Eron: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
rvxwiki lta
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Eron_info}}
 
'''Eron Islom Respublikasi''' ({{lang-fa|جمهوری اسلامی ایران - Jomhuri ye Eslāmi ye Irān}}), qisqacha '''Eron''' ({{lang-fa|ایران - Irān}})  — [[Gʻarbiy Osiyo]]dagi mamlakat. Poytaxti — [[Tehron]] shahri. Maydoni 1 648, 95 km², aholisi soni 79 115 000 kishi ([[2016]]). Pul birligi — [[Eron riali]]. [[Eronning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi|Maʼmuriy jihatdan]] [[Eron ustonlari|31 ta ustonga]] boʻlinadi. Yirik shaharlari: [[Mashhad]], [[Karaj]], [[Tabriz]], [[Sheroz]], [[Isfahon]], [[Ahvoz]].
 
Gʻarbdan [[Iroq]] ([[Kurdiston|Kurdiston viloyati]]), shimoli-sharqdan [[Armaniston]], [[Ozarbayjon]] va [[Turkiya]] bilan, shimoldan [[Turkmaniston]], sharqdan [[Afgʻoniston]] va [[Pokiston]] bilan chegaradosh. Eron hududi shimol tomondan [[Kaspiy dengizi]], janubdan [[Hind okeani]]ning [[Fors qoʻltigʻi|Fors]] va [[Ummon qoʻltigʻi|Ummon]] koʻrfazlari bilan yuviladi.
 
Eron qadimiy qoʻlyozmalarga koʻra qariyb besh ming yillik boy tarixga ega. Ushbu mamlakat hududidagi ilk davlat — [[Elam]], eramizdan avvalgi 3-mingyillikda Eronning hozirgi [[Xuziston ustoni]] hududida vujudga kelgan.
 
Amaldagi konstitutsiyasi 1979 yil 2—5 dekabrdagi referendumda tasdiqlangan, keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiya boʻyicha davlatning oliy rasmiy shaxsi  — Eron Islom Respublikasi Rahbari (1989 yildan Said [[Ali Xomanaiy]]). Undan keyingi oliy rasmiy shaxs  — prezident (2005 yildan Mahmud Ahmadiy Najod). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Islomiy Kengash majlisi (parlament), ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 23:
Eron Old Osiyo togʻligi mintaqasining [[sharq]]iy [[qism]]ida joylashgan va Eron togligining gʻarbiy qismini egallagan. Eron shimolda Kaspiy dengiziga tutash, janubida Fors va Ummon qoʻltiqlari bilan oʻralgan (ushbu qoʻltiqlardagi Keshm, Xoʻrmuz, Xark va boshqalar orollar Eronga tegishli). Sohillari pasttekislik, ayrim joylari mangra chakalakzorlari bilan qoplangan. Yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi togʻli. Mamlakat hududining chekkalarida Shimoliy Eron, Sharqiy Eron va Janubiy Eron togʻlari joylashgan. Eron togʻlari orasida [[Elburs]] togʻlari (Damovand choʻqqisi Eronning eng baland nuqtasidir, 5604 m) va TurkmanistonXuroson togʻlari alohida ajralib turadi. Eronning janubiy gʻarbida Zagros togʻ tizmasi joylashgan. Chekka tizmalar oralarida 1000–2000 m balandlikdagi yassitogʻliklar bor. Eronning gʻarbida, Armaniston togʻligida soʻngan vulkanlar, ichki yassitogʻliklarda choʻl va [[landshaft]]li botiklar mavjud. Eronning janubiy sohilini Garmsar tekisligi egallagan. Eron neft va gaz zaxiralariga boy. Toshkoʻmir, temir va xrom rudalari, noyob elementlar, polimetall va mis rudalari, boksit, oltingugurt, surma, barit, tuz konlari va boshqalar bor.
 
Iqlimi. Eron hududining katta qismida suptropik, kontinental, Fors va Ummon qoʻltiqlari sohillarida tropik iqlim; yozi issiq, qishi shimolida sovuq, janubida iliq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Tehronda 2’, Jasq shahri (Ummon qoʻltigʻi sohilida)da 19°; iyulniki xuddi shu joylarda 29 va 32°. Oʻrtacha yillik yogʻin 500 mm dan kam, faqat Elburs togʻlari yon bagʻirlarida 2000 mm gacha, Seyiston botigʻida 5060 mm. Eronda daryo kam. Yirik daryolari: Qorun, Safedrud, Atrek, Araks, Hilmand, Shatt ulArab. Faqat Qorun daryosida kema qatnaydi. Togʻ oraligʻidagi botiqlarda oqmas koʻllar (Urmiya, Daryochai Namak va boshqalar) bor. Togʻ oldi tekisliklaridagi boʻz tuproklarda choʻl oʻsimliklari, togʻlardagi qoʻngʻir tuproqlarda dasht oʻsimliklari oʻsadi. Pastliklar shoʻrxok. Elburs togʻlarining shimoliy yon bagʻri keng bargli oʻrmon bilan qoplangan. Eronning janubidagi qizil tuproqlarda savanna turidagi oʻsimliklar oʻsadi. Daryo vodiylari oʻtloq, tuprogʻi allyuvial. Eronning hayvonot dunyosi xilmaxil. Togʻlarda quyon, chiyaboʻri, togʻ echkisi, yoʻlbars, qoplon, jayra, vodiylarda tulki, boʻri, sirtlon, bugʻu, boʻrsiq va boshqalar yashaydi. Mamlakat markazidagi tekislikda kaklik, Fors qoʻltigʻi sohillarida saqoqush va qizil gʻoz, Kaspiy dengizida qimmatbaho baliq turlari  — osyotr va beluga koʻp. Milliy bogʻlari: Kevir, Guliston, Urmiya, Markaziy Elburs va boshqalar
 
