Husayn Boyqaro: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_3=yorit}}
[[File:KhuseynBaykara.jpg|thumb|'''Husayn Boyqaro''']]
'''Husayn Boyqaro''' (Husayniy) ([[1438|1438-yil]], [[Hirot]]—[[1506|1506-yil]], [[4-may]], Bobo-Ilohi, [[Hirot]] yaqinida) -
taniqli shoir va davlat arbobi. [[Hirot]] yaqinida tugʻilgan. [[1469|1469-yildan]] umrining oxirigacha [[Xuroson]] podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. [[Navoiy]]ning maktabdosh doʻsti va homiysi.
 
Husayn Boyqaro, Husayniy (toʻliq nomi Husayn ibn Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaro) (1438— Hirot  — 1506)  — Xuroson hukmdori (1469—15061469-1506), shoir. 15-asr oʻzbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. [[Temuriyla]]rdan [[Umarshayx mirzo]]ning evarasi. Onasi [[Feruzabegim]] temuriylardan [[Mironshoh]]ning nabirasi. Husayn Boyqaro, [[Bobur]] taʼriflaganidek, ikki tomonlama ulugʻ ("karim„karim ut-tarafayn"tarafayn“) boʻlgan.
 
== Hukmdorlik yillari ==
14 yoshda Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kirgan. 1454-yil Abulqosim Boburning [[Samarqand]]ga  — [[Abu Said Mirzo]]ga qarshi yurishida qatnashgan. Abulqosim Bobur yengilgach, sulh tuzib, Hirotga qaytgan. Husayn Boyqaro esa onasining tavsiyasi bilan Abu Said Mirzo saroyida qolgan. Koʻp oʻtmay, qamoqqa olingan. Feruzabegim uni qutqarib, Hirotga olib kelgan. Shoh vafot etgach, Husayn Boyqaro [[Marv]] hukmdori [[Sulton Sanjar]] xizmatiga kirgan va uning qizi Beka [[Sultonbegim]]ga uylangan. Sulton Sanjar Husayn Boyqaroni oʻz oʻrniga qoʻyib, Mashhadga yurish qilgan. Bu orada Marvda Husayn Boyqaroga qarshi fitna uyushtirilib, u ovga chiqqanda, shahar darvozalari berkitib olingan.
 
Husayn Boyqaro 1457-yilni qoʻshni Marv bilan [[Xiva]] oraligʻidagi biyobonda oʻtkazgan. 1458-yilda 300 kishilik qoʻshin bilan Sulton Sanjarning yaqinlaridan [[Bobo Hasan]] qoʻshinini yengib, [[Niso viloyati]], soʻng [[Astrobod]]ni egallagan. 1459-yilda Husayn Boyqaro huzuriga [[Abdurazzoq Samarqandiy]] elchi boʻlib kelgan. 1460-yilda vaziyat taqozosi bilan Husayn Boyqaro Astrobodni tashlab chiqishga majbur boʻlgan. Ammo 1461-yil shaharni qaytarib olgan. Shu yil yoz oxirlarida Hirotga yurish qilgan. Biroq Abu Said Mirzoga bas kelolmay, orqaga chekingan, buning ustiga, Astroboddan ham mahrum boʻlgan. [[Amudaryo]] orqali [[Xorazm]]ga oʻtib, Vazir shahriga  — [[Mustafoxon]] huzuriga elchi yuborib, Abu Saidga qarshi birgalikda kurashishga daʼvat etgan. Lekin elchi kelguncha, uning ogʻasi [[Pir Budogʻ]] bilan kelishib, Mustafoxonga qarshi yurish qilishgan, lekin Vazir shahrini ololmay, bitim tuzganlar. Husayn Boyqaro [[Adoq]]qa borib, 1461-yil oxirlarigacha oʻsha yerda qolgan. Adoqda turib, [[Astrobod]], [[Gurgon]] va [[Eron]]ning boshqa tumanlariga hujumlar uyushtirgan, magʻlubiyatga uchraganida, shu yerdan panoh topgan. Mustafo zulmiga qarshi koʻtarilgan isyondan foydalanib, avval Vazirni, 1462-yilda [[Urganch]] va [[Xiva]]ni qoʻlga kiritgan. Oradan 1 yil oʻtmay, Abu Said uni Xorazmdan surib chiqargan.
 
1463—641463-1464-yillarda [[Urganch]], [[Xiva]], [[Hazorasp]], [[Tirsak]]ni qoʻlga kiritgan. Shu yerda kuch toʻplab, yana Xurosonga hujum qilgan. Ammo Abu Said qoʻshinlari Xivani egallay. H.B.Husayn Boyqaro uni qaytarib oladi. 1467 -yilda yana Urganchni egallaydi. Shu yili u [[oʻzbeklar]] xoni Abulxayrxondan yordam soʻrab, Dashti Qipchoqqa boradi. Xon yordam vaʼda qiladi, lekin betob boʻlib qolganligi tufay-litufayli, bu vaʼda amalga oshmaydi. 1469 -yil martigacha [[Xorazm]] va [[Buxoro]] oʻrtasida sarson-sargardon yurgan Husayn Boyqaro, Abu Said vafot etgach, Hirotni egallab, Samarqanddan doʻsti Alisher NavoiynnNavoiyni maxsus yorliq bilan chaqirib oladi va muhrdorlik vazifasiga tay-inlayditayinlaydi. Navoiy doʻstini taxtga chiqishi bilan qutlab, unga [["Hiloliya"]] qasidasini taqdim etgan.
 
