Lutfiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 8:
 
== Lutfiy ijodi ==
Haqiqatan qam Lutfiyning sheʼriyati — xilma-xil shakllardan tarkib topgan mazmundor, rangin sheʼriyat. Bizgacha shoirning 16—2016-20-asrlar mobaynida koʻchirilgan turkiy devonining 33 qoʻlyozma nusxasi yetib kelgan boʻlib, ular [[Toshkent]], [[Dushanba]], [[Istanbul]], [[Tehron]], [[London]], [[Parij]], [[Sankt-Peterburg]] kutubxonalari va qoʻlyozma fondlarida saqlanadi. Olim E. Ahmadxoʻjayevning aniqlashi boʻyicha, Lutfiy qalamiga mansub mavjud sheʼrlarning umumiy miqdori 2774 bayt yoki 5548 misradan ortiq. Ularning katta qismi (2086 bayti) gʻazal janrida yozilgan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Lutfiy gʻazalnavis sifatida Sharq adabiyotida barqarorlashgan adabiy-estetik anʼanalar bilan xalq ogʻzaki ijodiyoti tajriba tamoyili va usullarini nihoyatda mohirlik bilan muvofiqlashtirgan. Shu boisdan ham uning gʻazallarida milliy his-tuygular nurlanib, insoniy dard, armon, qaygʻu va shodlik tasviri takrorsiz bir taʼsirchanlik kasb etgan. Lutfiy nainki gʻazallarida, [[ruboiy]], [[tuyuq]], [[qitʼa]], [[fard]]ga oʻxshash boshqa janrlardagi sheʼrlarida ham nafosat hissi shakllangan, did va saviyasi baland kishilarning — zukko va hayotsevar xalq vakillarining fikru tuygʻularini tarannum etgan. Shoirning: Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,Qondur jigarim, xoh inon xoh inonma, — kabi misralarini oʻqiganda, ularning bundan bir necha asr muqaddam yozilganiga baʼzan ishonish ham qiyin boʻladi. Chunki ular shu darajada sodda, ogʻzaki nutqqa yaqin va kitobiy bezakdorlikdan yiroq va samimiydir.
 
Lutfiy devonidagi bosh mavzu ishq va asosiy maqsad oshiqning kasbu holini tasvirlashdan iborat boʻlsada, shoir deyarli har bir sheʼrida mavzuga yangicha yondashib, betakror ohanglar yaratadi, mohiyatiga mos poetik obrazlar topadi, bir-biriga oʻxshamaydigan badiiy sanʼatlarni qoʻllaydi. Lutfiy devonida tashbeh, talmeh, tazod, iyhom, xususan, irsoli masal sanʼati namoyon boʻlgan. Lutfiy ruboiy, tuyuq, qitʼalarini ham sanʼat namunasi maqomiga koʻtara olgan.
 
Yaqin-yaqingacha [["Gul va Navroʻz"]] dostoni Lutfiy asari deb kelingan edi. Keyingi tadqiqotlar natijasida bu doston muallifi [[Haydar Xorazmiy]] ekanligi aniqlandi. Lutfiy — turkiy sheʼriyatda maktab yaratgan sanʼatkor. Bu ijod maktabidan Alisher Navoiy va [[Bobur|Mirzo Bobur]] saboq olishgan. [[Roqim]], [[Amiriy]], [[Sultonxon toʻra Ado]], [[Tabibiy]] singari shoirlarning devonlaridan.
 
Lutfiy gʻazallari ilhomida bitilgan muhammaslar joy olgan.