.
 
Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qilgan: “Ey iymon keltirganlar! Allohning dini alomatlarini, harom oyni, atalgan qurbonlikni, osilgan belgilarni va Robbilaridan fazl va rozilik tilab Baytul-Haromni qasd qilib chiqqanlarni o‘zingizga halol hisoblamang” (Moida surasi, 2-oyat).
 
Ulamolar ushbu oyatdagi “harom oy”dan murod: rajab, zulqa’da, zulhijja va muharram oylaridir, deganlar.
 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ushbu oyatni “Hajjatul vado”da o‘qib, musulmonlarga muborak oylarning hurmati to‘g‘risida so‘zlab berganlar.
 
Rajab oyi kirganda qanday duo qilish to‘g‘risida Anas ibn Molik roziyallohu anhudan quyidagi sahih hadis rivoyat qilingan: “Rajab oyi kirsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Allohumma baarik lanaa fiy rajabin va sha’bana, va ballig‘naa romazona”, (Allohim! Rajab va sha’bon oylarida bizga baraka bergin va bizni ramazon oyiga yetkazgin), der edilar” (Imom Bayhaqiy rivoyati).
 
Demak, rajab oyi kirganda ushbu duoni qilish sunnat hisoblanadi.
 
Rajab oyida muhim tarixiy voqealar yuz bergan. Jumladan:
 
- Nuh alayhissalom to‘fon boshlanganda rajab oyining birinchi kuni kemaga minganlar;
 
- Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ilk vahiy rajab oyida nozil bo‘lgan;
 
- Isro va Me’roj voqeasi ham mashhur qavlga ko‘ra rajab oyida sodir bo‘lgan.
 
Rajab oyi dinimizda ulug‘langan oylardan bo‘lgani uchun unda ko‘proq nafl ro‘za tutishga harakat qilinadi. Usmon ibn Hakimdan rivoyat qilinadi: “Said ibn Jubayrdan rajab oyida shu oyning ro‘zasi haqida so‘radim. U: “Ibn Abbosning: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘za tutar edilar, hatto og‘izlarini ochmasalar kerak, der edik. Og‘izlari ochiq bo‘lardi, hatto ro‘za tutmasalar kerak, der edik”, deyayotganini eshitganman”, dedi”.
 
Ha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam rajab oyida gohida surunkasiga ro‘za tutar edilar, hatto kishilar u kishi og‘izlarini ochmasalar kerak, deb o‘ylab qolishardi. Gohida esa, muntazam og‘izlari ochiq yurganlaridan kishilar endi ro‘za tutmasalar kerak, deb o‘ylab qolishardi.
 
Mujiyba Bohiliyya roziyallohu anhodan, u kishi o‘z otalari yoki amakilaridan rivoyat qiladi: “Uning (otasi yoki amakisi) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga boribdi. So‘ngra esa bir yildan keyin yana holati va ko‘rinishi o‘zgargan holda kelib: “Ey Allohning Rasuli, meni tanimayapsizmi?”, debdi. “Seni nima o‘zgartirdi, oldin chiroyli ko‘rinishda eding?”, debdilar. “Sizdan ajraganimdan so‘ng faqat kechasigina taom yedim”, debdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Nima uchun o‘zingni azobga solding?”, debdilar-da, so‘ngra: “Sabr oyi ro‘zasini tut va har oydan bir kun tut”, debdilar. “Bir oz qo‘shing, mening yetarli quvvatim bor”, debdi. U zot: “Ikki kundan ro‘za tut”, debdilar. “Bir oz ziyoda qiling”, debdi. U zot: “Uch kundan ro‘za tut”, debdilar. “Bir oz ziyoda qiling”, debdi. U zot: “Harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil”, deb uch barmoqlarini buklab-yozib ko‘rsatibdilar” (Abu Dovud, Ahmad va Nasaiy rivoyati).
 
Hadis kitoblarida keltirilgan rivoyatlarda rajab oyida ro‘za tutganlarga ulkan savoblar va’da qilingan.
 
Sahih hadislarda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Me’rojga chiqqan kunlari aniq aytilmagan. Bu borada turli rivoyatlar mavjud. Shunga ko‘ra, Rajab oyining 27-kuni tutiladigan ro‘zaning fazilati ham boshqa kunlarda tutiladigan nafl ro‘zaning fazilati bilan bir xil, degan e’tiqod bilan nafl ro‘za tutish mumkin. Ammo ushbu kunni xoslab ro‘za tutish bid’at hisoblanadi. Bu haqida ulamolar: “Kimki Rajab oyining 27-kechasini alohida e’tibor bilan nishonlasa, bid’at ishga qo‘l urgan bo‘ladi”, deganlar.
 
Ayrim joylarda vafot etgan yaqinlarini xotirlab rajab oyida jonliq so‘yib ehson qilishga, hech bo‘lmaganda kichikroq dasturxon tuzab “is” chiqarishga harakat qiladilar. Bu ishga xuddi dinimizda ado etish buyurilgan muhim amaldek alohida e’tibor qaratadilar. Biroq bu kabi marosimlarni o‘tkazishning hech qanday diniy asosi yo‘q. Zero, o‘tganlarning ruhini shod etish ma’nosida ehson qilish biror bir oyga xoslab qo‘yilgan amal emasdir.
 
== Manbalar ==