== Aholisi ==
Qator 35:
 
=== Milliy tarkibi ===
Eronda 30 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholisining 75  % dan oshigʻini [[eroniy tillar]] va [[eroniy xalqlar]] guruhiga kiruvchi xalqlar: [[forslar]], [[kurdlar]], [[lurlar]], [[mozandaronlar]], [[Gilaklar|gilaklar]], [[Balujlar|balujlar]], [[Tolishlar|tolishlar]], [[baxtiyoriy]]lar, [[Pushtunlar|pushtunlar]], [[tojik]]lar va boshqalar tashkil etadi. [[Turkiy tillar]] va [[turkiy xalqlar]] guruhiga kiruvchi [[ozarbayjon]]lar va [[turkman]]lar, shuningdek boshqa millatlardan, [[arablar]], [[arman]]lar, [[Ossuriylar|ossuriyaliklar]], [[gruzinlar]], [[loʻlilar]] va boshqalar ham yashaydi. Ushbu millatlarning 65 % dan oshigʻini forslar, taxminan 15 % ozarbayjonlar, 10 % kurdlar, 6 % lurlar, 2 % arablar, turkmanlar 2 %, boshqalar 3 %.
 
=== Diniy tarkibi ===
Qator 43:
Eron hududida odamzod ilk paleolit davridan yashaydi. Eronliklar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar Ossuriya yozma yodgorliklarida keltirilgan. Miloddan avvalgi 834-yilda shoh Salmanasar IIIning sharqqa qilgan yurishini tavsiflovchi mixxat yozuvlarida qadimiy [[fors tili]]da soʻzlashuvchi xalqlar istiqomat qilgan Parsua mamlakati qayd etilgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik boshida Eronning janubi-gʻarbida dastlab shahardavlatlar, keyinroq [[Elam]] davlati paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 2-ming yillik davomida Eron hududiga hind-eron tillarida soʻzlashuvchi hind-yevropa qabilalari kirib kela boshlagan.
 
