Mirmuhsin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{oʻzbek adabiyoti|bosqich_7=yorit}}
'''Mirmuhsin''' (taxallusi; asl ismsharifi Shermuhamedov Mirmuhsin) (1895 — [[Toshkent]] — 1929.4.8) — [[jurnalist]], [[yozuvchi]]. Oʻzbek matbuotining asoschilaridan biri. Mirmuhsin Toshkentning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, [[Toshkent]] pedagogika instituning Til va adabiyot fakultetini tugatgan. 1916-17-yillarda [[Ufa]]dagi „Oliya“ madrasasida oʻqigan. 1917-yil Toshkentga qaytgan. 1917-yil [[Fevral inqilobi]] munosabati bilan „Turon“ gazetasiga yozgan „Tarixiy ikki voqea“ maqolasi katta janjalga sabab bulgan. Sebzor qozikaloni hukmi bilan Mirmuhsinga oʻlim jazosi beriladi. Lekin bu hukm qamoq jazosi bilan almashtiriladi. Mirmuhsin qamoqdan qochib, Ufaga ketadi. Fuqarolar urushi boshlanib ketgach, Mirmuhsin Sharqiy frontning 1–5-armiyalari siyosiy boʻlimida jangchi-jurnalist sifatida xizmat qiladi. 1920 -yilning boshlarida Toshkentga kaytibqaytib, dastlab „Ishtirokiyun“, soʻng „Qizil bayroq“, „Turkiston“ va boshqa gaz.lardagazetalarda muharrirlik qiladi.

Mirmuhsinning hozircha maʼlum sheʼrlari 700 misra atrofida. Bundan tashqari, u hikoyalar, maqolalar yozgan. „Befarzand Ochildiboy“ (1914) nomli birinchi oʻzbek romani muallifi. Adib ilmmaʼrifatilm-maʼrifat orqali hamma odamlar baxtli, hayot esa farovon bulishigaboʻlishiga astoydil ishonadi, „avom“ni ilm olishga daʼvat etadi („Milliy adabiyot“, „Ahvoli odamdin bir namuna“, „Adabiyot“ va boshqalar). Xalqning ogʻir va mashaqqatli, fojiaga tuda turmushini tasvirlaydi („Ashʼor“, „Bizni“). Mirmuhsinning „Yigirmanchi asrda Turkiston boboy“, „Zindon“ (1914) kabi hikoyalarida taraqqiyotdan orqada qolgan Turkiston qiyofasi, idora usuliga oid karashlari bayon etilgan. U inqilobning dastlabki yillarida shurolarga ishongan, ular tarafida turib kurashgan edi. Biroq, shovinizmning „yoʻqsullik“ rangiga buyalib, yanada keskinroq tus olgani, milliydiniy qadriyatlarning oyoqosti qilingani Mirmuhsin umidlarini puchga chiqardi. Maqolalaridagi quvonch va koʻtarinki ruh yoʻqolib, umidsizlik kuchayib bordi, aldanganini chuqur his etdi va bular oxir-oqibatda hayotining bevaqt, fojiali yakunlanishiga olib keldi.