Hamza Hakimzoda Niyoziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 26:
Hamza katta yoshdagi kishilar uchun „Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi“ umumiy nomi ostida „gul“ toʻplamlarini eʼlon qilgan (1915-1919). Hamza mazkur majmualari (8 boʻlimdan iborat) bilan oʻzbek sheʼriyatiga yangi mazmun va yangi gʻoyalar olib kirgan va, ayniqsa, jadid adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.
 
== IjodiSahna asarlari ==
Hamza ijodining mazkur 2-davrida nasr va dramaturgiya sohasida ham jiddiy izlanishlar olib borgan. Uning „[[Yangi saodat]]“ (1914, nashri — 1915) asari ayrim olimlar tomonidan oʻzbek adabiyotidagi roman janrining ilk namunasi sifatida talqin qilinib kelingan. Lekin bu asar aslida maʼrifatparvarlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan qissa boʻlib, unda kambagʻal yigit (Olimjon)ning ilm tufayli oilaviy baxt-saodatga erishganligi mahorat bilan tasvir etilgan.