Eronning hozirgi nomi oʻsha xalqlar  — [[oriylar]] nomi (qadimiy eroncha aguapa  — „oriylar mamlakati“) dan olingan. Bu davrda Eron hududining bir qismi Ossuriya hukmronligi ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi taxminan 673—672-yillarda Ossuriyaga qarshi koʻtarilgan gʻalayon natijasida Eron togʻligining shimoli-gʻarbiy qismida [[Midiya]] davlati paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 550-yil Midiya va Forsiya qirolligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan urush (553— 550)dan soʻng hokimiyat [[Axomaniylar]] sulolasi qoʻliga oʻtdi. [[Yunonlar]], keyinchalik [[Yevropa]]ning boshqa xalqlari Forsiya nomini mamlakatning barcha qismiga taalluqli deb bilib, uni Forsiya (Persiya) deb atay boshlaganlar (Yevropa adabiyotida bu nom 1935 yilgacha saqlanib kelgan). Gʻarb bilan Sharq oʻrtasidagi savdo yoʻllarida oʻz hukmronligini oʻrnatish maqsadida Axomaniylar Yunoniston bilan urush olib bordilar. Miloddan avvalgi 330 yil Axomaniylar davlati Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchradi. Uning oʻlimidan soʻng Eron Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Miloddan avvalgi 3-asr hozirgi Eron va Turkmaniston chegaralarida Parfiya qirolligi vujudga kelib, miloddan avvalgi 2-asr oʻrtalarida Eronning barcha hududi uning tarkibida boʻlgan. Miloddan avvalgi 1-asrdan Parfiya Rim bilan uzoq muddatli urushga kirdi. Milodiy 224 yil Parfiya qaramogʻidagi Forsiya hukmdori Ardasher I Parfiyaning soʻnggi qiroli Artaban V ni urushda yenggach, Sosoniylar davlatit* tuzdi. Sosoniylar hukmronligi davrida 3-asr oʻrtalarida moniylik, 5-asr oxirlarida mazdakiylik paydo boʻddi. 7-asrda Eronni arablar bosib oldi va u Arab xalifaligi tarkibiga kirdi. Eronda islom dini tarqalib, 10-asrda aholining koʻp qismi unga eʼtiqod qilaboshladi. 9—10-asrlarda Eron hududida noibliklar vujudga keldi. 900 yilda Xuroson va butun Sharqiy Eron Somoniylar qoʻl ostiga oʻtdi, soʻng Sharqiy Eron Oʻrta Osiyoning bir qismi va hozirgi Afgʻoniston hududi bilan birgalikda Gʻaznaviylar davlati tarkibiga kirdi. 11-asrda Eronga turkiy qabila (oʻgʻuz)lar kirib keldi. Ulardan biri  — saljuqiylar gʻaynaviylar qoʻshinini tormor qilib, Eronni va unga qoʻshni mamlakatlarni bosib oldi va Saljukiylar davlatini tuzdi. 12-asr boshlarida Saljuqiylar davlati parchalanib, qator sultonliklar paydo boʻldi. 12-asr oxirida Eron Xorazmshohlar davlatita qoʻshib olindi. 1220—56 yillarda Eronni moʻgʻullar bosib oldi va 14-asrning oʻrtalarigacha Hulokuiylar davlati tarkibida boʻldi. 14-asrning 30—80-yillarida Xurosonda moʻgʻul va mahalliy zodagonlar zulmiga qarshi Sarbadorlar koʻzgʻolonlari, 1350 yil Mozandaron va Gilonda Saidlar harakati boʻlib oʻtdi, natijada sarbadorlar va saidlar davlati paydo boʻldi. 16-asr boshida Eronning barcha qismi Safaviylar qoʻliga oʻtdi. 1502 yil shia mazhabi davlat dini deb eʼlon qilindi. 17-asr, oxiri  — 18-asr boshlarida mamlakatning turli qismlarida zodagonlarga qarshi gʻalayonlar, shuningdek, asoratga solingan afgʻon, turkman, kurd, ozarbayjon va boshqalar xalqlarning ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Afgʻon qabilalarining 1709—22 yillardagi qoʻzgʻolonlari natijasida 1722 yil ular Safaviylar poytaxti boʻlmish Isfahonni egalladilar. Afgʻon xonlarining hukmronligiga qarshi xalq harakati boshlanib ketdi. 1723 yil Eronning shimoli-gʻarbiy va markaziy viloyatlariga bostirib kirgan turklar quvib chiqarildi. Erondavlati Nodirshoh rahbarligida juda katta imperiyaga aylandi. 1747 yil fitna natijasida shoh oʻldiriddi va Eron davlati parchalanib ketdi. 18-asr oxirida zand va qojar xonlari oʻrtasida uzoq davom etgan kurashdan keyin Eronda Qojarlar sulolasi oʻrnatiddi. 18-asr oxiridan Eron Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik obʼyektiga aylandi. 19-asrdagi RossiyaEron urushlari natijasida muqaddam Eron bosib olgan Kavkaz orti hududlari Rossiyaga oʻtdi. 19-asrning 50-yillari oʻrtalarida mamlakatda ijtimoiyziddiyatlarning kuchayishi Bobiylar qoʻzgʻolonlarit oʻz aksini topdi. 19 a. 60-yillari  — 20-asr boshlarida Eron asosan, Buyuk Britaniya va Rossiyaning yarim mustamlakasiga aylandi. 19-asr oxiridan zulm va ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi 1905—11 yillardagi Eron inqilobining boshlanishiga zamin yaratdi. Natijada konstitutsiya eʼlon qilindi, parlament (majlis) chaqirildi. 1911 yil oxirida Eron inqilobi Angliya va Rossiya tomonidan bostirildi. Birinchi jahon urushi yillari (1914— 18)da Eron urushga kirgan davlatlarning harbiy harakatlari maydoniga aylandi. 1919 yil Eron Buyuk Britaniya tomonidan bosib olindi. Mamlakatda milliy ozodlik kurashi avj oldi. Eron Ozarbayjoni (1920), Gilon va Mozandaron (192021), Xuroson (1921)da kuchli milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtdi. 1921 yil 21 fevralda oʻng kuchlar Rizoxon qoʻmondonligi ostida davlat toʻntarishini amalga oshirdilar. Said Ziyovuddin rahbarligidagi yangi hukumat (ushbu hukumat tarkibida Rizoxon harbiy vazir boʻlgan) demokratik harakat yoyilib ketmaslik choralarini koʻrdi va jamoat tazyiqi ostida 1919 yilgi Angliya—Eron bitimini bekor qildi. 1925 yil 12 dekabrda Taʼsis majlisi Rizoxonni Rizoshoh Pahlaviy nomi bilan Eron shohi deb eʼlon qildi. 1930-yillarning oʻrtalaridan Eron Germaniya bilan aloqalarini kuchaytira boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1941 yil avgustda) Eron hududiga sovet va ingliz qoʻshinlari kiritildi (1945 yil oxiri  — 1946 yil mayda olib chiqib ketildi). 1941 yil 16 sentyabrda Rizoshoh taxtdan voz kechdi va uning oʻrniga oʻgʻli Muhammad Rizo Pahlaviy oʻtirdi. 1943 yil 9 sentyabrda Eron Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi, lekin harbiy harakatlarda qatnashmadi. 1945—46 yillar Eronda kuchli antiimperialistik va demokratik harakatlar avj oldi. Hukumat AQSH va Buyuk Britaniya yordamiga tayanib, bu harakatlarga chek qoʻydi. 1960-yillarning boshlarida mamlakatda ijtimoiy va ichki siyosiy vaziyat keskinlashdi. Shoh hukumati monarxiya tuzumi va harbiy qudratini mustahkamlash maqsadida islohotlar oʻtkazishga kirishdi (agrar islohotlar oʻtkazildi, maorif va sogliqni saqlash tizimini yaxshilashga oid ayrim tadbirlar amalga oshirildi). Ammo shoh tuzumining reaksion ichki siyosati, gʻarbparastligi Eronda islom dinining fundamental qadriyatlarini tiklashga intiluvchi ruhoniylarning keskin qarshiligiga uchradi. 1979 yil fevralda monarxiyaga qarshi inqilob natijasida shoh tuzumi agʻdarildi. Inqilobga surgundan qaytgan shialar yetakchisi oyatullo Humayniy (1964 yil mamlakatdan surgun qilingan) rahbarlik qildi. Muhammad Rizo Pahlaviy mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1979 yil 1 apreldan mamlakat rasmiy ravishda Eron Islom Respublikasi deb nomlandi. 1979 yil oxirida Eron bilan Iroq oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Eron bilan Iroq oʻrtasida Shatt ulArab daryosi boʻylab oʻtgan chegara xususidagi janjal qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. 8 yil davom etgan bu mojaro ikki tomonni ham holdan toydirdi. Humayniy vafotidan soʻng (1989) hokimiyat tepasiga kelgan yangi hukumat bir qancha ijobiy islohotlarni amalga oshira boshladi, tashqi siyosatda Eronni xalqaro miqyosda yakkalanib qolish holatidan chiqarish yoʻlini belgiladi.
 
