Muhammad Yusuf: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 24:
 
== Ijodi ==
Muhammad Yusufning dastlabki sheʼrlari [["Oʻzbekiston„Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati"]]sanʼati“ haftaligida bosilgan (1976). Shundan boshlab respublika matbuotida uning [[sheʼr]], [[ocherk]] va [[maqola]]lari muntazam ravishda chop etila boshlagan. Ilk sheʼrlar kitobi — „Tanish„[[Tanish teraklar“teraklar]]“ (1985). „Bulbulga„[[Bulbulga bir gapim bor“bor]]“ (1987), „Iltijo“„[[Iltijo]]“ (1988), „Uyqudagi„[[Uyqudagi qiz“qiz]]“, „Halima„[[Halima enam allalari“allalari]]“ (1989), „Ishq„[[Ishq kemasi“kemasi]]“ (1990), „Koʻnglimda„[[Koʻnglimda bir yor“yor]]“ (1991), „Bevafo„[[Bevafo koʻp ekan“ekan]]“, „Yolgʻonchi„[[Yolgʻonchi yor“yor]]“ (1993), „Erka„[[Erka kiyik“kiyik]]“ (1995) va „Osmonimga„[[Osmonimga olib ketaman“ketaman]]“ (1998) sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Mazkur kitoblarga kirgan sheʼrlarda M.Muhammad Yusufga mansub boʻlgan avlodning eng olijanob va yuksak insoniy fazilatlari bilan birga yoshlik sururi, ishq va muhabbatning nafis navolari, oʻzbekona, sodda, ayni paytda ezgu, bokira va betakror tuygʻu hamda kechinmalari oʻzining yorqin ifodasini topgan. Soʻzning badiiy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanish, musiqiy ravonlik, tuygʻular tiniqligi, samimiylik va mayinlik, ruhiyat manzaralarini loʻnda va yakdil ifodalay bilish M.Muhammad Yusuf sheʼriy uslubining yetakchi xususiyatlaridir. Uning qalamiga mansub aksariyat sheʼrlar taniqli xonandalar tomonidan ijro etilmoqda. M.Muhammad Yusuf ijodi ayni gullab yashnagan paytda, Ellikqalʼa tumanida sheʼriyat muxlislari bilan uchrashish maqsadidagi ijodiy safarida vafot etgan. [[Andijon]]da dafn etilgan.
 
[[Toshkent]] shahri va Marhamat tumanidagi koʻchalardan biri, shuningdek, [[Andijon]] shahridagi bolalar kutubxonasi va Marhamat tumanidagi sanʼat maktabi Muhammad Yusuf nomi bilan ataladi.