Husayn Boyqaro: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 13:
1463-1464-yillarda [[Urganch]], [[Xiva]], [[Hazorasp]], [[Tirsak]]ni qoʻlga kiritgan. Shu yerda kuch toʻplab, yana Xurosonga hujum qilgan. Ammo Abu Said qoʻshinlari Xivani egallay. Husayn Boyqaro uni qaytarib oladi. 1467-yilda yana Urganchni egallaydi. Shu yili u [[oʻzbeklar]] xoni Abulxayrxondan yordam soʻrab, Dashti Qipchoqqa boradi. Xon yordam vaʼda qiladi, lekin betob boʻlib qolganligi tufayli, bu vaʼda amalga oshmaydi. 1469-yil martigacha [[Xorazm]] va [[Buxoro]] oʻrtasida sarson-sargardon yurgan Husayn Boyqaro, Abu Said vafot etgach, Hirotni egallab, Samarqanddan doʻsti Alisher Navoiyni maxsus yorliq bilan chaqirib oladi va muhrdorlik vazifasiga tayinlaydi. Navoiy doʻstini taxtga chiqishi bilan qutlab, unga „[[Hiloliya]]“ qasidasini taqdim etgan.
 
1469—14701469–1470-yillar [[Shohrux mirzoningmirzo]]ning avlodlaridan [[Yodgor Muhammad Mirzo]] va [[Abu Said Mirzo]]ning oʻgʻli [[Sulton Mahmud Mirzo]] taxt daʼvogarlari sifatida maydonga chiqadilar. Yodgor Mirzoning tarafdorlari, xususan, onasi Poyanda Sultonbegim Hirot ichkarisida zimdan ish olib borgan. 1470-yilning iyulida Husayn Boyqaro qoʻshin bilan dushmanga qarshi jangga ketganda, poytaxtda sotqin bek va amaldorlar Yodgor Mirzo nomiga xutba oʻqitganlar. Husayn Boyqaro 1 oydan soʻng Navoiyning tadbirkorligi bilan Yodgor Mirzoni qoʻlga olib, taxtni qayta egallagan va umrining oxirigacha hukmdorlik qilgan. Saltanatiga Xorazm, [[Seyiston]], [[Qandahor]], [[Balx]], [[Gʻazna]]dan [[Domgʻon]]gacha boʻlgan yerlar kirgan. Yurak xastaligidan vafot etgan Husayn Boyqaro oʻzi qurdirgan madrasa ichidagi maqbaraga dafn etilgan. Hozir maqbara vayron boʻlgan, qabr va uning ustiga oʻrnatilgan „Sangi haft qalam“ saqlanib qolgan.
 
== Xuroson mamlakati Husayn Boyqaro davrida ==