Eron 1945 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 yil 25 dekabrda tan olgan va 1992 yil 10 mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami  — 11 fevral  — Islom inqilobi kuni (1979).
 
== Siyosiy partiya va tashkilotlari ==
Qator 51:
 
== Iqtisodiyoti ==
Eron  — neft sanoati rivojlangan agrar industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi 21,3  %, sanoat 32,7  % (jumladan, neft va gaz qazib olish 18,7  %)ni tashkil etadi.
 
Sanoatida neft, gaz, koʻmir, xrom, qoʻrgʻoshinrux, mis, marganets va temir rudalari qazib olish katta ahamiyatga ega. Yiliga oʻrtacha 85 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi korxonalari bor. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik, oziqovqat, toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Hunarmandchilik (gilam toʻqish, metall buyumlar tayyorlash) bilan ham shugʻullaniladi.
 
Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʻi hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi  — dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekini  — bugʻdoy; shuningdek, arpa, sholi, dukkakli don ekinlar ekiladi. Bogʻdorchilik (oʻrik, shaftoli, anjir, pista, xurmo, behi, anor, sitrus mevalar, yongʻoq va boshqalar), tokchilik, sabzavotchilik va polizchilik bilan mamlakatning hamma qismida shugʻullaniladi. Paxta ekiladi, qand lavlagi, shakarqamish, tamaki yetishtiriladi, choy oʻstiriladi. Chorvachiligida qoʻy, echki, qoramol, eshak, tuya, ot, xachir boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Pillachilik bilan shugʻullaniladi. Fors qoʻltigʻi va Kaspiy dengizida baliq ovlanadi.
 
YUNESKO tomonidan qayd etilgan dunyo sivilizatsiyasi merosiga oid 12 tarixiy yodgorlikning 3 tasi Eronda joylashgan. 2001 yil Eronni 1402160 xorijiy sayyoh ziyorat qildi, xorijiy sayyohlikdan tushgan daromad 1,112 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Pul birligi  — rial.
 
== Maʼmuriy-hududiy boʻlinishi ==
Qator 84:
 
== Transporti ==
Transport yoʻlining uz. 7,3 ming km. Ichki yuklarning asosiy qismi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻllarining uz. 167 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 8345 ming t dedveytni tashkil etadi. Fors qoʻltigʻidagi asosiy portlari: BandarAbbos, BandarHumayniy, Bushir, Xark, Obodon, BandarMohshahr; Kaspiy dengizida  — Enzeli, Novshahr, Amirobod. Tehron, Sheroz, Isfahon, BandarAbbos, Obodon, Tabrizda xalqaro aeroportlar bor.
 
