Tohir Malik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 12:
| Yonalish = [[Nasr]]
| Janr = Detektiv, [[ilmiy fantastika]], tarixiy asarlar
| Magnum opus = [[Saytanat (asar)|Shaytanat]]
| Mukofot = ''Maorif fidoyisi'' va ''[[Oʻzbekiston xalq yozuvchisi]] unvonlari, ''Doʻstlik'' ordeni,
| Sayt = [http://tohirmalik.uz/ Tohir Malik rasmiy sayti]
Qator 19:
 
== Tarjimai holi ==
[[1946-yil]]ning [[27-dekabr]]ida [[Toshkent]] shahrida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. [[Toshkent]] Davlat Universiteti (hozirgi [[Oʻzbekiston Milliy Universiteti]])ning jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida oʻqib, kunduzi qurilishdaqurilish ishlarida qatnashgan. [[1966-yil]]dan beri [[Oʻzbekiston|Oʻzbekiston radiosida]], gazeta va jurnallar tahririyatida, [[Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi|Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida]], nashriyotlarda faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda „[[Sharq]]“ NMAK Bosh tahririyatida muharrir.
 
Barcha tengdoshlari singari u ham [[Ikkinchi jahon urushi|urushdan]] keyingi turmush qiyinchiliklarini boshidan kechirgan. Oilada besh farzand boʻlib Tohir Malik eng kenja farzand boʻlgan. Tohir maktabga bormay turiboq, dars tayyorlab oʻtirgan akalari va opalari yonida savodni oʻzlashtirgan. Ukasining kitobga boʻlgan ixlosini sezgan akalari unga — ''Mard yigit'' ertaklar toʻplamini sovgʻa qilishadi va ushbu kitobni hozirga qadar eʼzozlab saqlashini aytgan. Taniqli oʻzbek adibi va tarjimoni [[Mirzakalon Ismoiliy]] Tohir Malikning togʻasi boʻlib, uni [[1949-yil]]da ''"xalq dushmani"'' degan tuhmat bilan qamoqqa olishadi. Bu haqida adibning oʻzi ushbu soʻzlarni aytgan<ref>http://www.kutubxona.com/Turkum:Tohir_Malik</ref>:
 
{{quote|Kechasi uygʻonib ketib qarasam, ayam rahmatli qora chiroq nurida doʻppi tikib oʻtiribdilar. Qoʻllari ishda-yu, koʻzlarida yosh. "Nega yigʻlayapsiz?" deb soʻradim. Javob bermadilar. Sababini oradan yillar oʻtib bildim. Togʻamning "xalkxalq dushmani" emasligi maʻlum boʻlib, "oqlanib" chiqqanlarida ikkinchi sinfda oʻqirdim. Dastlabki mashqlarim oʻshanda boshlangan. Ammo yozganlarimni talabchan togʻamga koʻrsatishga choʻchir edim.}}
 
Dastlabki hikoyasi [[1960-yil]]da ''Gulxan'' jurnalida chop etiladi<ref>http://kitob.uz/view_data.php?id=28</ref>. [[1963-yil]]da Tohir Malik [[Toshkent Davlat Univeriteti]]ning kechki jurnalistika boʻlimiga oʻqishga kirib, kunduzi qurilishda duradgor, gʻisht teruvchi boʻlib ishlay boshlaydi. U ijodga doir mashqlarni davom ettirrib, togʻasining: {{quotation|"Oʻzing yaxshi bilmagan narsani yozma", "Boshqalar yurgan yoʻldan yurma, oʻz yoʻlingni top"}} degan ikki oʻgitiga hamisha amal kilgan. Bolalarga atab yozilgan hikoyalari bilan badiiy adabiyot sirlarini oʻrgangan Tohir Malik keyinchalik [[Oʻzbek Adabiyoti|oʻzbek adabiyotida]] kam eʼtibor berilgan fantastika janriga qoʻl uradi va bir qator asarlari bilan kitobxonlar eʼtiborini qozongan. Uning talabalik yillari yozilgan ''Hikmat afandining oʻlimi'' asari oʻzbek adabiyotining fantastika yoʻnalishida yaratilgan birinchi qissa hisoblanadi. Yozuvchining bir qator asarlari [[Rus tili|rus]] va boshqa tillarga tarjima qilingan. ''Soʻnggi oʻq'' asari asosida yetti qismli, [[Shaytanat (asar)|Shaytanat]] asari asosida yigirma qismli badiiy fil’m suratga olinib, namoyish etilgan<ref>http://www.kutubxona.com/Tohir_Malik._Shaytanat_(I-_kitob_I-_qism)</ref>.