1469—1470-yillar Shohrux mirzoning avlodlaridan [[Yodgor Muhammad Mirzo]] va [[Abu Said Mirzo]]ning oʻgʻli [[Sulton Mahmud Mirzo]] taxt daʼvogarlari sifatida maydonga chiqadilar. Yodgor Mirzoning tarafdorlari, xususan, onasi Poyanda Sultonbegim Hirot ichkarisida zimdan ish olib borgan. 1470-yilning iyulida Husayn Boyqaro qoʻshin bilan dushmanga qarshi jangga ketganda, poytaxtda sotqin bek va amaldorlar Yodgor Mirzo nomiga xutba oʻqitganlar. Husayn Boyqaro 1 oydan soʻng Navoiyning tadbirkorligi bilan Yodgor Mirzoni qoʻlga olib, taxtni qayta egallagan va umrining oxirigacha hukmdorlik qilgan. Saltanatiga Xorazm, [[Seyiston]], [[Qandahor]], [[Balx]], [[Gʻazna]]dan [[Domgʻon]]gacha boʻlgan yerlar kirgan. Yurak xastaligidan vafot etgan Husayn Boyqaro oʻzi qurdirgan madrasa ichidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozir maqbara vayron boʻlgan, qabr va uning ustiga oʻrnatilgan "Sangi„Sangi haft qalam"qalam“ saqlanib qolgan.
 
== Xuroson mamlakati Husayn Boyqaro davrida ==
Qator 22:
 
== Ijodi ==
Husayn Boyqaro [[turkiy til]]da yozishni ragʻbatlantirgan va shunga daʼvat qilgan. Oʻzi ham badiiy ijod bilan shugʻullanib, "Husayniy"„Husayniy“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, sheʼriyat majlislari tashkil etib, shoirlarga rahnamolik qilgan. Undan bizgacha sheʼrlar devoni va navoiyga bagʻishlangan [["Risola"]] asari yetib kelgan. "Risola"„Risola“ asari 1945-yilda turk olimi [[Ismoil Hikmat]] tomonidan topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan. Shoh shoirning hozirgacha 202 gʻazal, Navoiy gazaliga bogʻlangan 3 muxammas, 6 ruboiy, shuningdek, fors-tojikcha 2 gʻazal 1 ruboiy va bir necha baytlari maʼlum. Gʻazallarining barchasi ramal bahrida. Lekin ular Husayn Boyqaroning tabʼi baland, didi nozik shoir boʻlganligini koʻrsatadi. [[Navoiy]] [["Majolis un-nafois"]] tazkirasining 8-majlisini toʻliq Husayn Boyqaro ijodibo'g'inaijodiboʻgʻina bagʻishlab, uning devonidagi 164 gʻazalning matlaʼini keltiradi va u qoʻllagan badiiy timsollar, sheʼriy sanʼatlar, nozik maʼno va ohorli tashbehlar xususida fikr yuritadi.
Husayn Boyqaro gʻazallari tilining musiqiyligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi.
 
== Farzandlari ==
Husayn Boyqarodan 14 oʻgʻil, 11 qiz qolgan. [[Badiuzzamon Mirzo]], [[Shohgʻarib Mirzo]], [[Muhammad Husayn]], [[Ibrohim Husayn]] kabi oʻgʻillari badiiy ijod bilan ham shugʻullanishgan. Keyinchalik oʻzaroichki urushlar, Husayn Boyqaro va saroy amaldorlarining maishatga berilib ketishi oqibatida [[Xuroson]] davlati zaiflashgan. Uning vafotidan soʻng 1507-yili Hirot [[shayboniylar]] tomonidan zabt etilgan.
 
Husayn Boyqaro badiiy ijod bilan shugʻullanib, gʻazalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. [[Bobur]]ning xabariga koʻra, devonidagi gʻazallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan. Gʻazallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan.
 
«[[Risola]]» nomli nasriy asarida [[Navoiy]] ijodiga keng va ob’yektiv baho bergan. [[Husayniy]] asarlari [[OʻR FA ShI]] jamgʻarmasida saqlanadi.
 
Shoir ijodi bilan E.[[Rustamov]], S.[[Gʻanieva]], E.[[Ahmadxoʻjaev]], A.[[Erkinov]] va boshqalar shugʻullanganlar.
 
== Nashr qilingan asarlari ==
* Husayn Boyqaro. Devon, risola. (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva)  — T.: 1968;
* Shoh va shoir: Husayniy (nashrga tayyorl. A.Erkinov).  — T.: 1993;
 
== Adabiyot ==
* H.Arasli. Husayn Boyqaro risolasi haqida. Oʻzbek tili va adabiyoti" jurn. 1968, №  3;
* Oʻzbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1.  — T.: Fan, 1978.
* Alisher Navoiy, Majolis unnafois [Mukammal asarlar toʻplami], 13j., T., 1998;
* Zahiriddin Muhammad bobur, Boburnoma, T., 1989;
Qator 58:
* [http://www.iranica.com/articles/hosayn-bayqara Roemer H.S. Ḥosayn Bāyqarā. Encyclopædia Iranica.] (ingl.)
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Tarix]]