Eron chetga neft va neft mahsulotlari, gilam, gaz, paxta, meva, teri, metall buyumlar chiqaradi; chetdan oziq-ovqat, mashina va jihozlar, sanoat xom ashyosi oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Kuvayt, BAA va boshqalar mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Eronda xorijiy sayyohlik rivojlangan.
Qator 93:
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
=== Boshlangʻich va oʻrta taʼlim ===
Eronda 5 yillik bepul majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilingan. Ikki bosqichdan iborat 7 yillik oʻrta maktab taʼlimi mavjud. Mamlakatda savodxonlik koʻrsatkichi 85,0  % dan ziyodroq va ushbu koʻrsatkich yildan-yilga yaxshi tomonga oʻzgarmoqda. [[2004-yil]] maʼlumotlariga koʻra, oʻsh yilgi oʻquv yilida mamlakatdagi maktablarda 17 million 196 ming 588 oʻquvchi taʼlim olgan va ushbu koʻrsatkich Eron aholisining tez suratlarda oʻsishi natijasida keskin oshmoqda. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari pedagogik bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari [[Tehron universiteti]] qoshidagi pedagogika institutida tayyorlanadi.
 
=== Oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtlari, muzeylar ===
Qator 105:
 
== Meʼmorligi ==
Eron hududidagi meʼmoriy yodgorliklar uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Eronda neolit davriga oid paxsadan qurilgan turar joylar (Koshon yonidagi TepeSialk, Sheroz yaqinidagi TaliBakun) topilgan. Midiya qirolligi davri (miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmi)da uning poytaxti Ekbatana atrofida (hozirgi Hamadon) istehkom devorlari barpo etilgan. Axomaniylar davrida saroy meʼmorligi keng rivoj topdi (Pasargada, Persepolis, Suzadagi saroy majmualari). Axomaniylar saroy meʼmorlik uslubiga hashamatlilik, hayvon haykalchalari bilan bezatilgan baland ustunlar xos. Asosiy qurilish materiallari  — xom gʻisht, tosh va yogʻoch. Toʻrtburchak shaklidagi zardushtiylik ibodatxonalari ham shu davrga mansub meʼmoriy yodgorlik hisoblanadi. Parfiya qirolligi davrida hovli tomoni ochiq ayvonli saroylar qurilgan. Sosoniylar davrida shaharlar tez surʼatlar bilan barpo etila boshlandi. Shaharlar doirasimon yoki toʻgʻri toʻrtburchak tarhli qilib, qalin devor bilan oʻraldi. Bino qurilishida tosh, pishiq gʻisht, yogʻoch ishlatilgan, tom qismi esa yoysimon shaklga ega boʻlgan. Keyinchalik gumbazlar paydo boʻlgan. Sosoniylar davri saroylariga hashamatli ayvon va baland ustunlar xos. Eronning arablar tomonidan zabt etilishi (7-asr) meʼmorlikda yangi uslubdagi binolarning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu davrda koʻplab karvonsaroy, masjid, minora, maqbara, tim, madrasa va hammomlar qurildi. Devor bilan oʻralgan qoʻplab shaharlar barpo etildi. Shaharning 4 darvozasini bogʻlovchi 2 asosiy xiyobonning kesishgan nuqgasi saroy, bozor va masjid joylashgan markaziy maydonni tashkil etdi. Baʼzi hollarda shahar markazida ark barpo etildi. 12-asrga kelib masjid qurilishida Eronga xos uslub paydo boʻldi (toʻrt tomoni ayvon va boloxonalar bilan qurshalgan hovli hamda gumbazli bino). Masjid yonida yuqori qismi torayib boruvchi aylana minora qad koʻtardi. Bu paytgacha minoralar sakkiz burchak shaklida qurilgan. 13—14-asrlar oʻrtalarida Eronda madrasa, masjid, xonaqoh va minoradan tarkib topgan yaxlit ansambllar paydo boʻldi. Eron Temuriylar davlati tarkibiga kirgan davr (14—15-asrlar)da meʼmorlikda gumbazlarni koʻk koshin bilan bezash odat tusiga kirdi. Masjid, madrasa va boshqalar binolarning old qismiga koshinlardan rangli zeb berildi (Mashhaddagi Gavharshod begim masjidi, 1405—18, meʼmor Qavomiddin Sheroziy). 14—16-asrlarda shahar qurilishi avj oldi, shahar ansambllari (Yangi Isfahon) bunyod etildi, saroylar devoriy rasmlar, mozaika bilan bezatildi (Isfahondagi Ali Qopu, Chehel Sutun saroylari, Qazvindagi saroylar). Safaviylar davriga kelib, Eron meʼmorligida hashamatlilikka keng oʻrin berildi, binolarni murakkab va koʻrkam naqshlar bilan bezash, ulkan favvoralar qurish rasm boʻldi. Shaharlarda muhtasham majmualar qurish rejasi hayotga tatbiq etildi. Isfahondagi Shoh maydoni atrofida barpo etilgan saroy, masjid, karvonsaroy va bozor yaxlit meʼmoriy ansamblni tashkil etdi. 18—19-asrlarda yuz bergan iqtisodiy inqiroz Eronda qurilish koʻlamining keskin kamayishiga olib keldi. 20-asrga kelib, Eron meʼmorligida yangi shakldagi binolar paydo boʻldi (Tehrondagi universitet binosi, 1930-yillar; Tehron yaqinidagi „Xilton“ mehmonxonasi, 1962). Turar joy, ijtimoiy maskanlar, sanoat majmualari, koʻpriklar qurilishida. oyna, metall va temirbeton konstruksiyalar keng qoʻllandi. Eron meʼmorlari binolarni barpo etishda zamonaviy meʼmorlik uslubi va milliy anʼanalardan foydalandilar (Hamadondagi Ibn Sino maqbarasi, 1952; Mashhaddagi Nodirshoh maqbarasi, 1961; Nishopurdagi Umar Xayyom qabri ustiga qurilgan pavilonrotonda, 1963).
 
