Mirmuhsin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 8:
Bundan tashqari, u [[hikoya]]lar, [[maqola]]lar yozgan. „[[Befarzand Ochildiboy]]“ (1914) nomli birinchi oʻzbek [[roman]]i muallifi. Adib ilm-maʼrifat orqali hamma odamlar baxtli, hayot esa farovon boʻlishiga astoydil ishonadi, „avom“ni ilm olishga daʼvat etadi („[[Milliy adabiyot]]“, „[[Ahvoli odamdin bir namuna]]“, „[[Adabiyot]]“ va boshqalar). Xalqning ogʻir va mashaqqatli, fojiaga tuda turmushini tasvirlaydi („[[Ashʼor]]“, „[[Bizni]]“). Mirmuhsinning „[[Yigirmanchi asrda Turkiston boboy]]“, „[[Zindon]]“ (1914) kabi hikoyalarida taraqqiyotdan orqada qolgan [[Turkiston]] qiyofasi, idora usuliga oid qarashlari bayon etilgan. U inqilobning dastlabki yillarida shurolarga ishongan, ular tarafida turib kurashgan edi. Biroq, shovinizmning „yoʻqsullik“ rangiga boʻyalib, yanada keskinroq tus olgani, milliy-diniy qadriyatlarning oyoqosti qilingani Mirmuhsin umidlarini puchga chiqardi. Maqolalaridagi quvonch va koʻtarinki ruh yoʻqolib, umidsizlik kuchayib bordi, aldanganini chuqur his etdi va bular oxir-oqibatda hayotining bevaqt, fojiali yakunlanishiga olib keldi.
 
Oʻzbek adabiyotida Mirmuhsin adib sifatida ham oʻziga xos oʻringa ega. Uning „[[Dorbozlar]]“ (1956), „[[Jamila]]“ (1957), „[[Hikoyalar]]“ (1959), „[[Qizil durralar]]“ (1961), „[[Sozanda]]“ (1963) singari hikoya va qissalar toʻplamlari bor. „[[Arab hikoyalari]]“, „[[Iskandariya koʻrfazi]]“, „[[Moʻtilal]]“, „[[G’urbatdagi odam]]“, „[[Chodrali ayol]]“ hikoya va qissalarida Sharq xalqlari hayotini tasvirlaydi. Mirmuhsinning uch jildlik (1971–1973), toʻrt jildlik (1981–1984) asarlari toʻplami chop etilgan.
 
== Romanlari ==