Bosh menuni ochish

Oʻzgarishlar

Birinchi yirik asari — „[[Hikmat afandining oʻlimi]]“ (1972). „[[Zaharli gʻubor]]“ (1974), „[[Falak]]“ (1975), „[[Somon yoʻli elchilari]]“ (1978), „[[Chorrahada qolgan odamlar]]“ (1982), „[[Bir koʻcha, bir kecha]]“ (1983), „[[Alvido, bolalik]]“ (1989), „[[Soʻnggi oʻq]]“ (1990), „[[Ov]]“ (1995) kabi ilmiy-fantastik, sarguzasht qissalari mashhur. „Soʻnggi oʻq“ qissasi asosida 7 qismli telefilm (1994) yaratilgan. „[[Qaldirgʻoch]]“ (1987) epik asari [[Abdulla Avloniy]] taqdiri misolida 20-yillar oʻzbek ziyolilarining shakllanishi haqida bahs yuritadi. „[[Mehmon tuygʻular]]“ (2003) nomli xotira, yodnoma, adabiy maqolalar toʻplamida adabiy jarayondagi muammolar aks etgan. Tohir Malikning yozuvchi [[Mirzakalon Ismoiliy]] ijodiy faoliyatini yorituvchi „[[Yozuvchining baxti va baxtsizligi]]“ (1988), [[Asqad Muxtor]] ijodini taxlil etuvchi „[[Sobir]]“ (2003), [[Oʻlmas Umarbekov]] ijodiga bagʻishlangan „[[Qiyomat qarz]]“ (2002) hamda [[Abdulla Qodiriy]] romanlari taxlil etilgan „[[Ibrat maktabi]]“ (1993) badialari xam bor. Tohir Malik xujjatli kino sohasida xam faoliyat koʻrsatgan. Uning „[[Amir Temur davri adabiyoti]]“ (1998), „[[Varaxsha]]“ (1999), „[[Unvoni inson]]“ (1999), „[[Sohilsiz dentiz]]“ (2000), „[[Zulmat saltanati]]“, (2001), „[[Moshtabib]]“ (2002) siyenariylari asosida hujjatli filmlar ishlangan.
 
Shaytanat„Shaytanat“ asarida jinoyat olamidagi voqealar fonida asosiy eʼtibor asar qahramonlarining ruhiy dunyosini tahlil etishga karatilganqaratilgan. Kishilarni jinoyatning razil olamidan ehtiyot boʻlishga chaqiruvchi ushbu ogohlantiruvchi asar mazmuni Tohir Malikning „Jinoyatning„[[Jinoyatning uzun yoʻli“yoʻli]]“ (2004) ilmiy-tahliliy risolasida davom ettirilgan.
 
Hozirgacha yozuvchining 20 dan ortiq qissasi chop etildi. 1971 yilda chop etilgan „[[Hikmat afandining oʻlimi]]“ dan keyin „[[Falak]]“ (1976), „[[Somon yoʻli elchilari]]“ (1976) tahayyul, ilmiy-tahayyul qissalari bosildi. „[[Chorrahada qolgan odamlar]]“ qissasida tahayyul va detektiv xususiyatlari seziladi. „[[Alvido bolalik]]“ (1989), „[[Qaldirgʻoch]]“ (1987) qissalarida muhim mavzu ishlanadi. Mutaqillik yillarida T.Malik „[[Soʻnggi oʻq]]“ (1990), 4 qismdan iborat „[[Shaytanat]]“ (1994—2001), „[[Odam ovi]]“ (2001), „[[Charxralak]]“, „[[Murdalar garirmaydilar]]“ (1999) qissalarini chop ettirdi. Yozuvchi 20 asrdagi hayotni, kishilar taqdirini goh tahayyul, goh izchil xolis, goh detektiv yoʻsinda tasvirlaydi. U qissa janri imkoniyatlarini uzluksiz boyitib bormoqda. 2002 yilda yozuvchining „[[Mehmon tuygʻular]]“ oʻylari, „[[Jinoyatning uzun yoʻli]]“ risolasi chop etildi. Tohir Malikka „[[Oʻzbekiston xalq yozuvchisi]]“ unvoni berilgan (2000). Mustaqillik yillarida eng koʻp adadda kitob chop ettirgan Tohir Malikdir.
3 303

ta tahrir