== Tasviriy sanʼati ==
Eron sanʼati 8 ming yil davomida shakllanib kelgan. Eron hududidan topilgan gʻorlardagi odam, hayvon, oʻsimlik va ov qurollarining devoriy rasmlari tasviriy sanʼatning ilk namunalari sifatida eʼtirof etiladi. Miloddan avvalgi 12—7-asrlarga oid qabrlardan qimmatbaho metalldan ishlangan badiiy bezak buyumlar, bronza haykalchalar topilgan. Axomaniylar davrida kumush va oltindan yasalgan idishlar, zargarlik buyumlari, tamgʻa, tangalar kandakorlik bilan bezatilgan. Sosoniylar davri tasviriy sanʼatida haykaltaroshlik asosiy oʻrin egalladi (Mozandarondagi bronza byustlar), 9—13-asrlarda amaliy bezak sanʼati rivojlandi. Nishopur, Koshon, Sultonobod kabi shaharlar kulollik markazlari sifatida shuhrat qozondi. Har xil rangli shishalardan idish va buyumlar tayyorlandi. Eron milliy sanʼatining asosiy turlari (gilamchilik, sopol idishlarga chizilgan naqshlar, xattotlik) arablar bosqiniga qadar shakllandi, biroq oʻzining yuksak choʻqqilariga islom dini davrida erishdi. Eron tasviriy sanʼatiga geometrik shakllar, oʻsimlik naqshlari, afsonalardan olingan lavhalar, hayvonlar tasviri xosdir. Gʻarbda fors tasviriy sanʼati miniatyura sifatida tanilgan. Eron rassomlari oʻz asarlarida afsonaviy qahramonlar va shohlarni hamda Eron mumtoz adabiyoti asarlaridagi lavhalarni mohirlik bilan aks ettirdilar.
 
Qurʼon matnlarini bezash sanʼati yuksak choʻqqilarga koʻtarildi. Eron Arab xalifaligi tarkibiga kirgandan soʻng xattotlik sanʼati rivojlandi. Bu sanʼat turining rivojlanishi Temuriylar davriga toʻgʻri keddi. Xattotlikning mohir ustasi Mir Eʼmod Hasaniy Seyfi Gʻaznaviy (1617 yil vafot etgan) boʻlgan. Qojarlar sulolasi hukmronligi davrida xattotlikning „shikastanastaʼliq“ shakli ravnaq topib, hozirgi qunga qadar qoʻllaniladi. 15—17-asrlar miniatyura sanʼatining rivojlanish davri hisoblanadi. Tabriz va Isfahon miniatyura maktablari shuhrat qozondi (yana q. [[Tabriz miniatyura maktabi]], [[Isfahon miniatyura maktabi]]). Bu davrda yaratilgan miniatyura asarlari naqshga boy boʻlib, ranglar jilosi va nafisligi bilan ajralib turadi. Eron miniatyuralarida realizm yoʻnalishi ham keng oʻrin olgan. Ushbu uslubning yorqin namoyandasi Rizo Abbosiynit asarlarida urush lavhalari, ayollar siymosi aks ettirilgan. Uning yaratgan miniatyuralari Isfahondagi Chehel Sutun va Ali Qopu saroylari devorlarida muhrlanib qolgan. 19-asrda Eron miniatyura sanʼati gʻarb madaniyati taʼsiri ostida inqirozga uchradi. 20-asr boshlarida Eron rassomligida realizm yoʻnalishi katta oʻrin egalladi. Haykaltaroshlik, rassomlik sanʼati va fafika (ayniqsa, kitob bezagi, reklama plakatlari) yuksala boshladi. Hasan Ali Vaziriy, Muhsin Muqaddam, Abulqosim Sodiqiy kabi rassom va haykaltaroshlar oʻz asarlarida oddiy xalq hayotidan olingan lavhalarni aks ettirdilar. 1920 yil Kamol ulMulk Tehronda rassomlik va haykaltaroshlik maktabini tashkil etdi. Zamonaviy tasviriy sanʼat milliy maqtabining asoschilaridan biri Akbar Tajvidiy (1925—95)dir. Hozirgi davrda tasviriy sanʼat anʼanalarini Eronning mashhur rassomlari M. Farshchiyon, A. Rustamiyon, P. Kalontariy, Yo.Tabotaboiy, Otashzod va boshqalar davom ettirmoqdalar. Tasviriy sanʼatda modernizm uslubi rivojlandi. 1959 yil Tehronda Bezak sanʼati oliy maktabi ochildi. Xalq sanʼatida yogʻoch, suyak, sadaf oʻymakorligi, kandakorlik rivojlangan (markazi  — Isfahon va Sheroz). 2000 yil Eron Badiiyot akadimyasi tashkil etilgan. Islom madaniyati va tasviriy sanʼati boʻyicha turli yirik xalqaro badiiy koʻrgazmalar, xattotlar tanlovlari oʻtkazish keng tus olgan.
 
