Abdurauf Fitrat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 33:
[[1886]]-yilda [[Buxoro]] shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan, adibning otasi savdogarchilik bilan shug‘ullangan bo‘lib, [[1918]]-yilgacha [[Qashqar]]da turib qoladi. Yosh Abdurauf asosan onasi Mustafo Bibi (Bibijon) tarbiyasida qoladi, undan [[Navoiy]], [[Uvaysiy]], [[Zebunniso]], [[Bedil]], [[Fuzuliy]] kabi yirik shoirlarning g‘azallarini tinglaydi.<ref>http://kutubxona.com/Turkum:Abdurauf_Fitrat</ref><br />
 
Dastlab eski maktabda, keyinchalik, [[Buxoro]]dagi [[Mir-Arab madrasasi]]da tahsil olgan. [[1902]]-[[1903]]-yillarda [[haj]] safariga chiqqan, uni ado etgach [[Arabiston]], [[Anatoliya]] (zamonaviy [[Turkiya]]), [[Kavkazorti]], [[Eron]], [[Afg‘oniston]], [[Hindiston]] bo‘ylab sayohat qilgan. [[1906]]-[[1908]]-yillarda [[Rossiya]]ning [[Qozon]], [[Nijniy Novgorod]], [[Yaroslavl]], [[Moskva]], [[Sankt-Peterburg|Petrograd]] shaharlarida bo‘lgan. <nowiki>XX</nowiki> asr boshlarida bujudga kelgan „[[Tarbiyai atfol]]“ jamiyati ko‘magida [[1908]]-[[1913]]-yillarda [[Istanbul]]dagi [[Voizon madrasasi]]da tahsil olgan va qizg‘in ijod qilgan.<br />
 
[[File:Fitrat Buxoro 1908.jpg|thumb|Fitrat (o‘rtada) maslakdoshlari bilan. Buxoro. tm. 1908-yil]]
 
[[1908]]-[[1913]]-yillarda [[Turkiya]] dorilfununida o‘qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-o‘qituvchilarni hayratga soladi. Unga Fitrat — Donishmand taxallusini beradilar.<br />
 
Fitrat o‘qishni [[Istanbul]]da davom ettirib yurgan kezlarida, hamyurtlari bilan birgalikda „[[Buxoro ta’limi maorif jamiyati]]“ni tuzgan. Bu jamiyat buxoroliklarning o‘zaro moddiy-maʼnaviy uyushmasi vazifasini bajargan hamda [[Buxoro]] va [[Turkiston]] maorifining olg‘a siljishiga doir bir qator ishlarni amalga oshirgan.