== Musiqasi ==
Eronning mumtoz va xalq musiqasi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. qadimiy davr musiqasi haqida maʼlumotlar saqlanmagan, ammo musiqiy cholgʻu va ohanglar Eron musiqa madaniyatining Mesopotamiya musiqiy anʼanalari bilan chambarchas bogliqligini koʻrsatadi. Xalq musiqasida tasnif, tarona, qasida, gʻazal, dastgoh keng tarqalgan. Eron milliy musiqa cholgʻulari: nay (nayilabak, „haft band“, nayianbon), surnay, kamoncha, qonun, setor, rubob, borbat, tor, santur, doira, toʻnbak. 6-asrga kelib saroy sanʼati, bastakorlar ijodi (Borbat va boshqalar) ravnaq topdi, xalq orasida mutriblar (xonandaraqqos) shuhrat qozondi, musiqa nazariyasi shakllandi. Arab istilosi davrida Eron musiqasi arabmusulmon madaniyati taʼsiriga uchradi, bir vaqtning oʻzida arab hamda fors musiqasi unsurlarini oʻzlashtirdi. 13-asrda bastakor, musiqa nazariyotchisi Safiuddin alUrmaviy mashhur boʻldi. 19-asrning 2-yarmidan boshlab Eron musiqasiga Yevropa musiqasi taʼsir koʻrsatdi, Tehronda Shoh kolleji qoshida Yevropa uslubidagi musiqa maktabi ochildi. 20-asrning 20-yillarida bastakor, Tehron universiteti professor Ali Naqi Vaziriy milliy musiqa taʼlimini yoʻlga qoʻydi, musiqa nazariyasiga oid asar yaratib, musiqa maktabi ochdi. 30-yillarning boshlarida Tehronda Oliy musiqa maktabi (40-yillarda konservatoriyaga aylantirildi)oʻz ishini boshladi, filarmoniya jamiyati (1940), X.Sanjariy rahbarligida simfonik orkestr (1946) tashkil topdi. A. Vaziriy, A. Sabo, A. Rashidiy kabi kompozitorlar mashhur boʻlgan. Hozirgi kunda Eronda, asosan, folklor guruhlari, milliy cholgʻu ansambllari mavjud. Shu bilan birga 20-asr oxirlaridan milliy va Yevropa ohanglarini uygʻunlashtirgan estrada va orkestr ijrosiga ham katta eʼtibor berilmoqda. 1968 yildan Sherozda milliy sanʼat festivallari oʻtkazib turiladi. Musiqa sanʼatini rivojlanishiga Mirzo Abdullo, Darveshxon, Mahmud Karami, Faromirzo Poydur, Abu alHasan Sabo katta hissa qoʻshgan, hozirda Husayn Malik, Tohir Zoda, Shahnoz, Shojarayon kabi sanʼatkorlar mashhur.
 
Teatr sarchashmalari qadimiy marosimlardan boshlanadi. Baʼzi manbalarda qadimiy „bozigar“ (oʻrta asrlardagi masxarabozlar teatrini eslatadi) teatri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saqlanib qolgan. Eronda pantomima, koʻgʻirchoq va soya teatrlari qadimdan mashhur. Oʻtmishda niqoblar namoyishi va marosim („sade“) tomoshalari uyushtirilgan. 10-asrdan boshlab imom Husayn vafotiga bagʻishlangan diniy yoʻnalishdagi sahnalar qoʻyilgan. 17—18-asrlarda fors tragediyasi turlaridan biri  — taʼziya vujudga keldi. 20-asrning 30-yillariga qadar Eronda masxarabozlar teatri mavjud boʻlgan. 1890 yil Tehronda saroy teatri tashkil topdi. 20-asr boshlarida Eronda „Farhang“ („Madaniyat“) teatr hissadorlik jamiyati taʼsis etildi. 1911 yil Eron milliy teatriga, 1917 yil Yevropa uslubidagi Eron komediya teatriga asos solindi. 1929 yildan boshlab Eron teatrlarida ayollar faoliyat koʻrsata boshladi. 1932 yil rassom S. Kermonshohiy Tehronda teatrstudiya tashkil etdi. Ushbu maskan mamlakatning ilgʻor teatr sanʼati markaziga aylandi. 1930—40 yillar teatrlarda, asosan, Yevropa dramaturglarining asarlari sahnalashtirildi. Eron teatr sanʼatining yuksalish davri 1960 yillarga toʻgʻri keldi. 1963 yil Tehronda professional aktyorlarni tayyorlovchi drama studiyasi tashkil etildi, doimiy teatr gu. .ruhlari, jumladan „Bugungi teatr“ (rahbari M. Jafariy) va Milliy truppa (rahbari M. Javonmard) paydo boʻldi. 1968 yildanSherozda har yili teatr festivali oʻtkaziladi. 1979 yilga qadar Eronda varyete teatri ham mavjud boʻlgan. Islom inqilobidan soʻng teatr sanʼati inqirozga yuz tutdi. Hozirgi kunda diniy ruhdagi spektakllarni sahnalashtirish uchun ruxsat berilgan. Ayollarning teatrda faoliyat koʻrsatishi man etilgan.
 
== Kinosi ==
1920 yilda Tehronda birinchi kinoteatr ochildi. 1930 yil komediya janridagi ilk badiiy film yaratildi. 1934 yil dastlabki ovozli film suratga olindi. 1946 yil „Mitrafilm“ (1948 yildan „Forsfilm“) kinostudiyasi tashkil etildi. 1950-yillarda suratga olingan „Port oʻgʻrisi“ filmi mamlakatning eng mashhur kino asariga aylandi. 60-yillarning oxiri  — 70-yillarda tarixiy, afsonaviy, muhabbatni tarannum etuvchi film va musiqiy komediyalar, jumladan, „Mozandaron yoʻlbarsi“ (rejissyor S. Xachikiyon), „Intizorlik sohili“ (rejissyor S. Yosimiy) kabi filmlar yaratildi. 1955 yildan Tehronda xalqaro, 1964 yildan milliy kinofestivallar oʻtkaziladi. 1964 yil Kino sanʼatining oliy kengashi tuzilgan. Usha davrning taniqli rejissyorlari I. Kushon, M. Muhsiniy, S. Yosimiy, S. Xachikiyon, Sh. Rafiyo milliy kinematografiyani rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshdilar. 1970-yillarda yiliga 100 dan ortiq badiiy film yaratildi, mamlakatda 500 ga yaqin kinoteatr ishladi. Islom inqilobidan keyingi davrda kino sanʼati inqirozga uchradi. Filmlar ishlab chiqarish hajmi keskin kamaydi (yiliga 30 ta). Mamlakatda aksariyat kinostudiya va kinoteatrlar oʻz faoliyatini toʻxtatdi. 1980—81 yillar boryoʻgʻi 11 film yaratildi. 1980-yillar oxiriga kelib kinematografiya qayta tiklana boshladi. Davlat tomonidan koʻrsatilgan yordam hamda gʻarb filmlariga qoʻyilgan cheklashlar evaziga Eronda oʻziga xos milliy kino yaratildi va iqtidorli kinoartistlar yetishib chiqdi. 1990-yillarning oʻrtalarida Eron filmlari xalqaro miqyosga chiqdi. „Olcha taʼmi“, „Shamol bizni olib ketadi“ (ikkalasining rejissyor A. Kiyorustami), „Qandahor“ (rejissyor M. Maxmalbof), „Ota“, „Osmon bolalari“, „Jannat rangi“ (uchalasining rejissyor M. Majidiy) kabi filmlar Kann, Turin, Berlin va Moskva kino anjumanlarida eʼtiborli sovrinlar sohibi boʻldi. Bu filmlarda davrning ijtimoiy va madaniy muammolari, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar, hayot falsafasi haqqoniy aks ettirildi.
 
== Oʻzbekiston — Eron munosabatlari ==
Qator 124:
 
== Demografiyasi ==
Eron aholisi 70,472,000 kishini tashkil qiladi. Eroning rasmiy tili fors tilidir, ammo Eronning 30  % aholisi turkiy tilli xalqlardan tashkil topgan .
<ref>سیری در تاریخ زبان و لهجه های تؤرکی ، دکتر جواد هیئت</ref>
<ref>ترکان و بررسی تاریخ زبان و هویت آنها در ایران ، حسن راشدی</ref>
<ref>Ahmet Caferoğlu, Türk Kavimleri, Enderun Kitabevi, İstanbul, 1988, s. 64  — 72.</ref>
<ref>فرهنگ جغرافیایی ملی ترکان ایران ، دکتر پناهیان</ref>
<ref>http://tarikhegomshodeh.site88.net/IranTurkleri.jpg</ref>
Qator 135:
 
== Qoʻshimcha Maʼlumotlar ==
* [http://sayokhat.wordpress.com/ Sayoxat znachit puteshestvie]  — Fotografii Irana, Kazaxstana, Uzbekistana, Turkmenistana
 
{{Osiyo mamlakatlari}}